Главная / Jamiyat / Gulnora Karimovaning millionlari kimga nasib etadi?
<

Gulnora Karimovaning millionlari kimga nasib etadi?

01

Shveysariya hukumati Uzbekiston marhum prezidentining qizi Gulnora Karimovaga tegishli 800 million frankni uzida saqlashni istamayapti. Pullarni Uzbekistonga qaytarishga ham shoshmayapti.

«Shveysariya noqonuniy yul bilan topilgan boylikni uzida saqlab turishdan manfaatdor emas», deb javob berdi DW’ning  Uzbekiston marhum prezidentining qizi Gulnora Karimovaga tegishli 800 million shveysariya frankiga yaqin aktivlarga nima bulishi haqidagi savoliga Shveysariya TIV.

Gulnora Karimovaning uzi anchadan buyon Uzbekistonda panjara ortida bulib, bu borada aniq malumotlar kam. Shu bilan birga, Evropada Karimova ishi hali-beri yakunlanmaydi, chunki asosiy masala – uning Shveysariyadagi aktivlarini nima qilish kerakligiga javob topish lozim.

Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga  2012 yilda etibor qaratgandi. Avvaliga uning yordamchisiga nisbatan jinoiy ish quzgatilgandi.

Keyinroq Gulnoraning uzi, uning sobiq turmush urtogi va yana ikki nafar khodimasi tergov ostiga tushdi. Tergov khorij telekommunikasiya kompaniyalarining uzbek bozoriga kirish huquqini olish uchun pora sifatida bergan mablaglari Shveysariyadagi Gulnora bilan bogliq hisob raqamlariga kelib tushgan degan khulosaga keldi. Karimovaning Shveysariyadagi mablagi, mulki va qimmatbaho buyumlariga taqiq quyildi.

2018 yilda jinoiy ish buyicha oldinga siljish buldi: may oyida Shveysariya prokuraturasi Karimovaning sobiq eri va khodimalaridan biriga nisbatan jazo qarori chiqardi. Ular ikkisi ham Uzbekiston fuqarosi bulib, iqtisodiy jinoyatlari uchun Uzbekistonda uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilishgan. 2016 yil okhirida Uzbekistonga kelgan shveysariyalik tergovchilarning tergovlaridan sung mahkumlar Shveysariyadagi uzlari bilan bogliq ishlar tezlashtirilgan tartibda kurib chiqilishiga rozi bulishdi hamda sudga qadar Shveysariya  banklaridagi qariyb 700 million frank mablaglari musodara qilinishiga rukhsat berishdi.

Gulnora Karimovaning jenevalik advokati Greguar Manja bu qarorga norozilik bildirdi. U uz bayonotlarida mahkumlar uzlarining Uzbekistondagi kelajagi musodara qilingan pullarning vatanga qaytarilishiga bogliqligidan kelib chiqib iqrorlik kursatmasi berishganini bildirdi.

Ammo 2018 yil yozida Shveysariya federal jinoiy sudining kassasion kollegiyasi advokatning shikoyatini rad etdi. Endilikda, Shveysariya prokuraturasining DW’ga bildirishicha, jinoiy ishni mantiqiy yakuniga etkazish uchun sud kollegiyasining qolgan turt ayblanuvchiga nisbatan qarorini kutish kerak buladi.

Ish rasman yopilmagan bulsa-da, Shveysariya pullarni Uzbekistonga qaytarishga tayyorgarlik kura boshladi. Bu mamlakatning tashqi siyosat tamoyili – noqonuniy yul bilan topilgan mablaglarni kelib chiqish mamlakatiga topshirish tamoyiliga mos keladi, deya izoh berdi TIV.

«Keyingi uttiz yil davomida Shveysariya ikki milliard dollardan ortiq pulni qaytargan – bu boshqa har qanday davlat qaytargan mablagdan kuproqdir. Ammo hozirda qaytarilishi lozim bulgan boylik bilan qanday ish tutish kerakligiga baho berishga hali erta», deyiladi Shveysariya TIV bayonotida.

