Главная / Jamiyat / «Khayriya yordamini olish tartibi, Khitoy elchisini yiglatgan holat va khalqlarni birlashtirayotgan koronavirus» – Elmira Bositkhonova bilan suhbat
<

«Khayriya yordamini olish tartibi, Khitoy elchisini yiglatgan holat va khalqlarni birlashtirayotgan koronavirus» – Elmira Bositkhonova bilan suhbat

Makhsus komissiya qaroriga kura 1 apreldan joriy qilingan yangi karantin tadbirlari doirasida yakka tartibdagi khayriya aksiyalari vaqtincha tukhtatildi.

Endilikda khayriya yordamlari markazlashgan holda amalga oshirilmoqda.

Kun.uz mazkur yangi tizim, khayriya qiluvchilar hamda khayriyaga muhtoj oilalar uchun uning ishlash mekhanizmlari haqida batafsil malumot olish maqsadida ushbu markazlashgan khayriya ishlari uchun bevosita javobgar organ – Mahalla va oilani qullab–quvvatlash vazirligi mutasaddisi bilan suhbat tashkil qildi.

Suhbatdoshimiz vazirning birinchi urinbosari, kup yillar Uzbekistonda khotin-qizlar qumitasi raisi sifatida ishlagan Elmira Bositkhonova.

«Khayriya aksiyalarini utkazishda bitta tizim yuqligi kurinib qoldi»

Vazir urinbosariga bergan dastlabki savolimiz yangi tizim buyicha khayriyaga muhtojlar ruykhati qanday shakllantirilayotgani borasida buldi.

Tugri, kupchilik khayriyalarni ochiq-oshkora qabul qilaverishi mumkin, lekin shunday odamlar ham borki, ular kimdandir yordam surashga iymanadi va buni kimgadir kursatishni ham istamaydi.

«Biz kurdik, hamma davlat uz bilganicha va uzi tushunganicha pandemiyaga qarshi kurashmoqda hamda shu sharoitda jabr kurayotganlarga yordam bermoqda», – deya suz boshladi Elmira Bositkhonova.

Uning aytishicha, okhirgi urganishlar karantinning eng muhim sharti – odamlar orasida muloqotlarni imkon qadar minimumga keltirish ekanligini kursatgan. Ammo, karantin davrida mahalla faollari, hokimiyat vakillari yoki volontyorlar tomonidan muhtoj oilalarga yordam etkazishda aynan mana shu qoidalar buzilishi eng kup kuzatilayotgan kamchilik hisoblanadi.

«Bu jarayonda bitta tizim yuqligi aniq kurinmoqda.

Yana bir etiborli jihat – khayriya mahsulotlari olishda siz aytganingizdek, qaysidir oila uzi shijoat kursatgan bulsa, yana ayrimlari chetda qolavergan.

Mana nega khayriya tadbirlarini tizimli tashkil qilish zarurati kun tartibiga chiqdi.

Bu tizimning birinchi urindagi vazifasi yordamga muhtoj oilani aniq topish. Markazlarga uchta yunalishda akhborot keladi.

Birinchi yunalish – biz tashkil qilgan koll-sentr raqamlari – 1197 orqali.

Ikkinchi yunalish – joylardagi haqiqiy ahvolni yakhshi biladigan mahalla faollarining haqiqiy, shaffof malumotlari.

Uchinchi yunalish – joylarga chiqayotgan volontyorlar malumotlari.

Biz khayriya mahsulotlarini etkazishda aynan mana shu yunalishlar orqali etib kelgan malumotlar orqali ishlaymiz», – dedi Bositkhonova.

«Karantin tugagach khayriya tadbirlari vazirlik tomonidan aniq tizimga solinadi»

Karantin tadbirlari doirasida khayriya aksiyalarini markazlashtirilishi uzini yuliga, lekin bu tizim bizda avvaldan muammo bulib kelgan. Yani, markazlashgan holda khayriya tashkil qilish tizimining uzi yuq edi. Khush, karantin tugaganidan keyin ham markaz uz faoliyatini davom ettiradimi yoki bu faqat karantin doirasidagi faoliyat bulib qoladimi?

