Главная / Jamiyat / GAFUR GULOM (1903 -1966) – uzbek shoir

GAFUR GULOM (1903 -1966) – uzbek shoir

Gafur Gulom – XX asr uzbek adabiyotining yirik namoyandasi. U uzbek sheriyati, badiiy publisistika- si, feletonchiligi, hajviy kh.ikoyachiligi, yumoristik qissachiligi va tarjimachiligi rivojiga katta hissa kushgan yirik suz sanatkoridir. Gulyam, Gafur  sheriyatda uz maktabini yaratganlardan biri.

Gafur GulyamShark falsafasi, madaniyati va tarikhini chukur bil- gan Gafur Gulom mumtoz uzbek adabiyoti ananalarini XX asrda davom ettirdi va boyitdi.

U ogir turmush tufayli oliy malumot olishga ulgur- madi, birok khayot atalmish oliy darskhonada obdan uqidi. Ongi va bilimini boyitdi, khalk orzuumidlarining chukur mohiyatini idrok etdi, badiiy tafakkurning nozik sir asrorlarini egalladi. Natijada, oddiy bir kambagal oilasida tugilib, voyaga etgan yigit “men uzbek sho- iriman, uz khalqimning tiliman” deya olish darajasiga kutarildi; uzbek khalqining jahondagi buyuk khalqlardan biri ekanligini angladi va khis etdi, butun umri shu khalqning gururi-yu buguni, utmish-yu kelajagi, armoni-yu umidi, mashaqqatlariyu sururini kuyladi. Gafur Gulom 1943 yili Uzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy azosi qilib saylandi, “Uzbekiston khalk shoiri” unvoniga sazovor buldi. Khalq shoirning ruhini ezozlab nashriyot, universitet, metro bekati, maktab va kuchalarga uning nomini berdi. Un jildlik “Asarlar” (1972-1977) va un ikki jildlik tula asarlar tulami (1984-1989) bosilib chikdi. Shoir asarlari bir necha unlab uzga tillarga tarjima etildi; “Shum bola” qissasi asosida filmlar yaratildi.

Gafur Gulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shakhrida tugilgan. Toshkent shahrida Kurgontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida takhsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Khitoydan lavkhalar» (1931), «Tirik qushiqlar» (1932), «Kukan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi sherlar», «Sherlar» (1946), «Uzbek elining gururi» (1949), «Sharaf kulyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956—59, 4 jildli) sheriy tuplam va dostonlari, «Jurabuza» khikoyalar tuplami, «Mukhbir sudi» (1929) pesasi hamda «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «YOdgor», «Shum bola» (1938) kabi kissalar muallifi. «Otello», «Qirol Lir» singari jakhon va rus adabiyoti durdonalarini uzbek tiliga tarjima qilgan. 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan sung «Buyuk khizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Gafur Gulom betakror sheriyati va “Shum bola” asari misolida uziga khos mak- tab yaratdi, kuplab qalamkashlarni orqasidan ergashtirdi, ustoz sanatkor, deb tan olindi. Oybek 1935 yildayoq Gafur Gulom tugrisida suzlab: “Gafurning sher va dostonlari aksar vaqt jangovar ham kurashchan ruhni ifoda etadi, buyuk inqilobiy davrning fikr va tuygulari, motivlari, jushqinligini kuylaydi. Fikr, sezgilarni, voqealarni aniq, yaqqol, qirrali, qabariq va yangi obrazlarda berishga intiladi”, deb yozgan edi. A. Fadeev ham “Uzbek khalqining gururi” (1945) maqolasida “Shoir va akademik Gafur Gulom sovet poeziyasining eng uziga khos va mislsiz hodisalaridan biridir… Uning sherlari khamisha fikr va teran tuygular bilan sugorilgan ”, deb yuksak baho bergan edi. L. Bat esa, “Shum bola” tugrisida suzlab, “Mokhiyat jihatidan chukur milliy rukhdagi bu asar Mark Tvenning “Tom Soyerning boshidan kechirgan- lari ”4. Dikkensning bazi romanlariga yaqindir”, degan edi.

