Главная / Jahon / Haftar armiyasi Liviyaga yaqinlashuvchi turk kemalariga hujum qilishga buyruq oldi
<

Haftar armiyasi Liviyaga yaqinlashuvchi turk kemalariga hujum qilishga buyruq oldi

Liviya milliy armiyasi harbiylari Tripoliga uchuvchi turk fuqarolik samolyotlari uchun osmonni yopishni va Liviya sohillariga yaqinlashuvchi turk kemalariga hujum qilishga buyruq oldi. Bu haqda milliy armiya rasmiy vakili Ahmad al-Mismariy malum qildi.

Al-Mismariy matbuot-anjumanda turk harbiylarini Tripoli uchun janglarda Fayoz Sarroj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati tomonda ishtirok etayotganlikda ayblagan. Uning aytishicha, turk uchuvchisiz qurilmalari Garyan shahrini egallashda qullangan.

dy8rkleyvvy7iatulgtihbsmyyfyfjvp

“Liviya armiyasi marshali Halifa Haftar harbiy-havo kuchlari shtabi qumondonligiga Turkiyadan kelayotgan kemalarga Liviya suv hududlariga kirishi bilan hujum qilishni buyurdi”, deb aytgan al-Mismariy.

Shuningdek, Tripoliga parvoz qilayotgan turk fuqarolik samolyotlari uchun Liviya osmonini yopish buyurilgan hamda Liviya samolyotlariga Turkiyaga uchish taqiqlangan.

Haftar kuchlari 28 iyunda Tripoli atrofida milliy kelishuv hukumatini qullab-quvvatlovchi kuchlar dronini urib tushirdi. Milliy armiya shtabida dron Turkiyada ishlab chiqarilgani malum qilingan.

27 iyunda Sarroj boshchiligidagi kuchlar Garyan shahrini Haftar kuchlaridan tortib olgan. Shahar milliy armiya kuchlari tomonidan aprelda egallangandi.

О нас

Яна маълумот

Qoraqalpogistonda yuz bergan yongin oqibatida 5 yoshli qiz halok buldi

2019 yilning 21 noyabr kuni soat 22:28da Qoraqalpogiston Respublikasi Qungirot tumani “Talliq” MFY Seytjanov kuchasida …