Главная / Madaniyat / Haj tekhnologiyasi: Makkadagi hayot va mamot tiqilinchlari qanday boshqariladi?
<

Haj tekhnologiyasi: Makkadagi hayot va mamot tiqilinchlari qanday boshqariladi?

haj-tehnologiyasiHar yili Saudiya Arabistonining aholisi bir hafta davomida uch millionga kupayadi. Chunki Zulhijja oyining dastlabki 10 kunida butun dunyodan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun Makka shahriga keladi. Aholining qisqa muddat ichida bu qadar kupayib ketishiga dunyoning kuplab shaharlari tayyor emas. Ammo zamonaviy Makka shahrining qurilishida shu narsa hisobga olingan. Shunga qaramay, bu erda ham bazan falokatli tiqilinchlar yuz berib turadi. Bu yilgi haj mavsumida Mino vodiysida yuz bergan fojeada 700 dan ziyod odam halok bulgani bunga bir misol.
Bu kabi fojealarning oldini olish uchun haj ibodati bilan bogliq inshootlar qurilishiga Saudiya Arabistoni hukumati dunyoning eng yakhshi arkhitektor va dizaynerlarini taklif etadi. Haj arkonlari bilan bogliq tiqilinch muammolarini bartaraf etishda qanday arkhitektura va dizayn usullaridan foydalanilgan? Bu maqolada shu mavzu yoritiladi.

Hojilar uchun makhsus qurilgan aeroport

    Qirol Abdulaziz aeroportidagi ananaviy badaviy chodirlariga ukhshatib qurilgan Haj terminali bir million kv. metrga yaqin maydonni egallab, tomi teflon polimeri va oynali plastmassa bilan yopilgan.

Yulovchilar yuklarini iqlimi nazorat qilinadigan bulinmadan olishadi. Havoning tabiiy almashinuvi eng optimal taminlangan ochiq joydagi kutish zalida esa, tashqarida havo 50 daraja issiq bulsa ham, harorat 25 gradusdan oshmaydi.

Har kuni 600 tonna akhlat pnevmatik quvurlarda tortib olinadi 

Masjidni qayta qurishga sarflangan 20 milliard dollardan ortiq kharajat ichida muhim bir muammoni bartaraf etish ham kuzda tutilgan: har kuni yigiladigan 600 tonna akhlatni bir yoqli qilish. Shu maqsadda Makkadagi masjid atrofida 400 ta pnevmatik quvur urnatilgan.

U erga tashlangan chiqit er osti quvurlari orqali surib olinib, 1,5 km. naridagi akhlat markaziga olib borib tashlanadi. U erdan yuk mashinalariga yuklanib, makhsus akhlat maydonlariga olib ketiladi.

Kuproq odamni qabul qilish uchun masjidni kengaytirish loyihasi

    Makka shahridagi Masjid al-Harom Kaba atrofida qurilgan va mudom kattalashib borayotgan ibodatkhona bulib, haj mavsumi unda bir paytning uzida 2-3 million odam yigiladi. Har yili bu erga hajga kelgan har bir musulmon Kabani ikki bor etti marotaba aylanib chiqishi kerak. Odam kupligidan, bazan, ayrim ziyoratchilar Kaba tomigacha chiqib ketadi. Bu muammoni bartaraf etish uchun Gensler firmasi dizaynerlari yollangan.

     Ular Kaba atrofida sakkiz yonli makhsus platforma ishlab chiqishdi. Natijada tiqilinch kamayib, odamlar oqimi tezroq va kuproq utishiga imkon yaratildi.

0, 01 foiz ziyoratchilar uchun mehmonkhona

     2017 yilda qurib bitkazilishi kutilayotgan Abraj Kuday mehmonkhonasi dunyodagi eng katta otel buladi. U 12 minora, 10 ming khona, 70 restoran, 4 ta vertolyot qunish maydonchasi, dukonlar markazi va avtobus bekatidan iborat. Beshta qavati saudiylar qirollik oilasi uchun ajratilgan. Mehmonkhona uta boy ziyoratchilar uchun muljallangan.

Hajning muhim arkonlaridan birini bajarish uchun kuplab ziyoratchilar Mino vodiysida tunaydi. Uzoq yilllar bu erda hojilar uchun oddiy pakhta matodan tikilgan utovlar bulardi. Ammo 1997 yil yuz bergan dahshatli yongin 300 ga yaqin odamni hayotdan olib ketgach, Saudiya hukumati olovga chidamli muqobil utov izlashga tushdi. Natijada havo salqinlatgich bilan taminlangan, teflon bilan qoplangan 100 mingta oynali plastmassa chodirlar bunyod etildi. Minoda, shuningdek, makhsus kasalkhonalar va tez tibbiy yordam markazlari ham tashkil etildi. Ammo Mino vodiysi hanuz haj mavsumining khavfsizlik eng beqaror bulgan hududi hisoblanadi. 700 ga yaqin ulimga sabab bulgna bu yilgi fojea ham shu erda ruy berdi.

 Hajning uchinchi kuni ziyoratchilar Jamarot kuprigiga kelib shaytonga qarata ettita tosh otishadi. Bu erda ilgari ham bir necha bor falokatli tiqilinchlar yuz bergan. Chunki Jamarot kuprigi hojilar eng kup yigiladigan joy hisoblanadi. Tiqilinchlarni kamaytirish maqsadida okhirgi yillarda Jamarot kuprigi besh qavatli qilib qurildi. Endi odamlar tosh otiladigan ustunlarga osonroq etib boradi. Odamlarning kelish va ketish yulaklari ham alohida-alohida qilib ajratilgan. Sunggi fojeada Jamarot kuprigiga olib keladigan ikki yulakdagi odamlar bir joyda tutashib, katta tiqilinchni yuzaga keltirgani aytilmoqda.

 

О нас

Яна маълумот

Madaniyat va sanat sohasida DKhSh asosida berilishi mumkin bulgan davlat mulki obektlari ruykhati tasdiqlandi

Madaniyat va sanat sohasida davlat-khususiy sheriklikni amalga oshirishga kumaklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari tugrisidagi hukumat qarori …