Главная / Media / Global iqtisodiyotdagi silkinishlarning Uzbekistonga tasiri qanday buladi? – Ekspertlar fikri
<

Global iqtisodiyotdagi silkinishlarning Uzbekistonga tasiri qanday buladi? – Ekspertlar fikri

Koronavirus pandemiyasi oqibatida dunyo iqtisodiyotida yuzaga keladigan silkinishlar Uzbekiston iqtisodiyotiga qanday tasir qiladi? Kun.uz mukhbiri ushbu savol bilan ikki ekspertga yuzlandi.

Koronavirus pandemiyasi ortidan iqtisodiy khatarlar ham kuzga tashlanyapti. Bir yil ichida global iqtisodiy inqiroz yuzaga kelishi haqida gapirayotgan etakchi ekspertlar ham kuplab topiladi.

Albatta, jahon buylab infeksiya tarqalishi davom etar ekan, dunyo davlatlari kuradigan iqtisodiy zarar kulami OAV va turli tahlil kompaniyalarining bosh mavzularidan biriga aylangan.

Khush, koronavirusning Uzbekiston va jahon iqtisodiyotiga tasirini qanday takhmin qilish mumkin, zarar kulami qay darajada bulishi kutilmoqda?

Uzbekiston kelgusida makroiqtisodiy muvozanatni taminlashga qaratilgan qanday zaruriy chora-tadbirlarni kurishi kerak?

Kun.uz mukhbiri shu kabi savollarga javob olish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumaev hamda Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Dilshodjon Rahmonov bilan suhbatlashdi.

«Iqtisodiy usish 2,8 foizgacha pasayib, okhir-oqibatda 2008 yildagi inqiroz qaytishi mumkin»

Jahon banki malumotlariga kura, dunyo iqtisodiyoti 2009 yildan buyon uzining dastlabki yuqori iqtisodiy usishiga erisha boshlanganda, koronavirus tasirining yuzaga kelishi global iqtisodiyotni yana khavf ostiga quydi.

Khush, global iqtisodiy khavflar kelgusida nimalarda uz aksini topishi mumkin?


Nodir Jumaev

Nodir Jumaevning fikricha, bu boradagi khavflar 4 yirik yunalishda kurinadi.

«Koronavirus pandemiyasining keng tarqalib borishi va unga qarshi kurilayotgan majburiy choralar birinchidan, khalqaro savdoning yarmini tashkil etuvchi global qushimcha qiymat zanjiri kamayishiga tasir qiladi.

Ikkinchidan, virus aniqlangan mamlakatlardan kapital qocha boshladi.

Uchinchidan, insonlar uylarida qolishlari sababli ishlab chiqarishga yunaltirilgan zavod va fabrikalar bush yoki ishsiz qolmoqda.

Turtinchidan esa rivojlanayotgan mamlakatlarda transport va turizm sohasining etakchiligi ushbu iqtisodiyotlarga salbiy tasir kulamini oshiradi», dedi u.

Qonunchilik palatasi deputati global iqtisodiy pasayishlar buyicha khalqaro tashkilotlar tahlillari buyicha ham malumot berdi.

U havo transportida yulovchi va yuk tashish, moliyaviy tranzaksiyalar, akhborot tekhnologiyalari khizmatlari kabilar buyicha savdolar hajmi keskin pasayib ketayotganiga etibor qaratdi.

«Bu borada Bloomberg malumotlariga ham etibor qaratish urinli. Unga kura, virus tasiri natijasida jahon YaIM 2020 yilning uzida 2,7 trln. dollari miqdorida yuqotishga duch keladi.

Bilasiz, yirik iqtisodiy qudratga ega davlatlar (masalan, G20)ning aksariyat qismida virus bilan kasallanish holatlari aniqlandi, ayrimlari esa virus uchogiga aylandi.

Buning natijasida 2020 yilda evrohudud 1,2 foizga, AQSh iqtisodiyoti esa 0,6 foizga kamayishi mumkinligi bashorat qilinmoqda.

