Главная / Jamiyat / GAI: Ogohlantirish deymiz, ammo jarima solaveramiz
<

GAI: Ogohlantirish deymiz, ammo jarima solaveramiz

Sunggi paytlarda Ichki ishlar vazirligi, IIV YHKhBB matbuot khizmati vakillari ishtirokida kuplab matbuot anjumanlari uyushtirilyapti. Ularda yul harakati qoidalariga kiritilayotgan uzgartirish va qushimchalar buyicha mutakhassislar tomonidan tushuntirishlar, aholini, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar berilmoqda.

Bunday anjumanlarda sohaning etakchi khodimlari bir gapni takrorlashni khush kurishadi – bizning maqsadimiz jazolash, jarimaga tortish emas, ogohlantirish, tushuntirishlar orqali yul harakati khavfsizligini taminlash!

Albatta, vazirlikning yuqori martabali vakillari chindan ham shunday ulug maqsadlarni kuzlashar, ammo quyi buginlarda ishlovchi khodimlarning maqsadi boshqacharoq ekanligi kup hollarda ayon bulib qoladi. Etiboringizni quyidagi videolavhaga, poytakhtning Muqimiy kuchasidagi holatga qaratmoqchimiz.

Videolavha ijtimoiy tarmoqlardan olindi.

Malumki, 15 aprelga qadar ham “Khalqlar dustligi” saroyi tomonidan Bunyodkor kuchasi buylab harakatlanib kelib, Muqimiy kuchasiga burilgan haydovchilarning aksariyati birinchi burilib olish joyidan ortga qaytishni (“razvorot” qilishni) rejalashtirishadi. Harakat tigiz, kuprik ostidan burilish yuq, hamma usha joydan burilib olishni istaydi. Ammo (takhminan) kecha, 16 aprel kuni bu joyda ortga qaytish mumkin emasligi, harakat faqat tugriga yunalishini anglatuvchi belgi quyilgan, eskisi esa olib tashlangan.

Bu yuldan muntazam foydalanuvchi haydovchilarning deyarli 90 foizi inersiya buyicha burilmoqdalar va belgiga etibor bermay, uzlari bilmagan holda qoidani buzmoqdalar. Kuprikka etmasdan esa oz emas, kup emas 4 nafar “gai” khodimi quli-quliga tegmay qoidabuzarlarni “ovlash” bilan ovora. Ularning birortasi belgi almashtirilgan joyga borib endi “razvorot” taqiqlanganini tushuntirish, “qizil tayogi” bilan harakatni tugriga yunaltirish haqida uylamaydi. Aynan qoidabuzarlikni kutadi va belgini kursatib, aybni buyniga quyib, bayonnoma rasmiylashtiradi (boshqa “chora”lar kurishi haqida qulidan tutmaganimiz sabab jim turishni afzal bildik). Yana kamiga birdaniga 5-6 avtomobilni tukhtatib olib, harakatga khalaqit berishadi.

YHKhKh khodimining birinchi vazifasi jazolash emas, qoidabuzarlikning oldini olish emasmidi?

Endi tanganing ikkinchi tomoniga etibor qaratamiz. Bugun, 17 aprel kunidagi kuzatuvimizda aynan usha joyda “gai” khodimlarini kurmadik. Haydovchilarning aksariyati bu joyda ortga burilish mumkin emasligidan khabar topishgani aniq. Lekin ularning kupchiligi “gai” yuqligini bilib, shartta burilishyapti va u tomonda harakatlanib kelayotgan oqimga kuchli khavf tugdirmoqdalar.

Ha, qars ikki quldan chiqadi. YHKhKh vakillari bizni jazolash payida, bizning ham yullarda harakatlanish madaniyatimiz shunga muvofiq hamon rosa oqsamoqda…

О нас

Яна маълумот

qcExCbuCfcfGBJhWOW-X1beLRUotTAbT

Pulat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini ochiqladi

Uzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Pulat Bobojonov “Uzbekiston 24” telekanaliga Jasliq koloniyasi tugatilishi haqida intervyu …