Gafur Gulom chindan ham XX asr uzbek sheriyati va nasrining yirik va betak­ror vakilidir.

Soginish (Sher)

Zur karvon yulida etim butadek,
Intizor kuzlarda halqa-khalqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
Uzing murabbiysan, khabar ber, Quyosh!

Uzilgan bir kiprik abad yuqolmas,
Shunchalar mustahkam khonai khurshid.
Bugun sabza buldi qishdagi nafas,
Hozir qonda kezar ertagi umid.

Khoki anjir tugab, qovun garq pishgan
Bakhtli tong otar chog uni kuzatdim,
Bir malun gulshanga qadam quymishkan,
Joni bir jondoshlar qolarmidi jim!

Unda etuk edi meros mard gurur,
Ostonani upib, qasamyod qildi.
Ukalarin erkalab, uzimday magrur,
Yani obod uyimni u dilshod qildi…

Iblisning garazi bulgan bu urush
Albatta, etadi uzin boshiga.
Uglim omon kelar, golib, muzaffar,
Gard ham qundirmasdan qora qoshiga.

Ne qilsa otamen, meros hissiyot…
Jondan soginishga uning khaqqi bor,
Kutaman, uzokdan kurinsa bir ot,
Kelayapti, deyman kurinsa gubor.

Bahor novdasida burtgan har kurtak
Sogingan kungilga berar tasalli.
Kuchatlar qomatin eslatganidek,
Nafasin ufurar tong otar eli.

Kechqurun osh suzsak bir nasiba kam,
Qumsayman birovni – allakimimni,
Doimo umidim bardam bulsa ham,
Bazan vasvasalar bosar dilimni.

Balki bir galat uq yo khavfu khatar
Khazinai umrimdan yuqotdi olmos…
Yuq, U ulmas, qadami olam yaratar,
Hayotiy bu olam sizu bizga khos.

Tong otar chogida juda soginib,
Bedil uqir edim, chikdi oftob.
Loyqa khayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob.

Asaldan ajragan mumday sargayib,
Ini yuq aridek tuzgiganim yuq.
Ulug etiqodda ulaman qarib,
Abaddir mendagi padariy khukuq.

Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni –
Uzing tuqib ketgan katta savatda
Tulatib shaftoli uzib chiqaman,
Galaba kunlari yaqin, albatta.

E uglim, jonginang salomat bulsin,
Uz boging, uz mevang, danagin sakla.
Shu meros bogingni uz qulingga ol,
Menga topshirilgan merosiy haq-la.

Bogda tovus kabi khiromon bulib,
Umid danagini birga ekingiz,
Golib kelajakni sayr qilaylik
Mushfiq onaginang bilan ikkimiz.

Savol va topshiriqlar:

    1. “Soginish” sherini ifodali uqib chiqing. Sizningcha, sherning zamirida qanday goya yotadi?
    2. “Soginish” sherining lirik qahramoni kim?
    3. Nima uchuy lirik kakhramon uzini zur karvon yulidagi etim butadek khis qiladi?
    4. Sherni avtobiografik asar deb baholash mumkinmi?
    5. Sherni uqish asnosida insoniyatni halokatga sudrovchi, vayronagarchilik, yukchilik, hijron, etimlik va vakhshiy ulimlarni keltirib chikaruvchi urushga nisbatan nafratni khis qildingizmi? Sizda kanday tuygular paydo buldi?
    6. Shoir ugliga murojaat qilib:

“…Uz boging, uz mevang, danagin saqla.
Shu meros bogingni uz qulingga ol,
Menga topshirilgan merosiy haq-la.”
satrlari orqali nima demoqchi?

  1. Kechqurun osh suzsak bir nasiba kam,

Qumsayman birovni – allakimimni, Doimo umidim bardam bulsa ham, Bazan vasvasalar bosar dilimni. satrlari sizda qanday kayfiyat uygotdi?