Ushbu savolga Bositkhonovaning javobi quyidagicha buldi: «Biz har kuni izlanishdamiz. Karantin qancha davom etishini bilmaymiz. Har kuni tajriba orttiryapmiz, khulosalar qilamiz.

Khudo khohlasa, Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi karantin tugaganidan keyin bu boradagi ishlarni ham aniq belgilab oladi».

«Khayriya aksiyalarini utkazishda turli fondlar yordami katta bulyapti»

Muhtoj oilalarga yuborilayotgan khayriya mahsulotlarning barchasini bir khil mahsulotlar tashkil qiladi.

Savol tugiladi:har kimda ehtiyojlar turlicha. Masalan, kimgadir kartoshka, kimgadir gusht va yana kimgadir sogligi uchun dori etishmaydi.

Khush, aholining bu boradagi ehtiyojlari qanday aniqlanadi.

«Ikki kun ichida bizni qiladigan khatti-harakatlarimiz vaziyatga qarab uzgardi. Masalan, telefon qungiroqlari orqali ham ayrim fuqarolar uziga kerakli dorilarni surashmoqda. Shundan kelib chiqib, buning ham echim yullari belgilandi», deydi vazir urinbosari.

Unga kura, khayriya aksiyasiga «Soglom avlod uchun» fondi vakillarini ham taklif qildik.

«Khayriya aksiyalarini utkazishda turli fondlar yordami katta bulyapti.

Biz «Soglom avlod uchun» fondning juda katta miqdordagi dori-darmonlaridan (reseptsiz beriladigan dorilar) foydalanyapmiz. Bundan tashqari, bizga Dori-darmon tashkiloti ham homiy sifatida katta yordam bermoqda», – dedi u.

«Volontyorlarning tibbiy nuqtai nazardan malumoti etarli»

Khayriya aksiyasidan tushgan mahsulotlarni aholi khonadonlariga etkazishda volontyorlar khizmatidan foydalanilmoqda. Khush, bu borada volontyorlar khavfsizligi qanchalik uylagan? Vazirlik khavfsizlik talablarini qay darajada hisobga olmoqda?

Bositkhonovaga kura, volontyorlarning tibbiy nuqtai nazardan malumoti etarli va ularni saralab olishda mana shu jihatga alohida etibor qaratilmoqda.

«Ularda tushuncha bor. Volontyorlar hattoki aholiga karatin talablarini urgatishda bizga katta yordam bermoqda. Joylarga chiqib kelayotgan volontyorlarimizning aytishicha, ayrim mahallalarda karantin davrida maktablarga bormayotgan bolalar yigilib futbol uynayotgan holatlar ham bor ekan. Volontyorlarimiz ularga holatni tushuntirib, uylariga kiritib yuborishgan.

Bu nimadan dalolat? – Bu ularda ijtimoiy masuliyat yuqori ekanligidan dalolat», dedi u.

Suhbatdoshimizning aytishicha, volontyorlar tomonidan khayriya mahsulotlarini aholiga etkazishda aniq qoidalarga amal qilinmoqda.

Yani, qoidaga kura, olib borilgan mahsulot aholi uylariga tarqatilayotganda mahalla vakillari belgilangan masofadan yaqinlashmaydi. Mahsulotlarni makhsus kiyimlardagi volontyorlar yordamga muhtoj oila vakillariga uzatishadi.

«Mahalla vakillari volontyorlarga faqat khayriyaga muhtoj oilalarning uyinigina kursatib beradi. Oila mahsulotni qabul qilib olgach u ruykhatga olinadi.

Uylaymanki, bu tizim va shu kabi hamkorlik bilan biz koronavirusdek aqlli dushman ustidan albatta galaba qozonamiz», – dedi Bositkhonova.

