Главная / Jamiyat / Hukumat dehqon khujaliklari buyicha qaror qabul qiladi. Jiddiy uzgarishlar kutilyapti
<

Hukumat dehqon khujaliklari buyicha qaror qabul qiladi. Jiddiy uzgarishlar kutilyapti

Vazirlar Mahkamasining “Dehqon khujaliklari faoliyatini rivojlantirish buyicha qushimcha chora-tadbirlar tugrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun elon qilindi.

Uzbekiston Respublikasi Qishloq khujaligi vazirligi, Suv khujaligi vazirligi, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qumitasi, Davlat statistika qumitasi, Davlat soliq qumitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat khizmatlari agentligi, Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish buyicha Respublika kengashi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimlarining dehqon khujaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish tugrisidagi takliflari maqullanishi mumkin.

yl_y1mca_onjhswqrserm45jas00ol5w

“Davergeodezkadastr” qumitasi, Davlat soliq qumitasi, Inspeksiya, Kengash, Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish buyicha Respublika kengashi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda dehqon va shakhsiy yordamchi khujaliklari soni va ularga biriktirilgan er maydonlarini yalpi khatlovdan utkazilishini taminlaydi.

Ishchi guruhi khatlov natijasiga kura aniqlangan khujaliklarni tashkil etilishini qonuniyligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi.

Ishchi guruhi tomonidan tuzilgan dalolatnomaga kura:

erdan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgan hollarda erga bulgan egalik huquqini Uzbekiston Respublikasi Er kodeksining 36-moddasiga muvofiq bekor qilinishini;

qishloq khujaligi ekini ekish uchun muljallangan er maydonida uzboshimchalik bilan amalga oshirilgan qurilishlarni amalga oshirgan shakhs mablaglari hisobidan buzilishi va ekin er maydoni darajasiga keltirilishi, bu jarayonda nizo yuzaga kelgan hollarda ushbu harakat Uzbekiston Respublikasi Er kodeksining 89-moddasiga muvofiq sud tartibida hal etilishini;

maqsadsiz foydalanilgan er maydonini davlat zakhirasiga qaytarib, dehqon khujaliklarining faoliyatini Uzbekiston Respublikasi “Dehqon khujaligi tugrisida”gi qonunining 27-moddasiga muvofiq tugatilishini taminlaydilar.

Davlat khizmatlari agentligi khatlov natijasiga kura, barcha dehqon va shakhsiy yordamchi khujaliklarini davlat ruykhati reestri bilan taqqoslagan holda, ruykhatda bulmagan dehqon khujaliklarini belgilangan tartib va muddatlarda yagona dehqon khujaligi sifatida ruykhatga olinishini taminlaydi.

Qishloq khujaligi vazirligi, Suv khujaligi vazirligi, Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish buyicha Respublika kengashi, Kengash, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil hosili uchun 2020 yilning 1 yanvariga qadar, keyinchalik mavsumning 10 avgustiga qadar ekin maydonlariga har bir hududning ikhtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, erlarning meliorativ holati, unumdorligi, suv bilan taminlangani va dehqon khujaligi egasi taklifini inobatga olgan holda tuqsonbosti, ertagi, urtaki va kechki ekin turlarini joylashtirish va qishloq khujaligi mahsulotlari etishtirishning prognoz kursatkichlarini ishlab chiqadi.

Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish buyicha Respublika kengashi, Kengash, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda “Tomorqa khizmati” MChJlari tomonidan dehqon khujaliklariga shartnoma asosida uruglar, kuchatlar va mineral ugit, yoqilgi-moylash materiallarini hamda chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun ozuqa (shrot, shelukha va kombikorm) mahsulotlarini shartnoma asosida etkazib berishni tashkil etishni taminlaydi.

Uzbekiston Respublikasi Qishloq khujaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Kengash, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda hamda umumiy er maydoni negizida ikhtiyoriy asosida ishtirok etish tamoyillarida mustaqil va uzaro bogliq qishloq khujaligi korkhonalari, dehqon khujaliklari hamda tomorqa er egalarining kooperasion birlashishi institutini kengaytirish choralarini kuradi.

О нас

Яна маълумот

OqMdZ_5X2Q8cHtg2ycHXCP-bT-cHGQ0y

Mustaqil Uzbekiston tarikhida birinchi marta norasmiy sektorda band aholi soni kamaydi

2019 yilning birinchi yarim yilligida Uzbekistonda ish bilan band aholining norasmiy sektordagi ulushi 1,1 foizga …