Главная / Madaniyat / Khayrli ishning garazli talqini

Khayrli ishning garazli talqini

khayrUzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimining 2015 yil 11 dekabrdagi qaroriga asosan Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Jurabek” jome masjidining yangi binosini bunyod etish ishlari boshlandi.

Allohga shukrki, yurtimizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarimiz kundan-kunga obod bulmoqda. Namozkhonlar bunday jome masjidlarda ibodatlarini khotirjam ado etayotganlaridan mamnunlar.

Darhaqiqat, ayni kunlarda Uzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi va hukumatimiz rahnamoligida birgina Toshkent shahridagi “Yakkasaroy”, “Avaykhon” va “Pul emas ota” jome masjidlarini yangidan barpo etish ishlari jadal davom etayotganini alohida takidlash zarur. Mana shunday bunyodkorlik ishlarining uzviy davomi sifatida,bu yil hamToshkent shahriYashnobod tumanida “Jurabek” jome masjidini yangidan qurish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur masjidni barpo etish uchun Toshkent shahar arkhitektura boshqarmasi tomonidan shaharsozlik meyorlari va qoidalariga muvofiq ravishda namunali loyihasi ishlab chiqildi.

Shu urinda afsus bilan aytish kerakki, yurtimizdagi mumin-musulmonlar ahilligini, ularga yaratilayotgan qulay sharoitlarni, barpo etilayotgan kurkam jomelarni kurolmaydigan galamis kimsalar har qanday kishining gashiga tegadigan gap-suzlarni yoyishmoqda. Nima emish, “Jurabek” jome masjidini falon boyvachcha yoki khorijdagi falonchi boy quryapti” degan mutlaqo asossiz khabarlar tarqatilmoqda. Bu gaplar asliyat va voqelikka butunlay mos kelmasligi shundoq kurinib turibdi. Chunki hamma kurib turibdi-ku, ushbu masjidni yangidan barpo etishga diniy idora tashabbus qilyapti, Toshkent shahar hokimiyati esa er ajratish ishlariga amaliy kumak va bunyodkorlik ishlariga moddiy yordam bermoqda. Shuningdek, bunday bunyodkorlik ishiga barcha mutasaddi tashkilotlar uz hissalarini qushmoqda. Qolaversa, azaliy qadriyatimiz bulgan hashar yuli bilan khalqimiz ham kumakchi bulayotir.

Galamis kimsalar shunday uydirma gaplar orqali mumin-musulmonlar orasida fitna urugini sochishga urinishmoqda. Bunday nobakor shakhslar asl voqelikni buzib talqin etib, khalqimiz orasida khato fikr paydo qilishga intilayotgani yaqqol sezilib turibdi.

Har bir mumin-musulmon kishi bunday yolgon-yashiqlarga, mish-mish gaplarga uchmasligi, fitnalardan ogoh bulishi darkor. Alloh taolo paygambarimiz Muhammad (alayhissalom)ni, jumladan, bizni ham nobakorlarning turli fitnalaridan bunday ogohlantiradi: “Ogoh bulingki, aynan ularning uzlari buzgunchilardir, lekin (buni uzlari) sezmaydilar” (Baqara, 12). Zero, kishilar urtasida fitna-fasod uruglarini sochish insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlardir.

Ommaviy akhborot vositalari orqali galamis kimsalar hamisha kishilar urtasiga nifoq solib, jamiyatning tinch hayotini parokanda qilishga intiladi. Fitna esa odamlarni qatl qilishdan ham ogir jinoyatdir.

Yurtimizda khukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni kurolmaydigan hasadguy kimsalar khalqimiz orasida norozilik kayfiyatini uygotish maqsadida, turli uydirmalarni fitna chiqarish ilinjida ommaviy akhborot vositalari orqali tarqatishga urinishadi.

Demak, shunday bunyodkorlik ishlarini kura-bila turib, boshqa tomonga burishga harakat qilish, haqiqatga zid, girt yolgon gaplarni tarqatish ayni galamislikdir. Oqni qora deyish, yolgon guvohlik berish dinimizda qattiq qoralanadi. Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “YOlgon guvohlik beruvchining ikki oyogi quzgalmay turib, Alloh unga duzakhni vojib qiladi”, deganlar (Ibn Moja, Hokim).

Ommaviy akhborot vositalari orqali garazli talqin etilgan khabarlarni berishdan oldin uzlari obdon uylab kurishsa, yakhshi bular edi. Chunki insonlar orasida tagi puch, uydirma gaplar tarqatib, ikkilanishlar paydo qilib, nizo chiqishiga sababchi bulish ogir gunohdir. Quroni karimda: “…Fitna qotillikdan ham ashaddiyroqdir…”, deb ochiq-oydin aytilgan.

Urni kelganda takidlash kerakki, bunday fitna chiqarishga uch kimsalar, mish-mish tarqatish orqali ham qandaydir manfaat topishni niyat qilishadi yoki fitnaning buyurtmachilaridan mumay pul olishni istashadi. Akhir, bunday fisqu fasod ishlar evaziga topilgan mablag bilan qorin tuygazish yoki oilasi, farzandlarini boqish uta johillik, pastkashlik va yaramaslik emasmi?

Darhaqiqat, mumin-musulmonlar doimo ogoh bulib, turli igvolarga uchmasdan, teran aql bilan atrofga nazar tashlashlari lozim. Ana shunda galamislar sodir etmoqchi bulgan fitnalarning ham oldi olinadi, inshoalloh.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …