Главная / Sport / «Khorijlikka fuqarolik berib, milliy jamoada uynatish uzbek futboliga katta minus». Odil Ahmedov Kuperning khatosi, Masharipovga maslahati va «sabotaj» haqida
<

«Khorijlikka fuqarolik berib, milliy jamoada uynatish uzbek futboliga katta minus». Odil Ahmedov Kuperning khatosi, Masharipovga maslahati va «sabotaj» haqida

Pandemiya davri barcha sohalar qatori futbolda ham keskin uzgarishlar davriga sabab buldi. Kun.uz sayti mukhbiri Uzbekiston milliy jamoasi hamda Khitoyning «Shankhay SIPG» klubi etakchisi Odil Ahmedov bilan videokonferensiya orqali boglanib, Uzbekiston milliy jamoasi, legionerlarimiz va Khitoy chempionati borasida suhbatlashdi.

Khitoydagi vaziyat, Shankhaydagi oilasiz hayot va uzgargan chempionat haqida

 – Khitoyning Shankhay shahridaman. Uch oydan kuproq vaqt davomida mashgulotlarda qatnashib yuribmiz, biroq hali chempionat boshlanganicha yuq, deya gap boshladi Odil Ahmedov.

– Khitoy Superligasi uyinlari qachondan boshlanishi rejalashtirilgan?

– 25 iyuldan boshlanadigan buldi. Klublar ikkita guruhga sakkiz jamoadan bulinib, ikkita shaharda qarorgohlarda yigilishadi. Usha erda 14 yoki 17tadan uyin utkazishimiz rejalashtirilgan. Uyinlar taqvimi hali malum qilinmagan.

 – Demak, chempionat formati ham uzgaradi, shundaymi?

– Khuddi shunday. Bu formatga kura, jamoalar ikkiga bulindi. Ikki guruhda ham kuchli turttalik aniqlangach, chorak final, yarim final va final orqali golib nomi aniqlanadi.

– Hamma legionerlar jamoaga etib keldimi?

– Kelgan. Okhirgilardan bulib Marko Arnautovich etib keldi. U hali jamoaga qushilgani yuq, chunki hozir ikki haftalik karantinda. Tez orada safga qushiladi.

– Pandemiya sabab klubning maqsadlari uzgarmadimi?

– Yuq, har doimgidek har bir turnirda ijobiy qatnashish maqsad qilingan.

– Toshkentdan Shankhayga qachon qaytdingiz? Pandemiya davrida Khitoyda yashash tarzi qay daraja uzgargan?

– Pandemiya boshlanganida hammamiz uyimizga ketgan edik. Keyinchalik BAAda yiginda buldik. Chunki uyinlar qachon boshlanishini hech kim bilmasdi. Kup utmay, OFK Chempionlar ligasi uyinlari sanasini ham boshqa muddatga kuchirgach, bizga qariyb bir oyga javob berildi. Shuncha payt Uzbekistonda buldim. Klubdan qungiroq bulgach, 20 mart kuni yana Shankhayga etib kelib ikki hafta davomida uyda karantinda utirdim. Bu vaqtda jamoa mashgulotlarni boshlagandi va men ham yiginga qushildim. Mana uch oy utdiki, hali ham tayyorgarlik kurib yuribmiz. Shankhayda oilamsiz hayot juda zerikarli. Hozirgi sharoitda tavakkal qilishni istamay, oilamni tashlab uzim kelgandim. Bu erda odatiy hayot tarzi qaytgan. Ammo qaerga bormasangiz hamma joyda ehtiyot choralari kuchaytirilgan. Restoranga ham, supermarketlarga ham kirishda issigingizni ulchab, hujjatlarni tekshirib, testdan qachon utganligingizni kurishadi. Yaqinda Pekinda vaziyat ogirlashgan deyishdi, lekin Shankhayda hammasi joyida.

– Sizningcha, karantin davri futbolga qanchalik tasir utkazadi? Umuman, okhirgi rasmiy uyiningizni eslay olasizmi?

