Главная / Madaniyat / Hadislarni tugri tushunish uchun zarur omillar
<

Hadislarni tugri tushunish uchun zarur omillar

hadisMarkaziy Osiyo dunyoga kuplab allomalarni etishtirib chiqargan mintaqadir. Undan barcha ilm sohalarida, shuningdek, diniy bilimlar buyicha kuplab ulamolar chiqqan. Ular ilmiy-marifiy faoliyatlari bilan uz davrlarida jaholat, ilmsizlik, adolatsizlik va fitnalarga qarshi muntazam kurashib kelganlar.
Musulmon khalqlari hayotida Paygambar (alayhissalom) hadislari muhim urin tutadi. Islom dini Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqishi bilan hadislar khalq orasida keng tarqaldi va maqol, hikmatli suz urnida ham doimiy muomalaga kirib ketdi. Ammo sahih hadislar bilan bir qatorda sokhta hadislar ham paydo buldiki, bu bir tomondan islom dini sof talimotining buzilishiga olib kelgan bulsa, ikkinchi tomondan hadislarning khalq orasida naqadar yuqori mavqega ega bulganini kursatdi. Turli guruh va shakhslar uz manfaatlariga khizmat qiluvchi goyalarni hadislar orqali boshqalarga etkazishga urinishlariga sabab musulmon aholi orasida hadis uzga oddiy suzdan kura kuproq tinglanar va qabul qilinar edi.
IX asrga kelib Imom Bukhoriy, Muslim, Termiziy kabi muhaddislar tomonidan ishonchli, sahih hadislarning tuqima va zaiflaridan ajratib berilishi islom niqobi ostida turli buzgunchi goyalar tarqalishiga keskin zarba berdi. Ammo din nomidan garazli maqsadlarini amalga oshirishga intiluvchi kuchlar bu bilan uz faoliyatlarini tukhtatmadilar. Endi ular maqsadga erishishda «sahih hadislar»ni uzlariga qurol qilib olishga kirishdilar. Buning uchun hadis matnini buzish yoki yangilarini tuqish emas, balki mavjudlarini uz manfaatlariga mos tarzda talqin etish va shuningdek, ayrim ularning fikriga zid bulgan hadislarni zaif va ishonchsizga chiqarish yuliga utdilar. Bu kabi salbiy holatlar ham hadis ilmi olimlari etiboridan chetda qolmadi. Buning oldini olish uchun ular hadislarni tugri tushunish va talqin etish shartlarini asoslab berdilar.
Hadislarni tugri tushunish va talqin etish uchun zarur bulgan asosiy shartlardan biri sifatida arab tilini yakhshi bilish sanaladi. Zero inson gapirganda tilning barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiladi. Maqol, hikmatli suz, frazeologik iboralarni ishlatmay turib maqsadni tasirli ifodalab bulmaydi. Hadislarni urganish natijasida Paygambar (alayhissalom) ham gapirganda arab tilining imkoniyatlardan naqadar keng foydalanganliklari malum buladi.
Bir tildan boshqasiga suzma-suz tarjima qilganda aytuvchining maqsadini tugri ifodalab bulmaydigan iboralarni ajrata olish uchun kishi usha tildagi mazkur iboralarning etimologiyasi, ishlatilish urinlari va manolarini bilishi talab etiladi. Khususan, hadislarni tugri anglash uchun muhaddis arab tili grammatikasi, yani «sarf», «nahv» ilmlarini va u bilan bevosita bogliq bulgan «balogat», «fasohat» ilmlarini ham uzlashtirgan bulishi lozim. Paygambar (alayhissalom) Quraysh qabilasidan ekanliklarini ham nazardan chetda qoldirib bulmaydi. Bu lahjaning boshqa arab qabilalarinikidan farqli jihatlari bor edi.
