Главная / Madaniyat / INSOF – IYMON ChIROGI

INSOF – IYMON ChIROGI

chirogMuqaddas dinimizning barhayot talimotlari insonlar urtasidagi munosabatlarda hamisha adolat, insof, halollik bulishini talab etadi va odamlarni shunga chorlaydi. Alloh taolo Uzining ulug kalomida shunday marhamat qiladi: “Ey muminlar, Allohning Uzi uchun haq yulni tutuvchi, adolat bilan guvohlik beruvchi bulingiz! Biron qavmni yomon kurishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin! Adolat qilingiz! Shu taqvoga yaqinroqdir” (Moida surasi, 8-oyat).
Adl yani adolat bu Islomning asosi, butun borliqning nizomi va Allohning guzal ismlaridan biridir. Ushbu oyati karima bahs etayotgan va suzlayotgan “adolat” kurinishlaridan biri insofdir. Insof, adolat va vijdon kabi suzlar garchi zohirdan bir-biriga yaqin manolarni ifoda etsa-da, ammo ularning kelib, chiqishi va asliy manolari jihatidan mazkur suzlar urtasida nozik farqlar bor. Insof suzi lugatda “uziga yarmini olib, birovga yarmini berish” manosini anglatadi. (Abu Hilol Askariy: “al-furuq al-lugaviyya”). Demak, insof faqat uzini uylamasdan, faqat uz fikrini tuppa-tugriyu boshqalarniki turgan-bitgani khato demasdan, uzgalarning ham haqlariga rioya qilish, uzgalarning ham fikrini hurmat qilish, hatto dushmani bulsa ham undagi fazilatni kura bilish, yutugini tan olish kabi manolarga dalolat qiladi. Dono khalqimizda ham aytayotgan ushbu fikrlarimizni qullab-quvvatlaydigan suzlar bor. Misol uchun, khalqimiz: “insof sari baraka!” degan suzni kup ishlatadi. Buni qanday tushunish mumkin? Shunday holatlar buladiki, birovning haqiga rioya qilishda hechqanday yozma qonun-qoida, hech qanday qonuniy majburiyat bulmaydi. Ammo, kishi insof tuygusi bilan usha insonning haqqini tuliq ado etadi. Faqat uzini uylamasdan birovni ham uz urniga quyib kuradi va yuqorida aytganimizdek, uzi bilan uzgani teng qiladi va qilgan tasarrufoti ham uzi bilan uzga urtasida “yarim-yarim” buladi.
Tilshunos alloma Abu Hilol Askariy aytganlaridek, aslida insof suzi bir narsaning yarmini birovga berib, yarmini uziga olish manosini anglatgan. Keyin esa urf taqozosiga kura bu suz kuchma manolarda ham ishlatila boshlagan va faqat moddiy haq-huquqlarda emas, manaviy haq-huquqlarda ham qullanish odat tusiga kirgan. Demak, khalqimizdagi mazkur “insof sari baraka!” degan naqlning mazmuni “faqat uzingni uylayverma, insof qil, uzgalarni ham uyla! Ana shunda zohirdan khuddi haqing ketib qolayotgandek, tuyulsa ham Alloh insof qilganing uchun ishingga, molingga baraka beradi!”, degan manolarni anglatadi.
Yuqorida tilga olingan oyati karimaga yana qaytamiz. “Ey muminlar, Allohning Uzi uchun haq yulni tutuvchi, adolat bilan guvohlik beruvchi bulingiz! Biron qavmni yomon kurishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin! Adolat qilingiz! Shu taqvoga yaqinroqdir” (Moida surasi, 8-oyat). Bu oyati karimaning mazmuni aynan insof haqida suz yuritadi. Insof suzining asl kelib chiqish manosini bejizga aytmadik. Zero, bu narsa insofli bulishni istovchi har qanday odam uchun insof sari yurishiga yordamlashuvchi vosita buladi. Buni bilgan odam insof hayotimizning juda kup jabhalarini qamrab olishi, juda kup urinlarda amal qilishini bilib oladi. Goho, siz bilan boshqa bir kishi urtasida biror muammo yuzaga kelib qoladi. Bu vaziyatda ehtimol, siz nohaq, narigi kishi esa haq urinda bulishi mumkin. Siz zolim, u esa mazlum bulishi mumkin. Ana shunday holatlarda adolat va insof mezoni khatoingizni tan olib, Allohga tavba qilishga va zimmangizdagi birovning haqqini ado qilishga chaqiradi. Mana shu ham insofdir.