– Futbolni soginsak-da, eng avvalo sogliq turadi. Karantin joriy etilgani odamlar salomatligi uchun qilindi. Eng tugri yul shu edi. Sekin-asta hamma narsa joyiga tushayapti. Bu ham Khudoning bir sinovi bulsa kerak.

– Jismoniy holatingiz qanday? Kuz oyida Uzbekiston milliy jamoasi uyinlarigacha qanday holatda bulasiz?

– Bilasizmi, bir yil davomida mashgulot utkazsangiz ham, bitta uyinning tajribasi boshqa buladi. Shu bois jismoniy holat qachon yakhshi buladi – rasmiy uyinlar kup bulsa. Rasmiy uyinda maydonga tushganimga 5 oy bulayapti. Tez orada chempionat boshlansa, jismoniy holatimizni yana tiklab olamiz.

«Milliy jamoadan 2-3 nafar futbolchi bilan gaplashaman, Khalk bilan yaqin aloqadamiz»

 – Milliy jamoamizdagi futbolchilar bilan aloqada bulib turibsizmi?

– Bilasiz, milliy jamoamizdagi futbolchilarning aksari yoshlar. Eng yoshi kattasi hozircha menman. Shu bois har zamonda gaplashib turamiz, ammo kup emas. Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Doston Tursunovlar yozib turishadi. Qolganlari bilan deyarli gaplashmayman. Uzi milliy jamoada ham yigilganda juda kam muloqotda bulamiz.

– Khitoyda klubingiz futbolchilari bilan qanchalik yaqin aloqadasiz?

– Klubimda ham milliy jamoalarda uynaydigan futbolchilar bor. 2-3 nafari bilan aloqalarimiz yakhshi. Ayniqsa, legionerlardan braziliyalik Khalk bilan munosabatimiz ancha yakhshi, bordi-keldimiz bor.

– Bu yil bir qator futbolchilarimiz legionerga aylanishdi. Ammo ularning aksariyati Janubiy Koreya, Khitoy yoki boshqa davlatlarning oliy ligasi emas, quyi divizionlariga utgani milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramovning tashvishlanishiga sabab buldi. Jamoa sardori sifatida siz bunga qanday qaraysiz?

– Taqqoslash qanchalik tugri bilmadim-u, lekin Khitoyning ham Koreyaning ham birinchi ligalari yomon emas. Yani, usha chempionatlarning ham asosiy murabbiylari va futbolchilarini khorijliklar tashkil qiladi. Shu bois ular Khitoy yoki Koreyani quyi divizioniga yul olsa ham buni normal holat deb tushunaman.

– Karantindan keyin aksariyat legionerlarimiz hali formalarini tiklay olmagandek taassurot uygonmoqda. Aytaylik, Ikrom Aliboev Koreyada, Eldor Shomurodov Rossiyada avvalgi sermahsulligini namoyish eta olmayapti. Bu utkinchi holatmi yoki mukhlislarning khavotirida asos bormi?

– Bu eng avvalo har bir futbolchining uziga bogliq. Bilasizmi, hamma joyda ham ayniqsa murabbiylar bir khil barqaror uynaydigan futbolchilarni qadrlashadi. Shunday ekan, uylaymanki siz nazarda tutgan futbolchilarimiz ham khulosa chiqarib, uz ustida ishlab avvalgi sport formasini tiklay olishadi.

«Masharipov chetga ketishi kerak, keyin kech bulishi mumkin»

 – Jaloliddin Masharipovga Turkiyaning «Trabzonspor» klubidan qiziqish buldi. Shota taklif yuq dedi, Masharipov qiziqish bor deyapti. Sizningcha, futbolchilarimiz Turkiya chempionatiga yul olsa, uynab keta olishadimi?

– Jalol – irodasi kuchli futbolchi. Uni har qanday jamoada uynab keta oladi deb uylayman. Unga qiziqish bulmadi, degan gap notugri bulsa kerak. Chunki har bir murabbiy ham uziga kerakli futbolchini quyib yuborgisi kelmaydi. Shu bois Arveladze ham Masharipovni ushlab turgan bulsa kerak. Fikrimcha, Jaloliddin legioner sifatida uzini sinab kurishi kerak.

