Главная / Sport / «Futboldagi eng zur avlodni boshqarganman» – ispan futboli gegemonligi, «Real» va Peres haqida Visente del Boske bilan suhbat
<

«Futboldagi eng zur avlodni boshqarganman» – ispan futboli gegemonligi, «Real» va Peres haqida Visente del Boske bilan suhbat

Kun.uz yangi loyiha boshladi. Unda mukhlislarga ispan futboliga oid qiziqarli kursatuvlarni taqdim etib boramiz. Loyihaning ilk sonida Ispaniya milliy jamosi bilan jahon va Evropa chempionligini qulga kiritgan, «Real»ni EChL chempionligiga olib borgan, dunyo futbolining afsonaviy murabbiyi Visente del Boske bilan suhbatlashdik. Murabbiy vaqt ajratib bizning savollarimizga javob berdi.

«Real» bu mavsumda qanday chempion buldi?

Umrining 30 yilini «Real» klubiga bagishlagan del Boske bilan suhbatimizni tabiiyki «Real» haqidagi savol bilan boshladik. Murabbiy sobiq jamoasi joriy mavsumda qanday qilib chempionlikni qulga kiritgani haqida gapirdi: «La Ligani pandemiyadan oldingi va keyingi davrga bulish mumkin. «Real» restartdan keyin 10ta uyinda galaba qozonib, haqli tarzda chempion buldi», deb qisqagina javob berdi murabbiy shogirdi Zidan murabbiyligidagi jamoa chempionligiga.


Foto: Reuters

Visente del Boske faoliyati davomida milliy jamoadagi ishidan kuproq mamnun bulganmi yoki klubdagi faoliyatidanmi? Bu haqda murabbiy shunday dedi: «Futbolchilik faoliyatimni yakunlagach, butun umrimni «Real»da bolalar murabbiyi bulib utkazsam kerak, deb uylardim. Ochigi, boshida uzimni professional murabbiy sifatida tasavvur qilolmasdim. Kutilmaganda «Real» bosh murabbiyi istefoga chiqarildi va men vaqtincha murabbiy buldim. Bolalar futbolida 7 yil davomida yakhshi mutakhassis bulib etishdim deb uylayman. Professinal murabbiylikda ham 4 yil «Real»da, 1 yil «Beshiktosh»da, 8 yil milliy jamoada yomon ishlamadim. Mendan siz yakhshi futbolchi bulganmisiz yoki yakhshi murabbiy deb surashsa, shubhasiz, yakhshi futbolchi deb javob beraman», dedi murabbiy.

Ispan murabbiylari evolyusiyasi

Del Boske milliy jamoa va klub murabbiyi bulishning farqini tushuntirdi: «Milliy jamoada futbolchilar juda qisqa vaqt davomida bizning ikhtiyorimizda bulishadi. Qisqa vaqtda ularni klubdagi kabi tayyorlashimiz kerak buladi. Birinchidan, milliy jamoada futbolchilar bilan shakhsiy munosabatni yulga quyish kerak, ikkinchidan ahil jamoani shakllantirish ham muhim. Milliy jamoaga qaysi klubdan kuproq futbolchi kelgani ham ahamiyatli. Chunki tayyorgarlik jarayonida qaysi klubdan futbolchi kup bulsa, shundan kelib chiqib reja ishlab chiqilishi mumkin.

Kupchilik milliy jamoaga usha vaqtda eng yakhshi sport formasida bulgan futbolchilar chaqirilishi kerak deb uylaydi, lekin bu fikrga qushila olmayman. Chunki milliy jamoada davomiylik bulishi kerak. Har yiginga har khil futbolchilar kelaversa, yakdil jamoa yigish qiyin buladi», deydi Visente del Boske.


Foto: El Confidencial

APLda sanoqli ingliz murabbiylar ishlayotgan bir vaqtda La Ligada 15-17 nafar mahalliy murabbiy ishlamoqda. Ispan murabbiylar bugun dunyoning kuplab kuchli chempionatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda. Del Boske ispan murabbiylarining ustunliklari haqida gapirdi: «Ispaniya futbol federasiyasida murabbiylar tayyorlash juda tugri yulga quyilgan. Bugun Ispaniyaning yuqori divizionidan boshlab quyi ligalarigacha ispan murabbiylarining dastkhatini kurish mumkin va bu juda yakhshi. Oldinlari ispan murabbiylar khorijda ishlashasdi, lekin okhirgi yillarda Khosep Gvardiola, Kiki Sanches Flores, Khulen Lopetegi, Rafael Benites kabi murabbiylar khorijda ham yakhshi natijalar qayd etishdi».