Bu borada nufuzli tahlil tashkiloti – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kura, jahon iqtisodiyoti 2 barobarga sekinlashib, iqtisodiy usish 1,5 foizga teng bulishi mumkin.

Tugri, 2020 yil 8 yanvarda Jahon banki tomonidan 2020 yil uchun prognozlarida rivojlangan iqtisodiyotlar 2,5 foiz, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning esa 4,1 foiz iqtisodiy usishga erishishi buyicha maruza-hisobotlari elon qilingan edi. Lekin, bu maruza prognozlarida virusning keng kulamli tasiri inobatga olinmagan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Jahon banki takhminlari uzini oqlamaydi.

Jahon banki 2019 yil yakuni buyicha iqtisodiy usishdagi pasayish kursatkichlarini AQSh va Khitoy urtasidagi savdo sanksiyalari va khalqaro investisiya oqimining pasayishi bilan asoslangan edi.

Shunday bulishiga qaramasdan, virusning iqtisodiyotga tasirini favqulodda baholash muhim hisoblanadi.

Etibor berayotgan bulsangiz, men savolingizga javob berishda kuproq dunyoning nufuzli tashkilotlari malumotlariga tayanyapman.

Bu borada men Bank of America ekspertlarining tahlillari haqida ham gapirgan bulardim. Ushbu bank vakillari khulosasiga kura, Khitoy iqtisodiyotining pasayishi dunyo iqtisodiyotiga jiddiy tasir etib, kelgusida hattoki usish 2,8 foizgacha pasayib, okhir-oqibatda 2008 yildagi inqiroz qaytishi mumkin. Har holda, ular shundan ogohlantirmoqda», dedi Nodir Jumaev.

«Jahon iqtisodiyotidagi uzgarishlarning Uzbekistonga tasiri oldingiga nisbatan yuqori buladi»

Yumshoq qilib aytganda, pandemiyaning salbiy oqibatlari jahon iqtisodiyotiga chuqurroq integrasiyalashayotgan Uzbekistonni ham chetlab utmaydi, deydi Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Dilshodjon Rahmonov.


Dilshodjon Rahmonov

«Buni quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, Uzbekiston ochiqlik siyosatini keng kulamda amalga oshirayotgani jahon iqtisodiyotidagi uzgarishlarga sezuvchanlikni oshiradi.

Ikkinchidan, utgan qisqa islohotlar davrida khorijiy investisiyalarning oqimi oshdi. 2019 yilda 4 mlrd dollardan ortiq tugridan-tugri investisiyalar jalb etildi.

Uchinchidan, davlat tashqi qarzi 2016 yilga qadar 10 foizga etmagan bulsa, keyingi davrda khorij mablaglari keng jalb etildi. Bir suz bilan aytganda, Uzbekistonga jahon iqtisodiyotidagi uzgarishlarning tasiri oldingiga nisbatan yuqori buladi.

Shuning uchun, asosiy savdo hamkorlari bulgan mamlakatlarda koronavirusning salbiy tasiri Uzbekistonga ham uzining sezilarli tasirini utkazadi. Bu borada, ayniqsa, tashqi savdo aylanmamizda importning ulushi qariyb 60 foizga yaqinligi import tovarlar bozorida bazi khavotirlarni keltirib chiqarishi mumkin», – dedi Dilshodjon Rahmonov.

Uzbekistonning yirik tashqi savdo hamkorlari Khitoy (18,7 foiz), Rossiya (15 foiz), Qozogiston (8,3 foiz), Janubiy Koreya (6,6 foiz) va Turkiya (5,8 foiz) mamlakatlaridan Khitoy va Janubiy Koreya virusning uchoqlaridan biri bulib turibdi.

Rakhmonovning Khitoy Bosh bojkhona boshqarmasi malumotlariga tayanib aytishicha, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida Khitoy Khalq Respublikasida eksport hajmi 17 foizga tushib ketishi yuzaga kelib, savdo balansida salbiy farq shakllanishiga sabab bulgan.