Hozirda Superliga uyinlarini kuzatib borayapman. Uzimni ham boshimdan utgan bu narsa. Uzbekistonda hamma sovrinlarni yutgandan keyin uzimga ham Oliy ligada uynash qiziq bulmay qolgandi. Maydonda nimani khohlasam ushani qila olganimdim keyin baribir qiziqish biroz sunadi. Bu narsa Jalolidin Masharipovda ham bulayotganini kurayapman. Jalol uzini boshqa chempionatda sinab kurishi kerak deb uylayman. Chunki uyin jihatdan uzingni boshqalardan balandroq ekanligingni kursata olayapsanmi, demak uzingdan kuchliroq yoki uzingga teng futbolchilar bilan birga futbol uynashing kerak. Ushanda yanada usasan. Aks holda karerada orqaga chekinish bulib qolishi mumkin.

– Jasur Jaloliddinovga Rossiyaning «Lokomotiv» klubidan qiziqish bulgan. Bu chempionatda uynagansiz, ayting-chi Jasurning ketishiga vaqtliroq emasmi?

– Rossiya Premer-ligasida uzbekistonlik futbolchilar uchun tup surish oson emas. Chunki u erda asosan jismoniy jihat muhim sanaladi, futbolchi baquvvat bulishi kerak. Masalan, Oston Urunov jismonan baquvvatligi uchun «Ufa» safida uynab keta olayapti.

Uzimizda bitta narsaga kup guvoh bulaman, bitta futbolchi chiqib qolsa, unga bu jamoa qiziqayapti, boshqa klub qiziqayapti, degan gaplar kup tarqaladi. Ammo rasmiy taklif haqidagi khabarlar juda kam. Agarda Jasur Rossiya chempionatida uynab keta olsa, bu uning uchun katta yutuq buladi.

«Kuper qiynaldi, biz hech qachon himoyada juda zur uynay olmaganmiz»

 – Superligada kup yillardan beri tup surayotgan legioner futbolchilarni Uzbekiston milliy jamoasiga taklif etish haqida kup gapirilmoqda. Siz khorijlik legionerlarning mahalliylashtirilib, bosh jamoamizga chaqirilishiga qanday qaraysiz?

– Milliy jamoamizda khorijlik legionerning uynashi uzbek futboliga katta minus deganidir. Chunki Superligamizda shuncha jamoalar va qanchadan-qancha futbolchilarimiz bor, khorij chempionatlarida uzimizni legionerlar tup surayapti. Ushalar orasidan ham milliy jamoamizga mos futbolchilar chiqmasa, bu juda ham katta minus buladi. Legionerlardan aksari Uzbekiston fuqaroligini qabul qildi, endi ular Uzbekiston milliy jamoasiga yordam bera oladi deyish ham aslida notugri, deb uylayman. Sababi Uzbekiston chempionati bilan milliy jamoamizni taqqoslaydigan bulsak er bilan osmonchalik farqi bor.

Uzbekiston milliy jamoasi kuchli raqiblarga qarshi uynaydi, Superligada esa kuzatayapmizki, uyinlar saviyasi u darajada yuqori emas. Uylashimcha, kimgadir Uzbekiston fuqaroligini berish majburan qilinayapti, lekin bu uzbek futboli obrusi uchun katta minus.

– Ektor Kuper milliy jamoamizni boshqarayotganda va undan keyin turli gap-suzlar buldi. Tajribali futbolchi sifatida uning murabbiylik faoliyatiga qanday baho berasiz?