  1. Sherning tarbiyaviy va estetik ahamiyati qanday? Sherni ukigach, ota-onangiz, yaqinlaringizga nisbatan qanday tuygularni khis qildingiz?
  2. “Soginish” sheridagi Ota obrazida uzbek millatiga khos qanday qadriyatlar mujassamlashagan?
  3. Sherdan uzingizga yoqqan urinlarni tanlab yod oling.

VAQT (Sheri)

Guncha ochilguncha utgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Bazida bir nafas olgulik mudsat –
Ming yulduz sunishi uchun etgulik.

Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda uz kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.

Yarim soat ichida tugilib, usib,
Yashab, umr kurib utguvchilar bor;
Kuz ochib yumguncha utgan dam – qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

Bir onning bahosin ulchamoq uchun
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz.

Yashash darbozasi ostonasidan
Zarhal kitob kabi ochilur olam,
Tiriklik kurkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram.

Bebaho damlarning tirik joni biz,
Har oni utmishning yuz yiliga teng.
Uzbekning barhayot avlodlarimiz,
Har nafas mazmuni fazolardan keng.

Qatrada osmon aks etganidek
Jahonday manodor qorachigimiz.
Golib asrimizga quyoshdan mashal,
Zamon qurasining sunmas chugimiz.

Zamona soati zang urar mudom,
Minglab khodisalar minutlarga qayd,
Qakhramon tugildi, shahar olindi,
Bir gigant qurildi sharafli bu payt.

Reykhstag ustiga galaba tugin
Qadashda otilgan adolat uqi –
Yalt etgan umri-la barqaror qildi
Basharning muqaddas, oliy huquqin.

Galaba amri-la, maglub nemisning
Generali qul quydi. Uch sekund faqat…
Shu malun imzoda odamlar uqir
Million yil fashistning umriga lanat.

Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan suraydi qadrin.
Fursat ganimatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chogidir umr daftarin.

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostrat’dek
Diana mabadin yoqmoq shart emas.
Kuplarning bakhtiga uzlikni jamlab,
Shu ulug binoga bir gisht quysak bas.

Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar takdiri lahzalarda khal,
Umrdan utajak khar lahza uchun
Qudratli qul bilan quyaylik haykal.

Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar ganimatdir, umrzoq sokiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.

Savol va topshiriqlar:

  1. “Vaqt” sherini ifodali uqib chiqing. Sherdagi G.Gulom ijodiga khos bulgan falsafiy rukhni anglashga kharakat kiling.
  2. “Guncha ochilguncha utgan fursatni,

Kapalak umriga qiyos etgulik” satrlariga etibor bering. Guncha ochilishini kuzatganmisiz? Nima uchun bu fursatni shoir kapalak umriga ukhshatyapti?

    1. Vaqt nima? Soat kafgirlarining chiqqillashini kuzating. Utgan har bir daqiqani ortga qaytarish mumkinmi? Bu hakda uylab kurganmisiz?
    2. Shoir “Bu onning bahosin uylamoq uchun, Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz” satrlari orqali nima demoqchi?
    3. Yashash soatining oltin kafgiri

Har borib kelishi bir olam zamon
Koinot shu damda uz kurrasidan
Yasab chiqa olar yangi bir jahon

satrlariga etibor bering. Koinot utgan har bir damda yangi bir jahon yaratar ekan, biz usha damda nima bilan mashgulmiz? Vaqtni bekhuda utkazmayapmizmi?

  • Nima uchun shoir nainki butun asr, hatto khar bir on, khar bir daqiqani inson aziz deb bilmogi zarur deb uqtiryapti?
    1. Siz kham umr daftaringizni “shokh satrlar” bilan bezashga tayyormisiz? “Shoh satr” siz uchun nima?
    2. Sherlar mualllifini siz qanday tasavvur qildingiz? Agar uning rasmini chizsangiz, qay kholatda aks ettirgan bulardingiz?
    3. Sherni yod oling.

 

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …