Главная / Siyosat / Hududlar qaytadan toifalanadi. «Yashil» «qizil»ga aylanishi mumkin
<

Hududlar qaytadan toifalanadi. «Yashil» «qizil»ga aylanishi mumkin

Uzbekiston hududlari epidemiologik vaziyatga kura qaytadan toifalanadi, hozirgacha «yashil» va «sariq» hisoblangan tuman yoki shaharlar vaziyatga qarab «qizil» sifatida belgilanishi mumkin.

Uzbekiston Respublikasi prezidenti raisligida 26 may kuni investisiya masalalari muhokamasiga bagishlangan videoselektor yigilishi avvalida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida tukhtalib utildi.

«Keyingi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni respublikamizda ham kupayganligi qayd etilmoqda.

Aytish kerakki, aksariyat hudud va korkhona rahbarlari, fuqarolarimiz karantin choralarining yumshatilganini «kasallik tugadi» deb, notugri qabul qilmoqdalar.

Bugungi kunda 40ta tuman (shahar) «qizil», 45tasi «sariq» hudud sifatida qolmoqda. Eng tashvishlisi, utgan 10 kunda aholi urtasida kasallanganlar soni ham oshib bormoqda. Jumladan, Navoiyda 57ta, Samarqandda 73ta, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 114ta shunday holat aniqlangan.

Ayniqsa, bozorlar, savdo komplekslari, banklarda ijtimoiy masofaga amal qilmaslik, kucha-kuyda tibbiy niqob taqmaslik, bemalol va khotirjam bulib, uylarda turli tadbirlar utkazish holatlari kupaymoqda.

Bunday salbiy holatlar kasallikni aniqlash, oldini olish va davolash uchun qilayotgan barcha harakatlarimiz, byudjetdan olinayotgan trillionlab kharajatlarimiz natijadorligini yuqqa chiqarishi mumkin.

Respublika komissiyasi viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta kurib chiqsin hamda karantin choralarini kuchaytirish buyicha taklif kiritsin», degan davlat rahbari.

Eslatib utamiz, Uzbekiston hududlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 8 maydan etiboran, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratib chiqilgan edi.

15 maydan barcha toifalardagi hududlarda ayrim karantin cheklovlari yanada yumshatilgan.

18 maydan «sariq» toifadagi hududlarda shakhsiy avtotransport vositalarini stikersiz soat 6:00 dan 22:00 gacha boshqarishga, «yashil» hududlarda esa umuman cheklovsiz foydalanishga rukhsat berilgan edi.

Ammo sunggi kunlarda «yashil» va «sariq» hududlarda aholi orasida kasallanish holatlari aniqlanmoqda.

26 may kuni soat 17:00 holatiga kura, Uzbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlanish bilan bogliq 3281ta holat aniqlangan, bemorlarning 2627 nafari sogaygan, 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

О нас

Яна маълумот

Uzbekiston yana karantinga qaytmoqda

Uzbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika buyicha karantin choralari kuchaytiriladi. Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, …