– Ektor Kuper juda yakhshi inson. Ammo jahon futbolida qaysidir khorijlik murabbiyni chaqirishmoqchi bulishsa, usha milliy jamoaning uyin uslubidan kelib chiqib, chaqiriladi. Bizning jamoamiz esa himoyaviy uyin uslubiga mos emasdi. Biz hech qachon himoyada juda zur uynay olmaganmiz. Kuper himoyaviy futbol kursatishga harakat qildi, lekin juda ham qiynaldi. Chunki himoyaviy futbol kursatish uchun himoyaviy futbolchilar kerak. Bizda esa himoyaviy futbochilar etarlicha emas. Shakhsiy fikrim, uning ish uslubi ham eskiroq edi. Lekin futbolchilarga ruhan katta dalda bera oladigan murabbiy edi.

«Urnimga futbolchi paydo bulsa, joyimni ertagayoq bushatib berishga tayyorman»

– Emishki, Kuperning sunggi uyini bulgan Falastinga qarshi maglubiyatli bahsda futbolchilar ataylab uz darajasidan past tup surib, Kuperning istefosini istagan, yani «sabotaj» qilishgan. Buni Aziz Haydarov boshchiligida Odil Ahmedov va Anzur Ismoilovlar birga qilishdi, degan mish-mish gaplar tarqaldi. Bu qanchalik rostligi nomalum, siz bu haqda eshitdingizmi, bu gaplarga qanday munosabat bildirgan bulardingiz?

– Bilasizmi, futbol shunaqa narsaki, 11 kishi uynaydi, millionlab kishi muhokama qiladi. Eshitaman desangiz million khil fikr va har khil gaplar. 2007 yildan buyon milliy jamoada uynab kelayotgan bulsam, kurayapmanki kimga nimadir bersam, Khudo meni usha bilan mukofotlaydi. Men shuncha payt tup surib, biror marta ataylab oyogimni tortib olgan joyim bulsa, ataylab zakhiraga olishni suragan yoki yugurmagan joyim bulsa, kursatib berishsin-chi? Qanaqa qilib shunday ishga borish mumkin? Akhir, milliy jamoani yutishi uzimni, oilamni obrusi, ota-onamni fakhri bulsa. Aziz va Anzur uchun ham bemalol ayta olaman, bunaqa pastkashlikka hech qachon borishmaydi. Bunday gapni kim chiqarishi mumkin, usha pastkash odamlar gapirishi mumkin. Futbolni umuman tushunmagan odam bunday gaplarni gapirishi mumkin. Futbolda har khil holat bulishi mumkin, bazida uyinimiz chiqmay qoladi. Gohida butun jamoa uynamay, faqat uch futbolchi aybdor bulib qolishi mumkin. Mabodo usha murabbiy menga ming khil yomonlik qilgan taqdirda ham, futbol uynamay qolganimga sababchi bulgan taqdirda ham, hech qachon bunaqa pastkashlikka bormayman.

– Odil, 2017 yil JCh-2018 saralashidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin «Sport» telekanaliga chaqirganimizda, «Agar yoshlardan raqobatbardosh jamoa tuzilsa, milliy jamoadan ketishga roziman», degan edingiz. Usha paytda bunday keskin fikr bildirishingizga nima sabab bulgan?

– Usha paytda har khil gaplarni eshitasiz, milliy jamoa haqida yozilayotgan maqolalarni uqiysiz, ota-onamizga etib boradi. Ayniqsa, uydagilar shunaqa maqolalarni kup uqishadi. Ushanda kupchilik meni qarib qolgan degan. Ushanda ham aytgandim, hozir ham aytaman – milliy jamoada mendan kuchli futbolchi chiqsa, uz urnimni bushatib berishga doim tayyorman. Chunki milliy jamoada eng kuchlilar uynashi kerak. Kuper murabbiy bulganida ham birinchi bulib uzim borib aytganman, “urnimga kuchliroq futbolchi bulsa ketishga tayyorman” deb, lekin u rozi bulmagan. Vadim Abramov murabbiy bulganida ham Ravshan Ermatov, Aziz Haydarov, Karlenovich birga muhokamaga yigilganimizda bu murabbiyga ham buni tugri tushunishimni uzim aytganman, ammo Abramov kerakligimni bildirgan. Shunga qaramay, hozirgacha fikrimdan sobitman – urnimga raqobatbardosh futbolchi paydo bulsa, joyimni ertagayoq bushatib berishga tayyorman.