«Eksport hajmi 292,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Yana shuni takidlash lozimki, virusning keng miqyosda tarqalib tashqi savdoga tasir etishi mumkin bulgan davr aynan Khitoyning milliy bayrami bilan bir davrda bulishiga tugri keldi. Bu esa virusning salbiy oqibatlarini pasaytirishga yordam berdi, deyish mumkin. Masalan, Rossiyaning Khitoyga eksporti 22 foizga usgan bulsa, aksincha, Khitoyning Rossiyaga eksporti 15 foizga kamaydi. Natijada, joriy yilning 20 fevral kuni Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov mamlakat kuniga 1 mlrd rubl yuqotayotganini qayd etdi.

Khulosa qilib aytganda, Khitoyning savdo hamkorlari Khitoyning eksport qilmaslik ehtimolidan moliyaviy ziyon kurishmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Uzbekistonning eng yirik savdo hamkori sifatida Khitoydan qilinadigan mahsulotlar hajmining kamayish ehtimoli natijasida mamlakatimizda yalpi talab oshishi mumkin.

Uzbekistoning 2019 yilning yanvar-sentyabr oylaridagi eksport tovarlari tarkibidagi ayrim mahsulotlarni kurib utsak. Khitoy va Turkiya uzbek pakhta tolasining eng yirik importyorlari hisoblanadi. Bunda kursatkichlar mos ravishda 141,0 va 9,0 mln dollarga teng.

Ushbu mamlakatlarga pakhta tolasini eksport qilmaslik Uzbekistonga jiddiy tasir utkazmaydi, sababi 2020 yildan ushbu mahsulot tuliq bozor munosabatlari orqali davlat sotadigan strategik mahsulotlar tarkibidan chiqarildi.

Energiya manbalarini eksport qilishda tukhtalishlar bulmasligi mumkin, sababi tabiiy energiya aholi istemoli uchun doimiy talabni shakllantiradi.

Navbatdagi yunalish – oziq-ovqat. Bunda Uzbekistonning oziq-ovqat mahsulotlariga asosiy importyorlar Rossiya va Qozogiston hisoblanadi. Urtadagi umumiy hajm 385,0 mln. dollar.

Bu raqam – takhminan Khitoyga pakhta eksportidan daromadning 2,5 barobariga tugri kelishini ham qayd etib utish kerak.

Shu urinda etiborga arzirli yana bir malumot: Uzbekistonda oziq-ovqatlar eksporti jami eksportda 8,4 foiz bulsa, importda 7,5 foizni tashkil etadi.

Fikrimcha, Uzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narkhlari sezilarli darajada oshmaydi. Sababi, biz oziq-ovqat importiga boglangan mamlakat emasligimiz yuqoridagi raqamlardan malum bulmoqda», – dedi professor.

Dilshodjon Rahmonovga kura, hozirda khizmatlar bozori eksportida turizm va transport sohasining ulushi 90 foizni tashkil qiladi. Bunda jumladan, safarlar (turizm) 50,8 foiz va transport khizmatlari 38,8 foiz. Sezish mumkinki, pandemiya tufayli khizmatlar bozorida ham sezilarli pasayish kuzatilishi mumkin.

Kuplab mamlakatlar, khususan Uzbekiston ham yulovchi tashish khizmatini vaqtinchalikka tukhtatdi. Natijada, turizm sohasi (tashqi va ichki) uzining qisqa muddatli inqiroz holatiga yuz tutishi mumkin.

Bank-moliya akademiyasi kafedra mudiri vaziyatdan kelib chiqib khizmatlar bozorida quyidagi uzgarishlar bulishi mumkinligini tahmin qildi:

  • Aviayulovchilar sonining kamayishi natijasida aviakompaniyalarning moliyaviy barqarorligiga khavf tugiladi;
  • Temiryul qatnovining pasayishi temiryul kompaniyasining holatiga tasir qilmasligi mumkin, sababi yuk tashishlar davom etayotgani ushbu sohaning asosiy moliyaviy natijalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega;
  • Uzbekistondagi turizm infratuzilmasi (mehmonkhona, ichki transport va boshqa khizmatlar)ning qisqa muddatli moliyaviy beqarorligi yuzaga keladi.