Ammo Gulnora Karimovaga tegishli pullar kimga nasib etadi?

Masalan, bu pullarga nemislarning 2000-yillar okhirida Toshkentda muhtasham Forumlar saroyini qurgan kichik va urta korkhonalaridan iborat butun boshli guruhi davogarlik qilmoqda. Buyurtma rasman Shveysariyada ruykhatdan utgan Zeromax kompaniyasi topshirigiga asosan bajarilgan bulsa-da, uning ortida, aftidan, Karimova turgan. Kompaniya 2010 yilda bankrotga uchrab, uzidan 5 milliard Shveysariya frankidan kam bulmagan miqdorda qarz qoldirgan.

Kreditorlarning Gulnora Karimova va uning sheriklaridan olib quyilgan mablaglardan kompensasiya olish imkoniyatlari juda kam – chunki Karimova bankrotga uchragan kompaniya bilan aloqasi bulganini rad etmoqda, Uzbekiston hukumati esa uning bankrotga uchrashini davlat javob bermaydigan khususiy holat sifatida baholamoqda.

Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasi kreditorlardan biriga tayanib yozishicha, ular 2019 yil yanvarida Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Berlinga bulajak davlat tashrifidan umid qilishmoqda. Ilgari Germaniya hukumati bir necha yil davomida Toshkentning tadbirkorlardan qarzdorligi masalasini bir necha marta kutargan, ammo bu muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Shveysariyaning strategiyasiga kura, korrupsion pullar «kelib chiqish mamlakati khalqiga berilishi, noqonuniy kanallar orqali qaytadan chiqib ketmasligi darkor». Shveysariyada bu borada tegishlicha tajriba bor. 2009 yilda Qozogistonga 115 million frank miqdoridagi korrupsion pullarni qaytarish uchun Qozogistondagi kam taminlangan oilalarga yordam berishi kuzlangan «Bota» makhsus khayriya jamgarmasi tashkil etilgan. Mablaglar taqsimlanishini tashqaridan Jahon banki kuzatib turgan.

Tugri, ushanda qoidabuzarliklar ham qayd etilgan. Bu qator uzbek huquq himoyachilarining Uzbekistonda ham ana shunday jamgarma tashkil etilishiga qarshi chiqishayotganining sabablaridan biridir. Khorijda yashaydigan uzbeklar guruhi Shveysariyani Toshkent bilan muzokaralarda Karimovaning noqonuniy pullarini qaytarish masalasida shaffoflikni taminlashga chaqirdi.

Uning Shveysariyadagi mablaglari qanchalik samarali sarflanishi boshqa Garb davlatlarining «Gulnoraning pullarini» Uzbekistonga qaytarish borasidagi qarorlariga bogliq buladi. Shveysariyaning tergov utkazishi boshqa davlatlarda ham ana shunday jarayonlar boshlanishiga turtki buldi. Niderlandiya, Shvesiya hamda AQShda Karimovaga pora bergan telekommunikasiya kompaniyalariga nisbatan allaqachon ayblov hukmlari elon qilingan.

Bu ishlar doirasida turli aktivlar musodara qilinishi mumkin. Gap Shveysariya banklaridagi mablagdan anchagina kam miqdor haqida bormoqda, ammo ular ham uziga yarasha ahamiyatga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada Gulnora Karimovaga qarshi jinoiy surishtiruv doirasida 2018 yil oktyabrda unga tegishli bulgan uchta kuchmas mulk obekti va boshqa aktivlarga taqiq quyilgan.

О нас

Яна маълумот

qcExCbuCfcfGBJhWOW-X1beLRUotTAbT

Pulat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini ochiqladi

Uzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Pulat Bobojonov “Uzbekiston 24” telekanaliga Jasliq koloniyasi tugatilishi haqida intervyu …