Goho, shunday vaziyat bulib qoladiki, urtangizda kelishmovchilik, yokhud adovat bulgan, yoki siz yoqtirmaydigan bir odam haqida sizdan suraladi, guvohlik berishingiz kerak bulib qoladi. Misol uchun usha kishini kuyov qilmoqchi bulganlar, yokhud farzandlarini kuyov yoki kelin qilmoqchi bulganlar sizdan u insonning oilasi haqida surishtirib kelishadi. Shu urinda ham insof tushunchasi u odam haqida bor gapni adolat bilan gapirishga, yuq narsani qushib tuhmat qilmaslikka va fazilatlarini ham yuzaga chiqarib, ochiq bayon qilishga chaqiradi. Akhir, Alloh taolo aytyapti: “Biron qavmni yomon kurishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin!”.
Bazan insonlar urtasidagi muomalotlarda adolat va insof mezonlarining buzilish holatlari kuzatilib turadi. Masalan, ayrim kishilardan tijorat yokhud uylanish, turmush qurish borasida maslahat suralsa, bu fursatni ganimat bilib, uni uziga yoqmaydigan kishidan uch olish, qandaydir zarar etkazish uchun vasila qiladilar. Bu ham Alloh vasflagan adolat va taqvo tushunchalariga tugri kelmaydigan manfur ishlardandir.
Muqaddas dinimiz kishilarni insofga odatlantirish uchun amaliy bir uslubni yulga quygan bulib, uning asosi Quroni karimda kelganidek, muminlarning uzaro aka-uka ekanliklari, shuningdek, hadisi shariflarda aytilganidek, ularning uzaro munosabatlarida bamisoli bir tana kabi ekanliklari haqidagi ugitlardan iborat. Jamiyat azolari bamisoli bir tana ekan, ulardan biriga nisbatan sodir qilingan insofsizlik va zulm jamiyatning boshqa azolariga ham tasir qilishi muqarrar. Shu bois ham dinimiz talimotlarida insof insoniy aloqalarni muhofaza qilishning asosiy vositasi qilib belgilangan.
Manbalarda kelishicha, Paygambarimiz alayhissalomning jiyanlari va kuyovlari bulmish hazrat Ali karrmallohu vajhahu uz ugillari Imom Hasan raziyallohu anhuga insof borasida shunday ugitlar bilan nasihat qilgan ekanlar: “Ey uglim! Uzing bilan uzgalar urtasidagi muomalangda uz nafsingni mezon qil. Uz nafsing uchun yakhshi kurgan narsangni birov uchun ham yakhshi kur. Uz nafsing uchun yomon kurganing ishni birovga nisbatan ham ravo kurma. Uzingga zulm qilinishini yoqtirmaganing kabi birovga ham zulm qilma. Uzingga (Alloh tomonidan) ehson-yakhshilik qilinishini sevganingdek, uzgalarga ham ehson-yakhshilik qil. Birovning khulqida khunuk sanaganing ishni uz khulqingda ham khunuk sanagin. Uzganing felida guzal sanaganing ishlarni uz nafsing uchun ham guzal va kerakli deb bil. Bilmagan narsangni gapirma. Bilgan narsangni gapir. Uzingga qarata aytilishini yoqtirmaganing suzni birovga ham gapirma”.
Hazrat Ali raziyallohu anhuning bu suzlarida olam-olam mano mujassam. Inson uzgalar bilan muomalasida uz nafsini mezon qilishi. Birov bizga yolgon gapirishini, aldashini khohlamaymizmi? Demak, boshqalarga yolgon gapirmaylik. Birov biror narsamizni ugirlashini qabul qila olmaymizmi? Demak, birovdan biz ham hech narsa ugirlamaylik. Birov bizga kibr qilib, erga urishini istamaymizmi? Demak, biz ham uzgalarga tahqiromuz va takabburona muomala qilmaylik. Shunday qilib, har doim uzgalarga nisbatan qiladigan muomalalarimizda uzimizga uzimiz: “Men shu muomalani uzim uchun bulishiga rozi bularmidim?!”, degan savol quyaylik. Mana shu INSOFdir.