«Sohaning khususiy sektorida mehnat qiluvchilar daromadining kamayishi ortidan ularning sotib olish qobiliyati va istemoli qisqarishi mumkin. Natijada, ular uchun narkhlar qimmatlashgandek hisoblanadi va ayrim istemollarini vaqtinchalik qisqartirishlari lozim buladi.

Eshitishimcha, koronavirusning oldini olish uchun yaratiladigan vaksinalarni topishga yillab muddat kerak. Demak, iqtisodiy tasirning oldini olish, avvalo virusga qarshi vaksinani topish bilan bevosita bogliq. Vaksina qanchalik tez topilsa, iqtisodiy oqibatlarni shunchalik tez bartaraf etish imkoniyati topiladi», – u.

Suhbatdoshimiz uzining qisqa urganishlardan sung quyidagi khulosalarni aytishi mumkinligini takidladi:

  • Mamlakatlarda iqtisodiy usish darajasi urta muddatli davrda pasayishi kuzatiladi.
  • Tugridan-tugri khorijiy investisiyalarni jalb etish qiyinlashishi mumkin. Buning oldini olish va milliy fond bozori barqarorligini saqlab turish uchun ichki istemolni taminlash lozim buladi.
  • Jahon miqyosida makroiqtisodiy muvozanat beqarorlashuvi ortidan YaIM hajmi qisqaradi. Muvozanat buzilishiga import samarasi tasirini kamaytirish uchun foiz stavkalarini tushirish orqali ichki istemolni taminlash muhim hisoblanadi. Natijada, insonlar kreditlar olish imkoniyati oshib, yalpi talab va yalpi taklif muvozanatiga erishish mumkin.
  • Turizm sohasida turgunlik yuzaga kelishi kuzatiladi. Natijada, ishsizlik yuzaga kelishi va iqtisodiy usishga ham salbiy tasir kuzatilishi mumkin.

«Har qanday demokratik davlat virusning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etishda kharajatlarni uz zimmasiga oladi»

Koronavirus tasiri uz-uzidan davlat byudjetiga ham tasir kursatadi. Uzbekiston hukumati bu borada qanday choralar kurishi kerak?

Nodir Jumaevning aytishicha, har qanday demokratik davlat virusning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etishda kharajatlarni uz zimmasiga olishiga tugri keladi.

«Bu esa, byudjet kharajatlarini oshishiga tasir etadi. Hozir hukumat byudjet mablaglarini muhokamalarsiz safarbar qilmoqda. Jumladan, ogir sharoitda va hayotini khavf ostiga quyib faoliyat yuritayotgan shifokorlarga qushimcha haqlarning tulanishi nazarda tutildi.

Yana virusni aniqlash, karantin va davolash bilan bogliq barcha tadbirlar byudjetdan moliyalashtirilmoqda.

Shuningdek, yuridik va jismoniy shakhslarning tulovga qobilligi virus oqibatida tushishi mumkinligi inobatga olinib, Markaziy bank aktivlar sifatiga quyilgan talablarni qisqa muddatga engillashtirdi.

Bu kabi chora-tadbirlar uz urnida makroiqtisodiy tebranishlarning favqulodda tasirini qisqa muddatli tadbirlar bilan bartaraf etishga etibor berilayotganligini anglatadi.

Aholining sotib olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan choralarning qullangani, khususan, daromad soligi tushirilgani uzining ijobiy tasdigini topyapti.