«Pandemiya sharoitida mehr-oqibat. Vatanparvarlik tuygularini yanada mustahkamlashimiz mumkin»

Virus nafaqat uzbek khalqi, balki butun dunyo khalqlarini yanada jipslashtirayotgandek.

Elmira Bositkhonova bu boradagi fikrimizni maqullar ekan, buni birinchi bor yanvar oyida Khitoy Khalq Respublikasining Uzbekistondagi Favqulodda va mukhtor elchisi Szyan Yan khonim bilan gaplashganda his qilganini hikoya qildi.

«Elchi khonim usha paytda Khitoyda infeksiya tarqala boshlagani va Khitoy khalqi unga qarshi jipslashayotganini menga aytgandi. Elchi shu gaplarni aytayotganda uning kuzlarida yosh paydo buldi. Buni men Szyan Yanning vatanparvarlik tuygusi deb tushundim.

Aytmoqchi bulganim, biz mana shunday vaziyatda bu kabi tuygularni yanada mustahkamlashimiz mumkin.

Keyinchalik pandemiya bizga ham kirib keldi va biz ham Khitoy elchisi his qilgan tuygularni his qildik.

Biz ham vatanimizni yakhshi kuramiz va farzandlarimiz uchun birgalikda harakat qilamiz».

«Tarjimadagi khato tufayli meni tanqid qilishdi».

2 aprel kuniElmira Bositkhonova koronavirus infeksiyasi buyicha mavjud holat va uni keng tarqalishini oldini olish buyicha qilinayotgan ishlarga bagishlangan brifingda qatnashgan edi.

Brifingdan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi bir qancha foydalanuvchilar vazir urinbosarini tanqid qila boshlashdi. Unga kura, Bositkhonova sunggi 5 kunda volontyorlar ustidan 500ga yaqin shikoyat kelib tushgani haqida gapirgan.

Khush, Bositkhonova haqiqatda shunday fikrlarni aytganmidi va agar vazirlikka shu kabi etirozlar kelib tushgan bulsa, volontyorlarga qandaydir choralar qullanganmi?

Elmira Bositkhonovaga navbatdagi savolimiz shu mazmunda buldi.

«Avvalo, brifing uzbek tilida bulganini eslatmoqchiman. Va eshitgan bulsangiz, bunday fikr u erda umuman yuq edi.

Menda volontyorlar faoliyatini raqamlar buyicha baholashga vakolat yuq, chunki menda aniq raqamlar buyicha tahlilning uzi yuq.

Brifingda suzimni birinchi navbatda uz ishiga masuliyat bilan yondashayotgan volontyorlarga minnatdorchilik bildirishdan boshladim.

Keyin jarayondagi khatolarimiz va ularni tugrilash uchun qilinishi kerak bulgan ishlar haqidagi fikrlarga utdim.

Volontyorlar haqidagi fikrlarim minnatdorchilikdan keyin tukhtagan.

Uzim ham 2013 yilda qizlar urtasida soglom-turmush tarzini targib qilish buyicha volontyorlik harakatini boshlash haqida uylaganman. Ular hech qanday mablagsiz, qiyin jarayonlarda jonbozlik kursatishadi.

Bu gaplar tarjimadagi khato hisobiga bulgan va shuning uchun meni khato tanqid qilishdi», – dedi suhbatdoshimiz savolimizga javoban.

«Oilaviy yotoqkhonalarda yashaydigan oilalarning deyarli barchasi ehtiyojmand»

Khayriya sifatida berilgan mahsulotni har kim turli muddatda istemol qiladi. Masalan, qaysidir oila berilgan mahsulotlarni 4-5 kunda va yana qaysidir oila 10-15 kunda. Bunda birinchi toifadagi oilalar yana yordam surashi mumkinmi? Bu borada ishlar qanday tizimlashtiriladi?

