Главная / Jamiyat / «Haqiqiy vaziyat butkul boshqacha»: sogliqni saqlash tizimidan hafsalasi pir bulgan fuqaro hikoyasi
<

«Haqiqiy vaziyat butkul boshqacha»: sogliqni saqlash tizimidan hafsalasi pir bulgan fuqaro hikoyasi

Koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 5 mingga yaqinlashar ekan, sogliqni saqlash tizimi bilan bogliq muammolar tobora yiriklashib bormoqda.

Uzbekistondagi epidemiologik vaziyat kundan kunga taranglashmoqda. Yangi koronavirus infeksiyasidan kasallikning va ulim kursatkichlarining usish dinamikasi hukumatni respublika buylab iyun oyi boshlaridan yumshay boshlagan karantin choralarini yana qatiylashtirishga majburladi.

Sogliqni saqlash vazirligidagilar mamlakatda koronavirusga chalinganlarning rasmiy statistikasi real raqamlardan ancha ortda ekanini tan olishdi. 9 iyul kuni SSV kasallanish darajasi ortishi munosabati bilan sogliqni saqlash tizimi katta bosim ostida qolganini rasman malum qildi.

Bundan tashqari, yaqindan boshlab insonlarning mamlakatda koronavirusga qarshi kurashish uchun resurs etishmayotganiga ishora qilayotgan iltimoslari va murojaatlari akhborot makonida faol tarzda tarqalmoqda.

Sunggi kunlarda Kun.uz tahririyatiga ham kasallik alomatlari buy kursatganiga qaramasdan koronavirusga test topshira olmayotgan fuqarolardan kuplab murojaatlar kelib tushmoqda. Shakhsi sir qolishini istagan erkak uzi va oilasi poytakht Toshkent shahrida test topshirish uchun qanday qiyinchiliklarga duchor bulgani haqida boshdan kechirganlarini mukhbirimizga hikoya qilib berdi.

— Sizda koronavirusga shubha qachon va nega paydo buldi?

— Hammasi 24 iyundan boshlandi. Toshkentda «Ashkhobod» bogi yaqinida turamiz. Oilamizda 6 kishimiz, singlim fevralda farzandli bulgan. 24 iyun kuni ertalab 5 oylik chaqaloq bezovta bula boshladi: uning harakatlari sustlashib, yutala boshladi.

Darhol haroratini ulchadik — 37 daraja. Uylanib utirmasdan, Yashnobod tumani markaziy poliklinikasiga qungiroq qildik, uyga vrach chaqirdik. Garchi poliklinika uyimizdan piyoda 10 daqiqalik yul bulsa ham, vrach kunning ikkinchi yarmida keldi. Uyimizga vrach hech qanday himoya liboslarisiz kirib kelganidan, egnida hattoki khalat ham yuqligidan hayron buldik. U faqat niqob taqqan edi. Chaqaloqqa nima bulganini suradi. Singlim harorati baland, yutalayotganini aytdi. Shunda vrach: «Tashvish tortmang, uning tishlari chiqmoqda. Bolalarda shunday buladi uzi. Unga «Insti» va moychechak qaynatmasi bering», deb tayinladi. Bu suzlardan biroz hovurimiz bosildi.

Ertasiga, 25 iyun kuni singlim uzini lohas his qila boshladi. Harorati 37 daraja edi. Shunda otam darhol COVID-19’ga test topshirishimizni buyurdi. Internetni kavlab har bir tumanda SEO markazi borligini, u erdan har bir inson koronavirusga tekin test topshirishi mumkinligini uqidim.

Singlim bilan Yashnabod tuman SEO markaziga bordik. SEO markazi khodimlari yullanma zarur deb, test olishni rad etishdi. Ular faqat ishga joylashayotganlardan test olishayotganini takidlashdi. Men shu ondayoq 1003ga qungiroq qildim, operatorlar «boshimni silagancha», SEOMdagilarning suzlarini tasdiqlashdi. Malum bulishicha, butun respublikada testlar etishmas ekan.

— Khususiy klinikada tahlil topshirishga harakat qilmadingizmi?

