Главная / Siyosat / Gulnora Karimovaning 10 mln dollarlik aktivi Uzbekistonga qaytarildi
<

Gulnora Karimovaning 10 mln dollarlik aktivi Uzbekistonga qaytarildi

Adliya vazirligi chet elga noqonuniy olib chiqilgan aktivlar Uzbekistonga qaytarilayotgani tugrisida malumot berdi. Khususan, Gulnora Karimova jinoiy yul bilan orttirgan 10 mln dollarlik aktivlari Fransiyadan Uzbekistonga qaytarilgan.

Foto: Valeriy Levitin/RIA «Novosti»

Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yul bilan orttirilgan mulklarni Uzbekistonga qaytarish buyicha olib borilgan say-harakatlar natijasida joriy yilning 14 may kuni Fransiyadan 10 million AQSh dollari miqdoridagi aktivlar Uzbekistonga qaytarildi.

Adliya vazirligi matbuot khizmati khabarida aytilishicha, mazkur mablaglar Uzbekiston davlat byudjetiga utkazib berildi va umumiy tartibda ishlatiladi.

Qayd etilishicha, mulklarni qaytarish buyicha barcha muzokaralar va tadbirlar rasmiy darajada Uzbekiston qonunchiligi va khalqaro huquq normalariga muvofiq olib borilmoqda.

Khususan, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan Uzbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yul bilan orttirilgan 1,3 mlrd AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish buyicha Shveysariya, AQSh, Fransiya, Rossiya Federasiyasi va boshqa davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

«Mazkur mulklar khorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan hibsga olinganligi munosabati bilan, ular Gulnora Karimova (uning oila azolari)ning tasarrufida emas. Shu bois, muqaddam ayrim OAVlarda khabar berilganidek, Uzbekistonga mulklar va mablaglar bevosita G. Karimova yokhud boshqa alohida shakhslar tomonidan qaytarilishi mumkinligi haqidagi mulohazalar haqiqatga tugri kelmasligi yana bir bor takidlanadi», deyiladi vazirlik khabarida.

Adliya vazirligi aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning umuman urni yuq ekanini mart oyida ham malum qilgandi.

Bundan tashqari, Bosh prokuratura Shveysariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilingan holda Gulnora Karimovaning Jeneva shahrida joylashgan villasida utkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va khatlangan 70 turdagi sanat ashyolari (kartinalar, amaliy sanat va hunarmandchilik asarlari va hokazolar)ning Uzbekistonga qaytarilishi buyicha ishlar olib borilayotganini bildirgan.

Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma azolariga nisbatan jinoyat ishini kurib chiqish buyicha sud jarayoni 2020 yil 18 mart kuni nihoyasiga etgan bulib, u 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Qolgan sudlanuvchilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning ogirlilik va ijtimoiy khavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, tegishli jazolar tayinlandi.

Oldin kurilgan jinoiy ishlar, shuningdek, sunggi jinoiy ish doirasida etkazilgan zarar miqdori 3,8 trillion sum va 165 million dollarni tashkil etgan.

О нас

Яна маълумот

bpRVs

Qirgiziston Rishton-Sukh yulini EOII tufayli yopgan. Uzbekiston yulni qisqa muddatda ochish masalasini quydi

1 iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripovning Fargona viloyati Sukh tumanida mahalliy aholi bilan utkazgan …