Главная / Madaniyat / GAZABLANMA
<

GAZABLANMA

gazabGazab, jahl, qahr kabi ruhiy holatlar aynan janjallik vaziyatlarda kuplab vujudga kelishi uchun imkon katta buladi. Tomonlar tuqnashuvining psikhologik-ruhiy natijasi, uzga tomonga nisbatan quqqis shakllangan khis-tuygu, uzini muhofaza qilish yoki uzga odamga bosim va tazyiq utkazish usuli sifatida gazab, jahl, qahr janjallik vaziyatlarning odatdagi hamrohi hisoblanadi.
“Ulib buldim-ku?! Yana nima kerak uzi senga?!” Shunday jumlalarni ishlatgan odamga etibor bilan bir qarang. Odatda, bunday suzlarni ishlatishga majbur bulgan odam khis-tuygulari nihoyat darajada taranglashgan, u ruhan charchagan va tang ahvolda, bunday odam uz ichki tuygularidan qayga qochishni, ularni qanday qilib jilovlab olishni bilmayotgan odam buladi. Ruhiy tang ahvoldagi odam uzining mana shu holatini har doim ham uzi tugri anglayvermaydi. Shu bois, mana shunday iboralarni ishlatgan insonga etiborliroq bulish talab etiladi.
Gazab, jahl, qahr shunday khis-tuygularki, ular haqiqatan ham gazab ichidagi odamga ham, gazab yunaltirilgan odamga ham juda katta salbiy tasir, ayniqsa, uning salomatligiga juda salbiy tasir utkazadi. Tez-tez gazablanadigan odamlar va mana shunday tez-tez birovlarning gazabini uziga qabul qilgan odamlar ham hayotdan oldinroq kuz yumadilar.
Nima uchun shunday buladi? Gazab, jahl, qahr – oddiy khis-tuygular emas. Inson gazablanayotgan vaqtida uning organizmi juda katta ichki galayon, bosim, jismoniy, ruhiy, psikhologik holat zamirida yotgan kimyoviy uzgarishlarni boshidan kechiradi. Eng avvalgi uzgarish miyada sodir buladi. Miya bosh qobigi inson atrofidagi bulayotgan va makhsus tarzda unga qaratilgan minglab akhborotlarni sinchiklab urganishga yunaltirilgan. Miya mazkur akhborotlarni tartiblashtiradi. Shu qatorda miya insonning turli khis-tuygulari qatorida gazab, jahl va qahr khislarini ham bir maromda ushlab turishga sayi-harakat qiladi.
Inson miyasi “bu odam gazablanyapti”, “uning gazabi menga qaratilgan” yoki “men gazabdaman”, “mening jahlim chiqyapti” degan khulosalarni qilishi bilan miya adrenalin moddasini ishlab chiqaruvchi bezlarga buyruq etkazadi. Adrenalin bezlari miya qilgan khulosalarga muvofiq ravishda organizmga anchagina miqdorda adrenalin suyuqligini chiqaradi. Organizmga chiqarilgan favqulodda adrenalin sababli yurak urushi kuchayadi va tezlashadi. Adrenalin inson shakllanishida juda zarur bulgan moddalarda hisoblanadi.
Adrenalin insonga uning atrof muhit bilan bulgan kurashlarida qurqmaslik, jasurlik, qatiyat, qarshi tura olish, hujum qilish, uzini himoya qilish uchun kumak bergan. Inson yirtqich hayvonni uldirayotgan vaqtida adrenalin unga kuch berib turgan, yirtqich hayvon uldirilgandan sung adrenalin moddasi uz funksiyasini bajarib bulganligi sababli u organizmdan chiqib ketgan. Ammo biz gazablangandagi, jahlimiz chiqqanidagi, qahrimiz kelganidagi organizmda vujudga kelgan adrenalin moddasi uz-uzidan organizmda chiqib keta olmaydi. Shu bois, soglom turmush tarzi bilan shugullanib yashayotgan odamlar turli sport turlari orqali ortiqcha adrenalinga qarshi uz organizmi faoliyatini muvofiqlashtirib turadilar.
Adrenalin gazab jarayonida uziga khos uzgarishlarni amalga oshiradi. Gazab jarayonida tanamiz harorati kutariladi. Bizning tana qon bosimi undagi qon miqdoriga bogliq buladi. Gazablanganda qon miqdori kupayadi va venalarimiz devorlariga uning kuchli bosimi tasir eta boshlaydi tomirlari devorlari qon bosimi bilan kurasha boshlaydi. Qon bosimining kuchli bosimga qarshi ular turib berishi lozim buladi. Ammo inson muntazam gazablanaversa, qon tomirlariga bulgan tahdid va bosim ham kuchayib boradi. Natijada tomirlar devorlari emirila boshlaydi.
YOsh organizmda emirilgan tomir devorlarini makhsus ishlab chiqiladigan kholesterin moddasi tiklash uchun ishlatiladi.tomir devorlarini qayta tiklash maqsadida kholesterin moddasi kuproq ishlanadi. Ammo yosh ulgaygan sayin ortiqcha kholesterin tomir devorlarida tuplana boshlaydi. Organizmda moddalar almashuvi buziladi. U organizmning yog yigishiga, qon tomirlarining ogirlashib qolishiga, tomir devorlarining bir tekis bulmasligiga olib keladi. Okhir oqibatda, tomir yurak sistemasi kasalliklarining kelib chiqishiga sabab buladi. Qon tomiri kholesteringa tulib ketib, shu asosida qon bosimi kuchayib ketsa, yurak khurujlari vujudga kelishi ham mumkin. Gazab, jahl va qahr kabi hissiyotlar esa mana shunday holatlarning kuchayib ketishi uchun asos bulib khizmat qiladi. Gazab va jahl oshqozon yarasi, doimiy bosh ogriqlari, saraton, yurak-qon sistemasining turli kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkinligi ilmiy isbotlangan.
Shu bois – eng avvalo tinchlaning. Uz gazab, jahl va qahringizni engib utishga urganing. Ularni jilovlay biling. Ularning uzingiz va uzgalar salomatligiga rahna solishiga yul quymang. Inson khulq-atvorini gazab, jahl va qahrdan poklash sizni juda kup nokhushliklardan saqlab qoladi va bakhtli hayotingiz uchun yakhshi zamin bulib khizmat qiladi.

Muslim ATAEV,

Uzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bulimi khodimi

О нас

Яна маълумот

Islomda tijorat, savdogar va kharidor odobi. Rahmatulloh qori Sayfuddinov bilan suhbat

Islomda tijorat odobi qanday? Paygambarlar shugullangan sharafli kasb egalari nima uchun nafsini ustun quymoqda? Kharidor …