Главная / Jamiyat / Gijduvonda iqtidorli yoshlar uchun qurilib, akhlatga «botib» qolgan uy: mutasaddilar esa beparvo
<

Gijduvonda iqtidorli yoshlar uchun qurilib, akhlatga «botib» qolgan uy: mutasaddilar esa beparvo

Yakhshiyam hidni OAV orqali uzatishning iloji yuq. Yuqsa, Bukhoro viloyati Gijduvon tumani, «Fayzulla Khujaev» mahalla fuqarolar yigini hududida joylashgan 86-uy — «YOshlar uyi»da manzara tabingizni khira qilishi turgan gap bular edi. Iqtidorli yoshlar uchun qurilgan kup qavatli uyda najosatning badbuy, qulansa hididan uning yaqiniga kelib bulmaydi (Har holda biz borgan vaqtda shunday edi). Uyning asosan old va yon tomonlarida shundoqqina ochiq holda kanalizasiya oqovasi qaynab chiqqan.

Tabiiyki, akhlat kechib utlarni tozalashni hech kim istamaydi. Shuning uchun bulsa kerak «tabiiy ugit» ustidagi utlar manzarasi ham binoni tashlandiq holatda kursatib turadi.

«Binoga kuchib kirganimizga turt yil bulgan bulsa, shuncha vaqtdan beri ana shu badbuy hidga chidab kelishga majburmiz. Biz murojaat qilmagan tashkilot qolmadi hisob. Muammoni urganish, hal etish urniga «yozuvchi» kimligini aniqlash holatlari ham bulgan. Muammo esa hamon turibdi», deydi 86-uyda istiqomat qiluvchi yoshlardan biri.

YOshlarning malum qilishicha, uy atrofi oqovaga botishining sababi quyidagicha: 64ta khonadon joylashgan bino yonida buyi uch metrli kanalizasiya quyiladigan mujaz hovuz bulib, deyarli 15-kunda tulib qolar ekan. Oqova hovuzi tulib borgan sari bosim kuchayib, uy atrofi va ertulasidagi quvurlardan chiqa boshlaydi. Shu tarzda bazan ertula tulib qolib katta mehnat va mablag bilan khonadon egalari tomonidan tozalab olinadi. Ammo malum muddat utib yuqoridagi hovuz tulgan sari yana ertulaga najas tusha boshlaydi. Bazi hollarda ertuladagi oqova salkam yarim metrga etishi, ana shunday sung, bu erda qay darajada antisanitar holat yuzaga kelishini tasavvur qilish qiyin emas

Rostan ham, iqtidorli yoshlarning, yosh oilalarning ushbu ayanchi yashash tarzini tuman rahbariyati, mutasaddi idoralar bilmagan, bilsa-da his qilmagan kurinadi. Sababi, har oy bir yoki ikki marta uy egalarining uzi khususiy firmalarga murojaat qilib, har bir khonadondan 35000 sumdan pul yigib akhlatni tozalattirishadi. Umuman, shuncha yildan beri hali biror bir rahbar muammoga etibor qaratmaganini bilish uchun ikki daqiqa uy yaqinida nafas olishning uzi kifoya.

Tuman davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi rahbariyati tumanda «Toza hudud» korkhonasi borligi, akhlatlar uz vaqtida har doim olib chiqib ketilishini, aholidan shikoyat kelmaganini malum qilmoqda. Tugri, tuman DSENM «ertaga albatta voqea joyiga borib muammoni urganamiz», deb vada berishdi. Ammo tumandagi sanitar holatni NAZORAT qilish lozim bulgan idoraning shuncha yildan beri 64ta oila ayanchli antisanitar holatda yashayotganini bilmasligi yokhud bilsa-da, bong urmasligi, qatiy harakatlarni amalga oshirmasligi tushunarsiz baribir.

Umuman olganda muammo faqat DSENM bilan ham bogliq emas. Tulib ketgan oqovani vaqtida olib ketishga masul korkhona ham bor (YOshlarning bildirishicha, shu vaqtgacha «Toza hudud»ga tegishli makhsus tekhnikalar bu tomonlarga biror marta kelmagan. Oqovaning uy atrofi va ertulaga oqishi esa fikrimizcha, qurilish jarayoni haminqadar bulgani, uni qabul qilishda ham aftidan, kamchiliklar bulganini kursatib turibdi. Hatto bu uyda bolalar uyingohi qurilmagani ham galati. Bino yonidagi bush maydon esa yuk mashinalari uchun norasmiy tarzda tukhtash joyi bulib turgani shundogam muammodan chiqolmayotgan uy egalari uchun yana bir boshogriq bulib turibdi.

Anvar MUSTAFOEV,

Kun.uz mukhbiri

О нас

Яна маълумот

agCkoYZuMMFytud3lRmV09wdqqZxhe_D

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinadi

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan 2020 yilda Samarqand, …