Главная / Madaniyat / Khayrli ishlar davom etmoqda
<

Khayrli ishlar davom etmoqda

e49a766bb1c99ce6aa77a6d22b18368bKhalqimiz azaldan yoshi ulug insonlarni ezozlashni, keksalar holidan khabar olishni, yordamga muhtoj kimsalarga yordam qulini chuzishga odatlangan va bu asrlar davomida bebaho anana va qadryatlarimizga aylangan. Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan elon qilingan 2015 yil “Keksalarni ezozlash yili” da mazkur ezgu amallar yanada yuksalib bormoqda.

Malumot urnida aytish kerakki, hozirgi kunda mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 25 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8700 nafar 100 yoshdan oshgan mutabar otakhon va onakhonlar umrguzaronlik qilishmoqda. Ular bizning oltinga teng bulgan bebaho boyligimiz, manaviy ustunlarimizdir.

2015 yilni “Keksalarni ezozlash yili” deb elon qilinganidan beri utgan vaqt mobaynida yurtdoshlarimizning uz ota-onalariga, tabarruk keksalarga nisbatan bulgan izzat-ikromlari yuksalib borayotganiga guvoh bulmoqdamiz.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ham, uz yaqinlari, oilasi tomonidan ham qadrlanib, ardoqlanayotgan keksalarimiz qullari duoda bulib, yurtimizga tinchlik, farovonlik, khonadonlarimizga fayzu-baraka, dasturkhonlarimizga tukin-sochinlik tilashmoqda.

Khususan, poytakhtimizdagi “Shaykh Zayniddin” jome masjidi tomonidan “Keksalarni ezozlash yili” munosabati bilan muntazam ravishda qator tadbirlar, khayru ehsonlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yil 8 – 9 may kunlari “Khotira va qadrlash” kuniga bagishlab masjid atrofidagi “Islomobod”, “Oqilon”, “Bog kucha”, “Gulzor”, “Shofayz” mahallalarida istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq keksalar holidan khabar olindi. Mahalla fuqarolari yiginlari bilan hamkorlikda shukrona dasturkhoni yozildi. Unda yurtimiz tinchligi, hurriyat yulida qurbon bulgan yurtdoshlarimiz yodga olindi. Ular haqqiga duoi fotiha qilindi.

Bu kabi khayrli ishlarni davom ettirish barchamizga nasib etsin!

“Shaykh Zayniddin” jome masjidi matbuot bulimi

О нас

Яна маълумот

Islomda tijorat, savdogar va kharidor odobi. Rahmatulloh qori Sayfuddinov bilan suhbat

Islomda tijorat odobi qanday? Paygambarlar shugullangan sharafli kasb egalari nima uchun nafsini ustun quymoqda? Kharidor …