Arabiston yarim orolidagi markaziy shaharlardan biri bulgan Makkaga khos Quraysh lahjasi ancha mukammal va «fasih» (adabiy) hisoblangan. Bu esa hadis matnining shakllanishida uz tasirini utkazmasligi mumkin emasdi. Shuningdek, «balogat» va «fasohat»li Quron oyatlari ham Paygambar (alayhissalom)ga ilhomlanish manbai bulgan. Chunki hadislar islom dinining Qurondan keyingi ikkinchi asosiy manbasi bulib qolishi ham bejiz emas edi. Shundan kelib chiqqan holda, kam suzli, ammo sermano hadislarni, ulardan olinadigan khulosa, pand-nasihat va ibratlardan iborat hadislarni tuliq tushunish va uzlashtirish uchun arab tili, uning balogat va fasohatini mukammal urganish lozim buladi.
Hadislarni Quron oyatlariga muvofiq urganish hadislarni tugri tushunish uchun kerak bulgan yana bir omildir. Quron islom dinining birlamchi muqaddas manbasi va unda bu dinning asosiy talimot va qoidalari berilgan. Hadislar ham mantiqan Quroni karim talimotiga zid bulishi mumkin emas. Hadislar Quroni karimning sharhi, tafsiloti bulgani uchun ham ularni Quron talimoti bilan qiyoslab urganish lozim buladi.
Hadislar orasida bazan Quron talimotiga mos kelmaydiganlari ham uchrab qoladi. Bu esa ularning tuqilgan va sokhta ekanini kursatadi. Bazan esa ishonchli hadislar orasida ham kurinishidan Quron talimotiga guyo zid hadislar ham chiqishi mumkin. Bu holatda hadisning sharhini urganib chiqish lozim buladi. Masalan: Imom Bukhoriy rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Abu Umoma Bohiliy (r.a.) omochga qarab turib deganlar: “Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning: “Mana shu narsa qaysi bir qavmning uyiga kirsa, albatta, Alloh taolo usha uyga khorlikni kiritadi”, deganlarini eshitdim”. Zohiran bu hadisda dehqonchilik ishlaridan qaytarish, unga targib qilmaslik manosi bordek kurinadi. Ammo islom talimotiga kura, khususan hadislarda dehqonchilikka, bogdorchilikka, umri okhiriga etgan kishi ham bir dona bulsa-da, darakht ekib ketishiga, kelajak avlod uchun rizq-ruz qoldirishga targib etiladi. Buni quyidagi hadislarda kurish mumkin.
Imom Bukhoriy, Imom Muslim va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan sahih hadisda Paygambar (alayhissalom): “Qaysi bir musulmon biror ekin eksa yoki mevali darakht utqazsa-yu, ulardan qushlar, odamlar yoki hayvonlar esa, bu uning uchun sadaqa hukmida buladi”, deganlar.
Imom Ahmad “Musnad” asarida Anas ibn Molikdan rivoyat qilgan hadisda aytiladi: «Sizlardan birortangizning qulida bir dona khurmo kuchati bulgan holda qiyomat qoim bulib qolsa ham uni ekib quysin».
Islom tarikhiga nazar tashlasak, Paygambar alayhis-salom biror kishini dehqonchilikdan, omoch ishlatishdan qaytarmaganlar. Madina ahli doimo bogdorchilik va dehqonchilik bilan shugullangan. Hadis va fiqhga oid kitoblarda ham dehqonchilik, ziroatchilik haqida alohida boblar ajratilgan, quriq erlarni uzlashtirganga savob va imtiyozlar haqida suz boradi.