— Yuq, oilada 6 kishimiz, prinsip jihatdan har birimiz uchun 240 mingdan tulashni istamadik. Qonunga itoat etuvchi soliq tulovchilar sifatida tekin tibbiy yordamga qonuniy huquqimizdan foydalanmoqchi buldik.

— Demak, oilaviy poliklinikaga yullanma uchun borishga majbur bulgansizlar?

— Ha, borishga majbur buldik. Poliklinikaga kirishda bir kishi pirometr bilan harorat ulchayotgan ekan. Menda 36,7, singlimda esa 36,4 daraja kursatdi. Hayron qoldik. Sungra bolaning issigi tishi sabab kutarilgan degan usha vrachning khonasiga chiqdik.

U erda simobli termometr bilan singlimning issigini ulchashdi — 37 daraja. Bu kiraverishda pirometr buzuq ekanligini, harorati baland inson poliklinikaga osongina kira olishini kursatardi. Vrach yana bu harorat hech narsa emasligi, aftidan URVI yuqqanini aytdi. Singlim vrach huzuridan chiqib shunday dedi. Lekin men test topshirishga qattiq qasd qilgandim va yullanma zarur edi. Ammo vrach bu koronavirus emasligini, koronavirus yuqtirganlarda harorat 39 daraja bulishini takidlashda davom etardi.

Men u bilan bahslasha turib, kuz bilan buni aniqlab bulmasligi, chaqaloqning ham harorati oshganini aytib, yullanma berishni talab qildim. U hech narsa bermasligini aytdi.

Men bosh vrach kabinetiga kirdim. Ichkarida ikkita ayol utirgan ekan, ulardan biri oq khalatda edi, uni bosh vrach deb uylab, koronavirusga test topshirish uchun yullanma yozib berishni iltimos qildim. Ayol Yashnobod SEOM uch kunga yopilganini aytib, bizni ishontirmoqchi buldi. Men esa hozirgina usha erdan kelganimni, SEOM ishlayotganini aytdim va yana bir bor yullanma suradim.

Shu vaqt boyagi uchastka vrachimiz kirib, bizni hech narsani tushunmayotganlikda va bekorga vahima qilayotganlikda aybladi. Oqibatda, bosh vrach bizga yullanma berishni rad etdi va buni poliklinika koronavirusga test topshirish uchun yullanma bermasligi bilan izohladi.

Men yana 1003ga qungiroq qildim. Barchasini operatorga tushuntirdim. U menga shakhsan yordam qilib, SEOMning test topshirish jarayonlarini tushunuvchi khodimi raqamini berdi. Biz boyagi raqamga qungiroq qildik, u Yashnobod tumani DSENM sobiq rahbari ekan. Men undan poliklinika test uchun yullanma berishi kerakligini bosh vrachga tushuntirib quyishini iltimos qildim.

Telefon orqali bosh vrach vaziyatni notugri tushuntirganlikda ayblab, barcha aybni bizga agdara boshladi. Sung bizga SEOM bilan gaplashishi va bizni qabul qilishlarini aytdi. Bosh vrach SEOMning amaldagi rahbariga qungiroq qilib, bizni qabul qilishni iltimos qildi. Shundan sung bizga boraverishimiz, ular qabul qilishini aytdi. Men yana bir bor undan yozma yullanma suradim, u esa bunga javoban: «Sening oldingda qungiroq qilib ularni ogohlantirdim, uzing eshitding-ku?» dedi. Barchasini bitta qungiroq bilan hal qilish mumkinligidan taajjublandim, men bulsa issigi baland yaqinlarim bilan shahar kezib yuribman.

SEOMda yana bizdan yullanma talab qilishdi. Men uzimni quyarga joy topa olmay qoldim! Men endi ovozimni balandlatib, boshliqqa qungiroq qilishni, uning khabari borligini aytdim. Qungiroq qilishdi, bosh irgagancha, singlimdan test olishga qaror qilishdi.

— Natijalarni qachon malum qilishdi va ular qanday chiqdi?

