Vazirlar Mahkamasining “Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish tugrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Uzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fargona viloyati hokimligining Fargona viloyati, Margilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Uchkuprik tumanida Haziniy uy-muzeyini Fargona viloyat tarikhi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida tashkil etish tugrisidagi taklifi maqullandi.
Fargona viloyat hokimligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda:
tashkil etilayotgan muzeylarning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, Fargona viloyati tarikhi va madaniyati davlat muzeyi tugrisida yangilangan nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
muzeylarning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda malakali kadrlar bilan tuldirilishini taminlash;
muzeylar joylashgan binolarni Fargona viloyati tarikhi va madaniyati davlat muzeyi balansiga utkazish hamda binolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
muzeylarda madaniy-marifiy tadbirlar, atoqli shoir va yozuvchilar hayoti va ijodiga bagishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
muzeylarga zamonaviy interfaol akhborot-tekhnologiyalarni joriy etish choralarini kuradi.