Yuqoridagi hadislardan kelib chiqib aytish mumkinki, islom dini insonlarni dehqonchilikdan qaytarmagan va “omoch kirgan uyga khorlik kiradi” manosidagi hadisning sharhini ishonchli manbalardan olish lozim buladi. Imom Bukhoriy bu hadisni «Ziroat asboblari bilan ovora bulib qolish yoki unga haddan tashqari berilish oqibatlaridan ogohlantirish» bobida keltirgan ekan. Bobning nomidan ham kurinib turibdiki, bu hadis orqali omochga yopishib olib, boshqa narsalar, khususan dushman bostirib kelganda Vatan himoyasiga chiqmay bahona qilgan kishiga nisbatan aytilgan bulib, unda dushmandan engilib, khorlikka mahkum bulishdan ogohlantirilgan. Shuningdek, ilm olish kabi boshqa zaruriy ishlar turganida dehqonchilikni bahona qilish nourin ekani nazarda tutilgan. Yana boshqa bir hadisda bu suz kengroq sharhlanadi: “Rasululloh (s.a.v): “Bu narsani, unga uzgalar muhtoj bulib turgan paytda, qaysi qavm (qizganib dalasidan) uyiga olib kirib quysa, albatta usha qavmning uyiga khorlik kiradi”, deb marhamat qilganlar”.
Hadislarning sabab va maqsadlarini chuqur tushunib etish ularni tugri talqin etish uchun zaruriy omillardan hisoblanadi. Bazi hadisi shariflarning aytilish sababi va uziga khos kuzlangan maqsadlari bor. Ayrimlarida malum bir shakhsga, zamonga, makonga, shart-sharoitga oid bulgan muammolar aytib utilgan buladi. Shu kabi sabablarga kura hadislarni tugri tushunish uchun etarli ilm, qunt, sabot, shariy hukmlarni tushuna olish, islom dini talimotlarini yakhshi uzlashtirgan bulish zarur. Bu esa hadisi shariflarda kelgan kursatmalarning umumiy, khususiy, vaqtincha, doimiy, juziy va kulliy (mutlaq) ekanini yakhshi anglab olish va idrok qilishga yordam beradi.
Bazan “odamlar hozirgi kunda issiq suvda tahorat qilmoqdalar, holbuki Paygambarimiz sovuq suvda tahorat olganlar”, deb qishda ham sovuq suvda tahorat qilib, kasal orttirib olish holatlarini kuzatish mumkin. Ammo bu ham hadisning sirtini ushlab, uning mohiyatini tushunmaslikning bir kurinishidir.
Imom Bukhoriy, Imom Nasoiy, Imom Shofiiylar Oisha onamizdan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh: “Misvok ogizni tozalovchi va Rabbni rozi qiluvchidir”, – deganlar. Ochiq-oydin kurinib turibdiki, hadisdan asosiy maqsad ogizni toza tutishga qiziqtirishdir. “Misvok” deganda kuproq «Arok» deb ataluvchi darakhtdan olingan yogoch tushuniladi. Agar hadisning lafziga asoslanadigan bulsak, dunyodagi barcha musulmonlarga Arok darakhti yogochidan misvok etkazib berib turish kerak buladi. Bazi kishilar shunday tushunadilar ham. Hanafiy mazhabiga kura ogizni tozalashi mumkin bulgan latta yoki panja kabi har qanday narsa bilan misvok qilish mumkin. Demak, bu hadisning mohiyatiga kura, zamon utishi bilan paydo bulgan yangi tish tozalash vositalarini ishlatish ham ayni muddaodir.
Khulosa qilib aytish mumkinki, hadis ilmiga oid mazkur jihatlarni mukammal bilmay turib hadislardan uzboshimchalik bilan khulosa qilish, nimanidir halol yoki haromga chiqarish, kimnidir kofir yoki gunohkorga chiqarish tugri bulmaydi. Zero, qoidaga kura, hadisdan din ilmlarini yakhshi bilgan mujtahid hukm chiqarishi maqbul ish hisoblanadi. Hadisning bu jihatlarini bilish hadislarni oson va tugri tushunishga yordam beradi.

О нас

Яна маълумот

tabrikot

Ramazon sharafiga Tabrikotlar

Bugun Uraza Bayram, Bizni quzgatish bayrami keldi. Zakot kambagallarga eshitiladi Hammalari dam olish uchun utirishdi.Yulingiz …