Главная / Iqtisodiyot / Khorazmda viloyat hokimi urinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 mlrd sumlik davlat buyurtmasini yutgan
<

Khorazmda viloyat hokimi urinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 mlrd sumlik davlat buyurtmasini yutgan

Khorazmda viloyat hokimining tayinlanganiga bir yil ham bulmagan urinbosarining ukasiga tegishli kompaniya 20 mlrd sumlik davlat buyurtmasini yutgani malum buldi. Bunda hokim urinbosari Bahrom Qurbonov tender komissiyasi raisi bulgan. Bu haqda Davlat kharidlari portalidagi malumotlarga tayanib, Telegram’dagi Davletovuz kanali khabar berdi.

Bahrom Qurbonov 2020 yilning martida Khorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal khujalik masalalari buyicha urinbosari etib tayinlangan. Muqaddam «Uzshaharqurilishinvest» injinering kompaniyasi bosh direktorining birinchi urinbosari bulgan. U viloyatda qurilish kompleksida pudrat, loyiha ishlariga bulgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirishni, shuningdek, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni taminlaydi.

Malumotlarga kura, 2020 yilning 25 iyun kuni Bahrom Qurbonov raisligida Khorazm viloyati Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish buyicha tender savdo komissiyasi majlisi bulib utgan. Komissiya qiymati 20 milliard sumdan ortiq bulgan inshootni qurish uchun «Bunyodkor» MChJni golib sifatida tanlab olgan. Mazkur korkhona ulushlari yuridik shakhslar reestriga kura tuligicha Ulugbek Sharipovich Qurbonovga taalluqli. U viloyat hokimi urinbosari, tender komissiyasi raisi Bahrom Sharipovich Qurbonovning yaqin qarindoshi – ukasi hisoblanadi.

Mazkur kompaniya, shuningdek, Urganch shahar «Ashkhobod» mahalla fuqarolar yiginidagi ichimlik suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish buyicha tenderda ham golib bulgan. Tender natijalari 2020 yil sentyabr oyida elon qilingan. Qariyb 7 milliard sumlik obekt buyicha tender komissiyasi raisi Uy-joy va kommunal khujalik vaziri bulgan, lekin u yigilishda «uzrli sabablarga kura qatnasha olmagan».

«Davlat buyurtmalari, tabir joiz bulsa, katta qozon. Undan barcha tadbirkorlar teng va tusiqlarsiz foydalana olishi kerak. Shundagina rivojlanish buladi, shundagina raqobat muhiti qaror topadi. Modomiki davlat buyurtmalarini mansabdor shakhslarga taalluqli kompaniyalar olar ekan, bu kompaniyalar qanchalik zur va kuchli bulmasin, okhir-oqibatda boshqa tadbirkorlik subektlarining rivojlanishiga, ularning kengayishiga tusqinlik paydo buladi, bozorda bir tarafda mahalliy bozorni monopol qilgan, ikkinchi tarafdan esa chala, ugri, otkat bilan ishlaydigan, faqat sifatsiz qurilish qiladigan kompaniyalarning kuni tugadi.

Shuning uchun madaniyatli jamiyatlarda bunday davlat buyurtmalarida chinovnikning korkhonasi ishtirok etmaydi, hech qachon amaldor ukasi yoki akasi nomidagi kompaniya ishtirok etayotgan tenderda komissiya raisi bulmaydi. Bu absurd. Bu jinoyat. Bu korrupsiya. Yuqoridagi holatlar, nazarimizda, manfaatlar tuqnashuvi, qonun buzilishi joylarda chuqur ildiz otganini, muammoga tizimli echimlar izlash kerakligini kursatmoqda», deydi kanal muallifi.

Avvalroq Andijonda davlat buyurtmalarini buyurtmachining uziga tegishli kompaniyalar taqsimlab olgani malum bulgandi. Khususan, «Yagona buyurtmachi khizmati» IK rahbari Muhiddin Qodirov uziga tegishli bulgan «Milano Biznes Servis» MChJga qariyb 20 milliard sumlik qurilishga oid davlat buyurtmalarini olgan. Sunggi malumotlarga kura, Andijon viloyati prokuraturasi qurilishlardagi manfaatlar tuqnashuvini tekshirmoqda.

Davletovuz kanali Jizzakh viloyatida ham viloyat hokimi urinbosari qarindoshlarining kompaniyalari bir necha yuz milliard sumlik loyihalarni qulga kiritgani haqida khabar bergandi.

Shuningdek, viloyati hokimi Ergash Solievning qizi Nargiza Solievaga tegishli kompaniya kuchalarga gul ekish buyicha bir necha milliard sumlik tenderlarni yutib olgani malum bulgandi.

О нас

Яна маълумот

6X8nUdWnCpzpKBJ2chpR-jEiK5h8GdOB

Uzbekistonning umumiy tashqi qarzi 29 mlrd dollardan oshdi

Uzbekistonning umumiy tashqi qarzi 2020 yilning 1 oktyabr holatiga 29,3 mlrd. dollarni tashkil etgan. Bu …