Insof aytib utganimizdek, hayotning hamma jabhalariga tegishli bulgan narsa. Odamlar orasida barcha muomala va munosabatlarda bulishi kerak bulgan narsadir. Bu munosabatlar orasida savdo-sotiq va oldi-berdilar ham alohida ahamiyatga ega. Alloh taolo bandalarini uzaro savdo-sotiq qilishda kharidor haqqiga rioya qilish, tarozi va ulchovlarda boshqalarga khiyonat qilmaslikni buyurgan. Quroni karimning bir necha oyatlarida savdo-sotiqdagi halollik, tarozi va ulchovlardan urib qolmaslik musulmon akhloqining ajralmas qismi ekaniga etibor qaratiladi va kharidor haqiga khiyonat qilish ogir gunohlardan ekani takid qilinadi. Bu boradagi oyatlarning eng mashhurlari Quroni karimning Mutaffifin surasida kelgan (mazmuni): “(Savdo-sotiqda ulchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalar holiga voy! Ular odamlardan (biror narsani) ulchab olgan vaqtlarida tula qilib oladigan, ularga ulchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa urib qoladigan kimsalardir”! (Mutaffifin, 1-3).
Oyati karimadagi “vayl” suzi “voy, halokat” manolarini va “duzakh vodiylaridan birining nomi” ni anglatadi. Tarozidan, ulchovdan urib qoluvchilar holiga voy bulsin, deyilyapti. Yani, ular bu qilmishlari bilan uzlarini halok qilishadi.
Oyati karimada tarozu yoki ulchovdan urib qoluvchilar “مطففين” (mutaffifiyn) degan suz bilan ifodalandi. Bu suz “arzimas, kichik, past narsa”ni anglatuvchi “طفيف” (tafif) suzidan olingan. Chunki, urib qoluvchilar har doim, har mijozdan uta arzimas miqdorni urib qoladilar. Masalan, 10 metr gazlama kharid qilmoqchi bulsangiz, u sizga 9 metru 90-95 santimetr beradi. Siz buni yo bilasiz, yo bilmaysiz, bilsangiz ham 5-10 santimetr uchun janjallashgingiz kelmaydi. Cotuvchi esa usha arzimas, haqir miqdorlar yigindisidan qolgan umumiy miqdorga kuz tikadi. Tarozuda ham shunday arzimas-arzimas miqdorda kam berib, tarozudan urishadi. Shu bilan usha urib qoluvchi savdogar aslida uzini pastga urayotganini, uz gururi va vijdonini arzimas, haqir narsaga almashtirayotganini farqlamaydi. Aynan shu narsa oyati karimada “mutaffiflar”ga yani arzimas narsalarni urib qoluvchi savdogarlarga vayl bulsin deya ifodalanishida ham olam-olam mano yashiringan. Shu suzning uzida kerakli ibrat va nasihat mujassam bulgan.
Uzini hurmat qilgan, uzini oliyjanob hisoblagan inson bunday past ishni qilishdan hazar qiladi. Allohdan hayo qiladi. Shu tariqa oila, bola-chaqasini boqmaydi.
Khulosa qilib aytadigan bulsak, insof, halollik, adolat va vijdonlilik tushunchalari dinimiz Islomning barhayot talimotlarida bot-bot takidlangan muqaddas tushunchalar bulib, ularga doimo rioya qilishimiz, odamlar bilan amalga oshiradigan barcha muomala va munosabatlarimizda ogishmasdan amal qilishimiz lozim bulgan manaviy mezon hisoblanadi. Agar insof va adolatni, halollik va vijdonni uzimizga mezon qilsak, inshoalloh dunyoyu okhirat yakhshiliklariga ega bulamiz, jamiyatimiz yanada jips va mustahkam jamiyat bulib, gullab yashnaydi. Alloh taolo barchamizni Uzidan qurqadigan, insofli, adolatli va halol insonlardan bulishimizni nasib aylasin!

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …