Главная / Jamiyat / Khayriddin Sultonov maktablarda hadis ilmi urgatilishi masalasiga javob berdi
<

Khayriddin Sultonov maktablarda hadis ilmi urgatilishi masalasiga javob berdi

Khalqaro Press-klubning Islom sivilizasiyasi markazidagi sessiyasida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – spichrayter Khayriddin Sultonov UzA mukhbirining maktablarda Imom al-Bukhoriy, At-Termiziy hadislari uqitilishi yuzasidan bergan savoliga javob qaytardi.

«Bizda maktab darslariga hadis, Quron ilmi kiritilmagan bulsa-da, odobnoma, manaviyat asoslari, Vatan tuygusi haqida, tarikh va jahon dinlari tarikhi darsliklarimiz bor. Ularning har birida ozmi-kupmi hadislar, din ulamolari va Islom dini haqida malumotlar bor. Gap uning miqdor, hajm jihatdan qancha bulishida emas. Biz utmishda yaratilgan merosning hammasini kur-kurona qabul qilishimiz kerak emas. Bu bugungi taraqqiyotimizga khizmat qiladimi-yuqmi?

zj43t4f7wxyf-z6eedj_1xaexz_l9fu7

Har bir asarlarga usha davrdagi hukmron siyosat tasir qilgan. Albatta, bundan kholi bulgan Quron va sahih hadislarimiz bor. Din yulida yaratilgan kitoblar juda murakkab masala. Unda kuplab oqimlar bor. Qancha-qancha sulton, amirlar din nomi bilan uldirilgan.

Misol uchun, Nodirabegim ham din niqobi bilan uldirilgan. Shuning uchun bu masalaga uta hassoslik bilan yondashishimiz kerak. Islomni yakhshi tushunish uchun ilm kerak, avvalo dinni urgatuvchilarning uzida ilm bulishi kerak. Besh yil arab tilini uqib, arab tilida uz biografiyasini yozib berolmaydiganlar bor. Dinni urganishga sabr toqati etadigan odamlar kerak. Shuning uchun yoppasiga har bir maktabda din darsini utish tugri kelmaydi. Bizga eng mos keladigan shior – «Diling Allohda, quling ishda bulsin». Hozir bizga umuman mos bulmagan qora kiyimlarga burkanishmoqda. Avvallari onalarimiz besh mahal namoz uqisa-da, qora matolarga burkanmagan-ku?!

Avvalo din yuragimizda, dilimizda bulishi lozim. Din kuz-kuz qilinmaydi. Yana bir gap, din bor va dindor bor. Din — uzgarmas haqiqatlar majmuasi. Ammo dindorga khato qilish, yanglishish khos. Shuning uchun dindorlar faqat tugri gapiradi, deb uylashimiz ham tugri emas. Qonunlarimizda vijdon erkinligi mustahkamlab quyilgan shuni hech qachon unutmasligimiz kerak. Islom sivilizasiyasi markazini biz din buyicha mutakhassislar etishsin, deb bunyod etmoqdamiz. Alohida iqtidorli bolalarni esa makhsus diniy bilim yurtlarda tarbiyalash maqsadga muvofiq», — deb Khayriddin Sultonovning suzlarini keltirmoqda UzA.

О нас

Яна маълумот

BPG-QxVAp4Vmca626OtLF2BXmuWOPSkq

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etayotgan bulsa-da, mintaqada uning pasayish surati sekinlashgan. Qashshoqlikning eng …