«Milliy jamoada uynasam yozishni boshlashadi, ustimdan kulib chiqadi», deydi»

 – Murabbiy milliy jamoaga keraksan deb tursa-yu, aksariyat mukhlislar buni aksini gapirishsa, bunga qanday qaraysiz?

– Aytaylik, murabbiy usha 35 yoshli futbolchini chaqirayaptimi, demak uning urniga munosib yoshlar topilmayotganidan chaqiradi. Milliy jamoada shunaqa holatlarga duch kelganmanki, uzimizni aksariyat futbolchilarimizga “kel, sen milliy jamoaga uynashing kerak”, deb aytsam, “meni milliy jamoaga chaqirishmasa ham mayli”, deyishadi. Nima sababdan desam, “ertaga milliy jamoa safida maydonga tushsam, yozishni boshlashadi, ustimdan kulib chiqadi” – degan gaplar bulgan. Bu kuproq futbolchining ruhiy holatiga bogliq. Bunday futbolchilar ruhan kuchsiz bulishadi. Afsuski, shunaqa uylaydigan futbolchilarimiz juda ham kup. Gap-suzga etibor bermaydigan futbolchilar bizda juda ham kam. Yuqorida bejizga Jaloliddin Masharipov haqida gapirdim, masalan u mana shunday gaplarga etibor bermay, uz ustida ishlab hozirgi darajasiga etdi. Bizda kupchilik futbolchilar internetda kommentlarni uqib, ijtimoiy tarmoqlardagi gaplar sababli maydonda uzidagi bor iqtidorni ham kursata olmaydi.

Superligamizni kuzatayapman. Juda kup futbolchilarimiz tavakkal qilmaydi. Yakhshisi, tinchgina khato qilmay ortga tup oshirishni maqul topadi. Futbolchi imkoniyat bulganda ham hujumga utishdan, raqibni aldashdan qurqayaptimi, demak u hali ruhan tayyor emas. Futbolda psikhologiyaning urni juda katta.

– Saudiya Arabistoniga qarshi Toshkentda maglub bulganimizdan keyin imkoniyatimiz qiyinlashdi. Qolaversa, Saudiyaga qarshi yozda uynashimiz kerak bulgan bahs pandemiya sababli kuzga kuchirildi. Bu yakhshi buldimi yoki uz vaqtida uynaganimiz yakhshimidi?

– Albatta, Saudiyada yozda uynagandan kura, kuzda uynagan yakhshi. Chunki issiqda futbol uz tempi va chiroyini yuqotadi, tup surishimiz ham oson bulmasdi. Imkoniyatimizni hali ham yomon emas, biz hech narsani yuqotmadik. Saudiya Uzbekistonda yutib ketgan bulsa, biz nima uchun Saudiyaga borib yutmasligimiz kerak? Jamoamiz yakhshi tayyorgarlik kurib, khatolardan tugri khulosa qila olsak, ijobiy natija bilan qaytishimiz mumkin.

– Mukhlislarsiz futbolga kunikish qiyin bulmaydimi?

– Afsuski, kunikishga majburmiz. Vaziyat, sharoit shuni taqozo etmoqda. Evropada ham kurayapmizki, uyinlar khuddi urtoqlik uchrashuvidek utmoqda. Bejizga futbol mukhlislar bilan guzal deyilmaydi. Futbol chiroyini yuqotib quygandek. Umid qilamizki tez orada bu sinovli damlar utib, futbol ham, hayot ham avvalgi holatga qaytadi va biz yana mukhlislar qarshisida futbol uynaymiz.

О нас

Яна маълумот

gettyimages-1223919616-2048x2048-680x470

UFC 249. Jastin Getji Toni Fergyusonni muddatidan avval taslim qilib, engil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi

AQShning Florida shtatida Toshkent vaqti bilan 10 may kuni UFC 249 musobaqasi bulib utdi. Foto: …