Главная / Siyosat / Hukumatga vaksina kharid qilish va aholi vaksinasiyasini amalga oshirish yullarini pukhta urganib chiqish topshirigi berildi
<

Hukumatga vaksina kharid qilish va aholi vaksinasiyasini amalga oshirish yullarini pukhta urganib chiqish topshirigi berildi

Ayni daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi videoselektor yigilishi utkazmoqda. Tadbirda bugun Uzbekiston buylab koronavirus pandemiyasini jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil qilinmoqda.

Jumladan, okhirgi paytda dunyoda Covid-19 infeksiyasining tarqalishi keskin tezlashib, jami kasallar soni 19 millionga yaqinlashgani, qurbonlar ham kupaygani afsus bilan takidlandi. Vaziyat goyat jiddiyligini 31 iyulda Jahon sogliqni saqlash tashkiloti pandemiya bilan bogliq khalqaro favqulodda holatni yana 3 oyga uzaytirgani ham kursatib turibdi.

Mamlakatimizda okhirgi bir haftada 5 mingdan ortiq yangi kasal aniqlanib, jami virus yuqtirganlar soni 27 mingtaga yaqinlashdi. Eng yomoni, koranovirusga qushimcha tarzda, asorati ogirroq bulgan pnevmoniya holatlari ham kupaymoqda.

Ushbu holatni inobatga olib, yurtimizda qushimcha choralar kurildi. Jumladan, okhirgi 20 kunda koronavirusni davolash urinlari 3,5 barobarga kupaytirildi va qariyb 65 mingtaga etkazildi.

Joylarga qushimcha ravishda qariyb 800ta tez tibbiy yordam mashinalari etkazib berildi.

Qushimcha 4 mingta nafas berish uskunalari (USV, portativ suniy nafas berish apparati, kislorod konsentratori) olib kelinib, ularning soni 6,5 mingtaga etdi.

«Aholi urtasida virus tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolash buyicha olib borilayotgan tizimli ishlarni yanada kuchaytirgan holda davom ettirishimiz zarur», dedi davlat rahbari.

Khususan, Sogliqni saqlash vazirligi, hokimlar va sektorlar rahbarlari koronavirus va pnevmoniyani davolash buyicha har tomonlama tayyor bulishi, har bir bemorga kerakli tibbiy yordam kursatilishi, ularning holatidan kelib chiqib shifokhonaga yotqizilishi va davolanishi uchun shakhsan javobgar bulishi qayd etildi.

Joylardagi birlamchi tibbiy khizmat kursatish tizimi ishini yanada jonlantirish kerakligi takidlandi.

Misol uchun, poytakhtimizda «oilaviy poliklinika – mobil brigadalar – makhsus poliklinikalar – «103» tez yordam khizmati» tizimining uzviy ishlashini taminlash hisobiga bir haftada sogayganlar ulushini 45 foizdan 58 foizga oshirishga erishildi.

Shu munosabat bilan, bosh vazir urinbosari Behzod Musaevga hokimliklar va sektor rahbarlari bilan birga bir hafta muddatda «Toshkent shahri tajribasi» negizida hududlarda simptomsiz bemorlarni uz uyida mobil tibbiy guruhlar yordamida ularning kumak va tavsiyalari asosida davolash tizimining joriy etilishini yakunlash vazifasi yuklatildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev, shuningdek, hududlarda Covid-19’ga chalinganlarni qabul qilish va saralash buyicha markazlarni tashkil etgan holda, kichik shifokhonalarni uz profiliga muvofiq boshqa turdagi va surunkali kasallarni davolashga qaytarish lozimligini aytdi.

«Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hududlarga Toshkentdan biriktirilgan ikhtisoslashtirilgan markazlar va oliy talim muassasalari rahbarlari ishini yanada samarali tashkil etishlariga har tomonlama kumaklashishlari kerak», dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoev takidlaganidek, har bir ogir bemorni davolash taktikasi buyicha yurtimiz va khorijdagi malakali mutakhassislar bilan videoaloqa orqali maslahat berish tizimini muntazam ravishda unumli ishlatish maqsadga muvofiq.

Malumki, bugun qator mamlakatlar sogliqni saqlash va farmasevtika tizimlarida koronavirus davosini topish yulida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Misol uchun, Khitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmasevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaksina ishlab chiqarishni boshlashi haqida khabar qilinyapti.

Bosh vazir urinbosari Behzod Musaevga bir hafta muddatda etakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, vaksinani kharid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinasiyasini amalga oshirish yullarini pukhta urganib chiqish topshirigi berildi.

Kasallikning oldini olish, koronavirusga shubha bulgan fuqarolarni shifokhonalarga etkazish, karantin talablarini tushuntirish va bu jarayonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda joylarda mahalla idoralarining ishtirokini keskin kuchaytirish kerakligi uqtirildi.

Chunki khalqimiz turli khil masalalarda birinchi navbatda mahallaga murojaat qilishga urgangan.

«Respublika buyicha 9 ming 150 ta mahallada qariyb 40 ming odam byudjetdan oylik olib ishlaydi. Ularning oyliklarini ham joriy yilda qariyb 1,5 barobarga oshirib berdik. Shunday ogir sharoitda nima uchun ular chetda turishlari kerak? Uz aholisining ahvolidan yakhshi khabardor bulgan, qaysi khonadonda qanday bemor borligini, kimning yashash sharoiti qandayligini, kim yordamga, kim vrachga muhtojligini ulardan yakhshi biladigan boshqa odamning uzi yuq pastki tizimda», deya takidlagan prezident.

Buning uchun hokimlar va sektorlar rahbarlari har bir mahallada mahalla raislari, profilaktika inspektori va boshqa khodimlar, mahalla faollari va nuroniylar,  mahallalarga biriktirilgan tibbiyot muassasalari khodimlarini birlashtirib, uz hududidagi aholi, ayniqsa keksalar holidan kuniga khabar olish, koronavirusga shubha bulgan va kasallikka chalinganlarni tez tibbiy yordam khizmati va shifokorlar bilan boglashni tashkil etishga bosh-qosh bulishlari shartligi tayinlandi.

Shuningdek, ular yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat, uyda davolanishga tavsiya qilingan bemorlarga dori-darmon etkazib berish ishlarida faol ishtirok etishlari lozim.

«Bunga qushimcha ravishda, ular mahalla hududida aholining zarurat bulmasa kuchaga chiqmasligi va tuplanmasligi, tibbiy maska taqib yurishi va ijtimoiy masofani saqlashi, tuy va tadbirlarni vaqtincha utkazmasligi kabi majburiy  talablarni doimiy tushuntirishi va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishlari shart va zarur», – dedi prezident Shavkat Mirziyoev.

О нас

Яна маълумот

l086cnGbhp6Wh6ehXKXiXpHfrVjvX4qQ

Face-ID muammolari, osonlashgan testlar, kechikayotgan abiturientlar — Toshkentdagi imtihonlardan videoreportaj

2 sentyabr kuni soat 8:00da respublika oliy talim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Imtihonlar stadion va …