Главная / Media / Freedom House «Korrupsiyani tiyib turish» subindikatori buyicha Uzbekistonga 0 ball quydi. Bunga asosiy sabablar
<

Freedom House «Korrupsiyani tiyib turish» subindikatori buyicha Uzbekistonga 0 ball quydi. Bunga asosiy sabablar

2019 yil 23 dekabr kuni prezidentning «Khalqaro reyting va indekslarda Uzbekiston Respublikasining urnini yakhshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish tugrisida»gi farmoni bilan tuzilgan Ustuvor khalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish buyicha komissiyaning 2019 yil yakunlari buyicha yigilishi bulib utdi.

Moliya vazirligi khabariga kura, yigilish bosh vazir urinbosari – moliya vaziri, Ustuvor khalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish buyicha komissiyaning raisi – Jamshid Quchqorov boshchiligida bulib utdi.

Komissiya raisi, yigilish ishtirokchilariga prezident farmon va qarorlarida belgilangan ustuvor khalqaro reytinglarda Uzbekiston urnining kutarilishi aholi farovonligida katta ahamiyat kasb etishi va davlat idoralarning faoliyatini ushbu reyting va indekslarning talablari, baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda yuritish maqsadga muvofiqligini takidladi.

Yigilish davomida Komissiyaning yil davomida ustuvor khalqaro reyting va indekslar bilan ishlash buyicha bajargan ishlari muhokama qilindi va kelgusi yil uchun Komissiya faoliyatining yunalishlari va rejalari belgilab olindi.

2019 yil davomida ustuvor khalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan qator vazirlik va idoralarda ikhtisoslashgan tarkibiy bulinmalar tashkil etildi, Jahon banki, BMT Rivojlanish dasturi, Jahon iqtisodiy forumi, khalqaro reyting agentliklari kabi reyting beruvchi tashkilotlar bilan muloqot urnatilishiga erishildi.

Bundan tashqari, khalqaro reyting va indekslar bilan ishlash jarayonining samaradorligi va natijaviyligini taminlash maqsadida, khalqaro reyting konsultantlari va ekspertlari bilan yaqindan hamkorlik urnatildi, Uzbekiston Respublikasining urnini ustuvor khalqaro reyting va indekslarda aks ettirish va yanada yakhshilash uchun quyidagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari buyicha ishlar amalga oshirilib kelmoqda:

vazirlik va idoralarning tashabbuskorligini oshirish buyicha;

IHTTning mamlakatlarga khos khatarlarni tasniflash tizimida Uzbekistonning urnini yakhshilash buyicha;

siyosiy-huquqiy reytinglarda Uzbekistonning urnini yakhshilash buyicha;

iqtisodiy reytinglarda Uzbekistonning urnini yakhshilash buyicha;

Global raqobatbardoshlik indeksida Uzbekistonning urnini aks ettirish buyicha;

Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarida Uzbekistonning urnini yakhshilash buyicha;

Uzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va khususiy sektorda raqobatni kuchaytirish buyicha chora-tadbirlar rejasi.

Shu bilan birga, yigilish davomida mamlakatimizning 2019 yilda khalqaro reyting va indekslarda egallagan urni tahlil qilindi.

Reytinglar 2019 yilda 2018 yil uchun baholangan.

Uzbekistonning «Korrupsiyani qabul qilish indeksi»da qulga kiritgan ball miqdori 22 balldan 23 ballga usganligiga qaramasdan, respublikaning indeksdagi urni 1 pogonaga tushdi. Buning asosiy sababi Tojikiston va Eritreya davlatlarining indeksdagi natijalari mos ravishda 21 balldan 25 ballga hamda 20 balldan 24 ballga usib, 161-urindan 152-uringa va 165-urindan 157-uringa kutarilganligidir.

«Korrupsiyani tiyib turish» subindikatori buyicha Economist Intelligence Unit va Freedom House tashkilotlari tomonidan Uzbekistonga «0» ball quyilgan. Bunga asosiy sabablar:

fuqarolar turar joylarining buzilishi;

mansabdor shakhslar tomonidan fuqarolarning huquqlari buzilishi holatlari jazosiz qolayotganligi;

joylarda maishiy korrupsiyaning mavjudligi;

sud tizimida qonuniylik bilan bogliq vaziyatning yomonlashuvi.

Yigilishda Komissiya azolari va masul tadqiqot institutlarining hisobotlari eshitilib, ularga ushbu jarayonni jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Alohida etibor qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining amaliyotda etarli darajada tatbiq etilmayotganligi, reyting beruvchi tashkilotlarga respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar tugrisidagi malumotlar etib bormayotganligi hamda khalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan tusiqlarni bartaraf etishga qaratildi.

Yigilish yakunida 2020 yilda amalga oshirilish zarur rejalarni, khususan, respublika aks ettirilmagan ustuvor khalqaro indekslarga kirish ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni hal etish takliflarini ishlab chiqish, «Uzbekiston Respublikasi khalqaro reytinglarda» yagona portalini yaratish, khalqaro reyting va indekslarga tasir etuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va chora-tadbirlar rejalarini ekspertizadan utkazish, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy uquv yurtlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, 2030 yilgacha samaradorlikning eng muhim kursatkichlari buyicha takliflar tayyorlash, 2020 yil davomida ommaviy akhborot vositalari va nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari uchun khalqaro reyting va indekslarning mohiyatini yoritib beruvchi seminar-treninglar tashkil etishni amalga oshirishga kelishildi.

О нас

Яна маълумот

54309559-D2DB-42AE-AF65-F87671539BEE_w1023_r1_s

Uzbekiston 24” telekanali bosh muharriri mafkura buyicha maslahatchi muovini etib tayinlandi

Uzbekiston Milliy agentligining khabar berishicha¸“Uzbekiston 24” telekanali bosh muharriri Farhod Mahmudov Ommaviy akhborot vositalari, manaviyat …