— Biz ikki kun kutishni aytishdi. Oradan 4 kun utgach, 29 iyunda qungiroq qildim. Tahlil natijalariga kura, singlimda koronavirusni tasdiqlashdi. Men u qay ahvolga tushganini tasvirlab berolmayman. Sogliqni saqlash tizimimizdan bu qadar hafsalam pir bulmagan edi! Uzingiz uylab kuring, test olishlarini talab qilib turib olmaganimda biz virusni butun shahar buylab tarqatib yuravergan bular edik!

— Siz va oilangizning boshqa azolari ham tahlil topshirishdimi?

— Ha. Virus borligi tasdiqlangan usha kuni tunda tuman SEOMdan kelib butun oilamizdan test olib ketishdi. Men virus tarqalmasligi uchun SEOM vakillaridan uyimizni urab olib chora kurishlarini suradim. Ertasi kuni ichki ishlar organlari khodimlari uyimizni urab olishdi. Lekin singlimda virus topilgach, ikki kun mobaynida «tez yordam» kelmadi!

Hech kim yosh ona va uning 5 oylik bolasi qay ahvolda ekaniga qiziqqani ham yuq. Qaerlarga qungiroq qilmadim deysiz? 1003dagilar shifokhonaga yotqizish uchun javob bermasliklarini aytishdi, 103 esa koronavirusga chalinganlarni olib ketmas ekan. Menga yana bir raqam berishdi: 71 2336567, gushakni hech kim kutargani yuq – doira yopildi.

Poliklinikaga qungiroq qilish befoyda, hech qaerda bush urin yuq ekan, bizda shunchaki kutishdan bulak chora qolmadi. «Tez yordam» mashinasi faqat 1 iyulda kirib keldi. Mashinaning ichida yana uchta virus yuqtirgan bemor bor edi.

— Ular virus yuqtirgan bemorlar bulganiga ishonchingiz komilmi?

— Ha, eshigimizni taqillatgan odam kasalkhonaga yotqizish kerak bulgan odamlarni tuplab yurganini aytdi. Shunday qilib yotqizish mumkinmi uzi, deb hayron bulib suradim. «Tez yordam» mashinasida bemorlar bitta-bitta tashilmaydimi? Boyagi odam unga buyurilganini bajarayotganini aytdi. Mashinada virus yuqtirganlar maskasini iyagiga tushirgancha utirishgandi. Men singlimni ular bilan birga junatishni istamayotgandim, lekin menda boshqa iloj ham yuq edi: bu unga tibbiy yordam kursatishning yagona imkoniyati edi. Khullas, singlimni olib ketishdi, biz esa test natijalarini kuta boshladik.

— Uni qachon bildingiz?

— Tahlil topshirganimizdan 6 kun utib, yani 4 iyulda. Buni ham ketini quymasdan surayverganimiz uchun bildik. Bu vaqt ichida hech kim bizga qungiroq ham qilgani, hol-ahvolimizni suragani ham yuq. Biz bunday vaziyatda nima qilishni mutlaqo bilmasdik…

— Natijalar-chi?

— Biz natijalarni tuman SEOM orqali emas, uz tanish-bilishlarimiz orqali bildik. Aniqlanishicha, qolgan hammada test manfiy chiqibdi, 5 oylik chaqaloqda ham. Bu bizni hayron qoldirdi. Bu qanaqasi: singlimda virus bulsa-yu, bizda bulmasa? Bu hodisa shahar 1-sonli shifokhonasiga yotqizilgan singlimni qayta testdan utkazishga undadi.

6 iyul kuni 1-shahar shifokhonasi khodimlari singlimdan ham, chaqaloqdan ham qayta tahlil olishdi va sinchiklab tekshirishdi. Qayta tahlil uchun ancha-muncha ter tukib, asab sarflashga tugri kelganini takidlashim zarur. 7 iyul kuni kechqurun singlim va uning chaqalogida virus yuqligini aytishdi.

— Bu qanaqasi buldi? Siz natijalarga ishonasizmi, akhir uzingiz singlingizni boshqa kasallar bilan birga kasalkhonaga olib ketilganini aytdingiz-ku?

