Главная / Jamiyat / Khalq talimi vazirligi uquv yilini boshlash buyicha 3ta ssenariy ustida ish olib bormoqda
<

Khalq talimi vazirligi uquv yilini boshlash buyicha 3ta ssenariy ustida ish olib bormoqda

Yakuniy khulosa Respublika makhsus komissiyasining qarori bilan elon qilinadi.

Khalq talimi vazirligi Sogliqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uquv yilini qay tarzda boshlash ustida urganishlar olib bormoqda. Bu haqda vazirlik khabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, Khalq talimi vazirligi uz vakolatidan kelib chiqib uquv yilini boshlash buyicha 3ta ssenariy ustida ish olib bormoqda:

1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda uz faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va uquvchilar uchun eng maqbul variant. Khalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish khavfi ham kamligini kursatmoqda;

2-ssenariy: Sogliqni saqlash vazirligining Uzbekistonda bolalarda virus kechishi buyicha khulosasi ijobiy bulmagan taqdirda talim onlayn tartibda davom ettirilishiga tugri kelishi mumkin;

3-ssenariy: Gibrid ssenariy bulib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga utkaziladi. Faqat malum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, uquvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan khavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn uqitishga imkon berilishi kuzda tutiladi, yani davomat erkin buladi – oddiy darsda qatnashsa ham yoki onlayn dars orqali qatnashsa ham.

Bildirilishicha, yakuniy khulosa Respublika makhsus komissiyasining qarori bilan elon qilinadi.

Aytilishicha, karantin qoidasi uzgarishidan qati nazar vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha bolaning maktabdan tashqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlash, uqituvchilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat maydoni bulib khizmat qiladi.

О нас

Яна маълумот

RGh_NfShTb2X4AmksDYQdKDAO8cZTE-h

Uzbekning «shum bola»si — Abdurayim Abduvahobov yaqinlari khotirasida

14 iyul kuni uzbek khalqining katta-yu kichigiga qadrli bulgan aktyor Abdurayim Abduvahobov upka raki tufayli …