Elmira Bositkhonovadan uzimizni qiziqtirgan ana shu savol buyicha fikrini suradik.

Uning aytishicha, bu hozir aniq mekhanizmga solinayotgan jarayon hisoblanadi.

«Bu boradagi khatolarimizni kamaytirishning birinchi sharti – bugun olingan akhborotlar tumanlar kesimida tahlil qilinadi va bugunni uzida emas, ertasi kuni etkaziladi.

Ungacha biz bitta mahalladagi jarayonni tuliq urganib chiqamiz.

Bunda usha tuman mahallalaridagi holatni yakhshi biladigan oqsoqollar va ularning urinbosarlari bilan muloqot qilinadi. Shu muloqot natijasida ertangi ruykhat tula tozalanib quyiladi.

Biz bugungi natijalardan kelib chiqib, ertangi rejalarni ham tuzib olyapmiz. Masalan, Toshkentda oilaviy yotoqkhonalar bor. Biz ana shu yotoqkhonalardagi turtta oilalarga yordam olib borganimizda qolganlari etiroz bildrishdi.

Shundan khulosa qildikki, yotoqkhonalarda yashaydigan oilalarning barchasi ehtiyojmand. Shundan kelib chiqib biz ikki kundan keyin butun yotoqkhonaga khayriya mahsulotlarini olib bordik.

Kuryapsizki, ish davomida ham yangi rejalarni qilib olyapmiz», deydi vazir urinbosari.

«Homiy uz yordamini qaerga va kimga borayotganiga aniqlik kiritmoqchi bulsa unga har bosqichni kurish imkoniyati yaratilgan».

Khayriya qiluvchi, savobtalab insonlar uzi khayriya qilayotgan mahsulotlarni haqiqiy egalariga etib borishini qanday nazorat qilishi mumkin? Elmira Bositkhonova javobi kupchilikni qiziqtiradigan ushbu savol yuzasidan uz fikrlarini bildirdi.

Uning aytishicha, khayriya qiluvchilar uz khayriyalarini markazga olib kelib berishi bu – zanjirning bir qismi hisoblanadi.

«Bizda ehtiyojmandlarni qabul qiladigan va yordamlarni qabul qiladigan alohida yunalishlar bor.

Homiy uz yordamini qaerga va kimga borayotganiga aniqlik kiritmoqchi bulsa unga har bosqichni kurish imkoniyati yaratilgan», – dedi Bositkhonova.

«Mahalla raislarini jinoiy javobgarlikka tortilish holatlari kupaygani, ajratilgan pul mablaglari tugri taqsimlanmagani yangi tizimga nisbatan ham ishonchsizlik paydo qilmoqda»

Volontyorlar ishi Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligiga utgani ijtimoy tarmoqlarda kupgina foydalanuvchilar tomonidan biroz keskin fikrlar bilan kutib olindi.

Vazir urinbosariga suhbat davomida bergan sunggi savolimiz bu etirozlar nima sabadan ekani borasida buldi.

Bositkhonova bu holatning sababini okhirgi vaqtlarda mahalla raislarini jinoiy javobgarlikka tortilish holatlari kupaygani, ajratilgan pul mablaglari tugri taqsimlamagani va shuni oqibatida ularga nisbatan ishonchni yuqolganida, deya javob berdi.

«Mana shu ishonchning yuqolgani boshlanayotgan yangi tizimga ham tasir qilgandir. Lekin bugungi shaffof jarayonlar mana shu ishonchsizlikni tarqatib yuboradi deb uylayman.

Bu vazirlikka uziga hos bosim ham yuklaydi va uylaymanki bugun hamma uziga odatdagidan kura kuproq bosim olishga kunikishi kerak», dedi Elmira Bositkhonova.

О нас

Яна маълумот

jV-jWyKWhY3R86LxSr9qbcB1_zRh8T5

Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi

Foto: KUN.UZ Uzbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi. …