— Ha, tahlillar khatoga yul quymaslik uchun alohida nazorat ostida olindi. Khulosa aniq — virus yuq edi.

— Modomiki singlingizda koronavirus infeksiyasi topilmagan ekan, «tashvishlanishga hojat yuq», degan poliklinika vrachlari haq bulib chiqayotganini bildirmaydimi?

— Yuq, baribir test topshirish uchun yullanma berilishi kerak edi. COVID-19 – oldindan aytib bulmaydigan kasallik, barchada simptomlar har khil kurinish beradi. Vrachlar kim kasallik yuqtirgan, kim soglomligini kuz bilan aniqlay olishmaydi. Boz ustiga, «simptomsiz bemor»lar soni kundan kunga kupaymoqda.

— Demak, singlingiz uyga qaytib kelgan?

— Ha, unga va yana boshqa bir necha bemorlarga javob berishgan. Ularning barchasi uygacha uzlari kelishibdi. Ularni shunchaki darvozadan chiqarib yuborishgan, buldi.

— Bulib utgan voqealardan qanday khulosa chiqardingiz?

— SEOM tomonidan utkazilayotgan testlar noaniq natija berayotgani haqida misollar internetda kup. Shuning uchun odamlar khususiy klinikalarga borib, uz pullariga tahlil topshirishga majbur bulishmoqda, lekin khususiy klinikalarda ham ulkan navbatlar hosil bulib, testlar etishmayapti.

Nahotki, soliqlarni doim uz vaqtida tulab kelgan, qonunlarga itoatkor fuqaro tibbiy khizmat olishdek konstitusiyaviy huquqidan foydalana olmasligi adolatdan bulsa?

Qushni kup qavatli uyda 2ta zararlanish holati aniqlanganidan sung uy hanuzgacha karantinga olinmagani meni hayratlantiradi. Qushni domda virus yuqtirib olgan kishi bilan telefonda gaplashdim. U bizdan nima qilishni suradi. U ham butun oilasi bilan bu virus qarshisida yakkama-yakka qolgan.

Albatta, televizorni yoqsangiz hamma yoqda «musaffo osmon», rostdan ham hammasi joyida deb uylaysiz. Lekin haqqoniy vaziyat butkul boshqacha.

Kurashning oldingi chizigida bulgan vrachlarga har qancha tasanno aytsak arziydi, ular har bir hayot uchun vijdonan kurashishmoqda. Ular oylab yaqinlarini kurishmayapti, kuchaytirilgan rejimda mehnat qilishmoqda. Ularga cheksiz tashakkur va tazimdamiz. Ayrim «tibbiyot khodimlari», tugrirogi, tibbiy malumot tugrisida diplomi bulgan nuskhalar esa fuqarolarga uz vaqtida yordam qulini chuzmasdan «otangga bor, onangga bor» qilishmoqda. Bu ochiqdan ochiq harakatsizlik!

Aminmanki, hanuz virus mavjudligiga ishonmaydigan odamlar ham bor. Kuzni ochinglar, dustlar! Bu chinakam urush, lekin dushmanni siz kura olmaysiz. Faqat barchamiz kuchni bir joyga jamlab galaba qozonishimiz mumkin!

Qadrli yurtdoshlar, uzingizni asrang! Burningizni yakhshi bekitadigan niqob taqib yuring. Kucha-kuyda niqobini ogzidan pastga tushirib olganlardan uzoqroq yuring. Masofani saqlang! Hech kimga qul uzatmang! Virus allaqachon oramizda. Har bir inson uzini uzi himoya qilmasa, uning urniga hech kim bu ishni qilmaydi! Uz haqingizni talab qilishdan qurqmang, bu hech narsa qilmaslikdan kura yakhshiroq va sizni eshitishlariga qandaydir imkoniyat paydo qiladi.

О нас

Яна маълумот

RGh_NfShTb2X4AmksDYQdKDAO8cZTE-h

Uzbekning «shum bola»si — Abdurayim Abduvahobov yaqinlari khotirasida

14 iyul kuni uzbek khalqining katta-yu kichigiga qadrli bulgan aktyor Abdurayim Abduvahobov upka raki tufayli …