Del Boske Osiyo hamda Evropa futboli urtasidagi farqni qisqa va aniq qilib tushuntirib berdi: «Hozir futbol rivojlanmoqda va uni mintaqalarga ajratish kerak emas deb uylayman. Osiyolik futbolchilar jismoniy va tekhnik jihatdan evropalik futbolchilardan qolishmasligi mumkin, lekin ular uyinni tushunish va taktika borasida evropalik futbolchilardan biroz orqada. Ammo bu farq futboldagi globallashuv fonida kamayib bormoqda».

Ispaniya qanday qilib dunyo futboli gegemoniga aylandi?

2008 yildan boshlab Ispaniya futboli dunyoda gegemonga aylandi. Del Boske bu qanday sodir bulganini tushuntirdi: «Bunga kup omillarni sabab qilib keltirish mumkin. Khususan, oldinroq gaplashganimiz murabbiylar tayyorlashni. Ispan murabbiylarining khorijda ishlashi bizga yordam berdi. Uzi murabbiylikda hech qanday chegara bulmasligi kerak. Masalan, mening murabbiy bulishimga yugoslaviyalik murabbiylar sababchi bulishgan. Ispaniya futbolining rivojlanishida tashkiliy masalalar, shifokorlar, fizioterapevtlar va boshqa omillarni ham sabab qilib kursatish mumkin. Bularning barchasi yigilib Ispaniyada ajoyib futbol madaniyatini shakllandi. Natijada 2008 yil Luis Aragunes boshchiligida yuksak tekhnikali futbolchilardan iborat milliy jamoa tuzildi».

Del Boske «Real» va «Barselona» futbolchilarini qanday qilib bitta ahil jamoada birlashtira olganini tushuntirdi: «Bilasizmi, bu ikki jamoaning raqobatidan ispan futboli faqat yutdi. Ular milliy jamoaga kelganda milliy jamoa manfaati uchun raqiblikni unutishi kerakligini, milliy jamoaning galabasi hamma uchun foydali bulishini tushuntirishga urindik va kup hollarda buni uddaladik».

Visente del Boskening aytishicha, milliy jamoaga bir jamoadan kuproq futbolchining chaqirilishi juda yakhshi. Chunki ular ishtirokida jamoaviy uyinni shakllantirish oson kechadi: «Bu juda yakhshi, chunki ular milliy jamoaga tayyor holda keladi. «Barselona», «Real», «Atletiko», «Valensiya» kabi klublarda futbolchilarning tekhnikasi va darajasi bir-biriga yaqin buladi. Grand jamoalar hujum qilayotganda kichik bush zonalarga hujum qilishga, himoyalanayotganda esa katta hududni himoyalashga odatlangan buladilar. Uyin vaqtidagi 4-4-2 kabi skhemalarni rasmlardagina kurishimiz mumkin, maydonda esa ular uzgarib boradi.

Grand jamoalar qattiq himoyalanadigan jamoalarga qarshi uynashga odatlangan bulishadi, maqsad – qanday qilib bulsa ham himoyani yorib utish. Shu sabab katta jamoalar futbolchilarining darajasi bir-biriga yaqin buladi. Bir klub futbolchilarining milliy jamoa asosi bulishi bizning uyin qurishimiz uchun qulay edi. Futbolda taktik bilimlar juda muhim usiz uyin tuzib bulmaydi. Uz navbatida ahil jamoa tuzish eng murakkab jarayon. Men ajoyib va eng zur futbolchilar avlodini boshqarish bakhtiga muyassar bulganim uchun bu borada muammoga duch kelmaganman», deydi murabbiy.

Hujumchisiz gollar yogdirish sanati

Ispaniya 2012 yil Evropa chempionatida deyarli sof hujumchisiz uynab, chempion bulganini eslasangiz kerak. Murabbiy faoliyatidagi taktik uzgarishlar haqida gapirib berdi: «Faoliyatim davomida kuplab taktik uslublarni qullaganman. Masalan, «Real» bilan «MYu»ga qarshi uynaganimizda. Ushanda ularda chap qanotda Giggz, ung qanotda adashmasam, Bekhem uynagan. Ular uz qanotidan kup hujum qilishardi. Ushanda uch nafar markaziy himoyachi bilan uynab, galaba qozonganmiz. 2000 yil «Valensiya»ga qarshi EChL finalida ham taktik uzgarishlar sabab galabaga erishganmiz. Bazan men ham 4-4-2 taktikasidan foydalanganman.