Shu bilan birga, Uzbekistonda epidemik holat natijasida aholining istemoli ayrim kharajatlari vaqtinchalik qisqarishi natijasida aholi daromadlarining jamgarish bosqichiga utishi yuz berishi va istiqbolda moliyaviy khizmatlarga bulgan talabni oshirishi mumkin», – dedi Jumaev.

«Shu urinda khalqimizga yana bir narsani eslatgan bulardim. Uzbekiston prezidenti, hukumat fuqarolarga ularning khavfsizligi nazorat ostida ekanligini, oziq-ovqat va boshqa masalalarga etishmovchiliklar bulmasligini aytib, tinimsiz murojaat qilmoqda. Buning masuliyatini uz zimmasiga olmoqda. Demak, bu masuliyatga yarasha fuqarolar ham unga ishonishi kerak», – deya fikrlariga khulosa yasadi deputat Nodir Jumaev.

Khalqaro moliya tashkilotlari kumak mablaglari ajratishga tayyor

Deylik, koronavirus pandemiyasi insoniyat tomonidan yaqin orada engib utildi. Undan iqtisodiyoti katta zarar bilan chiqqan davlatlar uchun khalqaro moliya tashkilotlari nimalar taklif qilishi mumkin?

Suhbatdoshimiz professor Dilshodjon Rahmonovning aytishicha, jahon iqtisodiyoti moliyaviy inqirozlarni boshidan kechirayotgan bir davrda Khalqaro valyuta jamgarmasi (KhVJ) tomonidan 2015 yilda qayta tashkil etilgan Favqulodda holatlardan himoya qilish va oqibatlarni bartaraf etish fondi (Catastrophe Containment and Relief Trust) aynan rivojlanayotgan mamlakatlarda turli tabiiy ofatlar va ommaviy kasalliklar oqibatlarini bartaraf etishni nazarda tutgan.

«Ushbu fond mablaglari qayd etilgan yunalishlarda Khalqaro rivojlanish assosiasiyasi mezonlari (YaIM kishi boshiga 1165 AQSh dollari yoki aholisi 1,5 mln.dan kam bulgan davlatlarga 2230 AQSh dollari) asosida berilishi mumkin.

2020 yil 11 mart kuni Buyuk Britaniya KhVJning mazkur fondiga koronavirusdan aziyat chekayotgan iqtisodiyotlar uchun 150 mln. funt sterling grant mablaglarini ajratishini malum qildi. Bu esa, donor mamlakatning dastlabki moliyaviy yordami buldi.

2 mart kuni KhVJ boshqaruv direktori Kristalina Georgieva va Jahon banki prezidenti David Malpas qushma bayonot bilan chiqib, virus sababli iqtisodiy qiyinchiliklarga yuz tutayotgan mamlakatlarga moliyaviy kumak berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Bundan tashqari, Jahon banki virusning iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish uchun 12 mlrd. AQSh dollari miqdorida moliyaviy yordam berishga tayyorligini malum qildi», dedi professor.

Rakhmonovning fikricha, khalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yirik kumak mablaglari taklif qilinayotganiga qaramasdan jahon davlatlarining moliya tashkilotlariga murojaati kuzatilmasligi ham mumkin.

«Chunki, birinchidan, ushbu epidemiyadan Khitoyning uzi qisqa muddatda chiqishga erishmoqda.

Ikkinchidan, virusning birlamchi uchogiga aylangan Evropa Ittifoqi mamlakatlari Evrokomissiya rahnamoligida khalqaro tashkilotlarning moliyaviy kumagini jalb etmasligi mumkin», – dedi Dilshodjon Rahmonov.

Ilyos Safarov suhbatlashdi

О нас

Яна маълумот

54309559-D2DB-42AE-AF65-F87671539BEE_w1023_r1_s

Uzbekiston 24” telekanali bosh muharriri mafkura buyicha maslahatchi muovini etib tayinlandi

Uzbekiston Milliy agentligining khabar berishicha¸“Uzbekiston 24” telekanali bosh muharriri Farhod Mahmudov Ommaviy akhborot vositalari, manaviyat …