Sof hujumchisiz ham uynaganman. Ispaniyada Vilya va Torressiz uynagan uyinlarimiz eng yakhshilari bulgan. Masalan, 2012 yilgi Evropa chempionati. Ushanda bizda hujumchi rolida Inesta, David Silva va Fabregas paydo bulardi. Ularda aniq pozisiyaning uzi yuq edi. Biz hujumchisiz uynaganda kuproq imkoniyatlarga ega bulardik. Ushanda sof hujumchisiz galaba qozonmaganimizda qanday tanqid qilishlarini tasavvur qilavering».


Foto: FIFA

Ispaniya 2010 yilgi jahon chempionatida golib bulgani yodingizda. Ushanda «Qizil furiya» musobaqani Shveysariyaga qarshi maglubiyat bilan boshlagandi. Murabbiy usha birinchi uyindan keyin nimalar bulganini tushuntirdi: «Biz saralashning barcha 10 uyinida galaba qozondik va dunyo bizning uslubimizni tan oldi. Birinchi uyindan keyin kup uyladim, qaerda khato qilayotganimni tahlil qildim. Yigitlar bilan uyindan keyin vaziyatlarni tahlil qildik va 9ta golli vaziyatdan foydalana olmaganimizni sanadik. Futbolchilarga barchasi kutilmagan natija bulganini tushuntirdim va ularga ishonchimni kursatish uchun ikkinchi uyinda faqat bitta uzgarish qildim. Agar ushanda 6ta uzgarish qilganimda futbolchilarda ishonchsizlik uygongandek bulishi mumkin edi. Men faqat David Silva urniga Fernando Torresni tushirdim. Bundan tashqari Inesta jarohat sabab ikkinchi uyinni utkazib yuborgandi».

Futboldagi katta evolyusiyalardan birida shakhsan qatnashgan maestro del Boske futbolni kelajakda kutayotgan evolyusiyalar haqida gapirdi: «Hozir futbolda darvozabonlarning oyoq bilan uynashi rivojlanib bormoqda. Hujumni aynan darvozabon boshlashiga kup etibor berilmoqda. Shuningdek, qanot himoyachilarinng urni oshib bormoqda. Bundan tashqari raqib jarima maydonchasiga kirib borish uchun kamroq tupga teginishga etibor berishmoqda. Uylashimcha, mana shu uch yunalishda evolyusiya davom etadi».

Uzbekistonga tavsiyalar

Uzbekiston milliy jamoasi hali jahon chempionatiga chiqmagan. Bu musobaqada ikki marta qatnashib, bir marta chempion bulgan del Boske mundialga chiqish uchun nima qilish kerakligi haqida fikr bildirdi: «Bu uchun avvalo yakhshi murabbiylar tarbiyalanishi kerak. Uz navbatida ular kuchli futbolchilarni tarbiyalaydi. Shuningdek, kuchli futbol mamlakatlarining tajribasini urganib, kur-kurona kuchirmagan holda ulardan namuna olish orqali uz uslubini ishlab chiqish kerak. Futbolni rivojlantirishning yagona «sehrli formulasi» mavjud emas. Bu uchun ishni bolalar futbolidan boshlash kerak», deydi del Boske.


Foto: KUN.UZ
Visente del Boske

Del Boske bilan suhbatlashib, undan Florentino Peres haqida suramaslik mumkinmi? Yuq, albatta. Del Boske uz vaqtida u bilan birga ishlagan Peres haqida gapirdi: «Peres «Real»ning har qanday rahbarlari kabi klubni rivojlantirishga harakat qilmoqda. U bu borada katta muvaffaqiyat qozongan. Men 30 yildan uzoqroq «Real»da ishladim, shu bois bu jamoa haqida yomon fikr bildira olmayman».

О нас

Яна маълумот

9Q0tDg6D-YTxeC7Z1C6SzNNVtnJt5fqo

Angliyada 1 iyundan futbol mavsumi tiklanadi

Angliya hukumati 1 iyun kunidan boshlab Premer-liga va boshqa turnirlarni davom ettirishga rukhsat berdi, deya …