Главная / Jamiyat / Fransuzcha soglom parhez qoidalariga doir savol-javoblar
<

Fransuzcha soglom parhez qoidalariga doir savol-javoblar

Professor, jarroh-onkolog va parhezshunos Anri Juayo “Soglom ovqatlanishning fransuzcha qoidalari” kitobini yozib, taqdim etgan. Kitobning asosiy goyasi – taomni qanday tayyorlayotganing haqida uylan. “Layfkhaker” uning nimani nazarda tutgani haqida malumot berdi.

1. “Fransuzcha” oziqlanish uchun nima qilish kerak?

Nonushta — kunning eng muhim taomlanish vaqti. U tuyimli bulishi kerak: bu uzlashtirish kerak bulgan odat. Uyquga yotishdan avval ertalabki menyu haqida uylab quying.

usp8uqwbita3t4homqrgahhlplmfqtao

Nonushtaga bir chashka sut qushilgan qaynoq shokolad yoki bir choy qoshiq shakar yoki asal qushilgan 500 ml kuk choy, toshchup  va rozmarin dimlamasidan iching. Ikki bulak non. Bir mavsumiy mevadan qushasiz.

Tushlik 13:30ga qadar rejalashtirilgan bulsa, 9:30 va 11:00 orasida quritilgan mevalar bilan bodom eyish mumkin. Shu bilan birga, sarkhil mevalardan ham eng.

Tushlik quyidagilardan iborat bulishi kerak:

  • taom oldi – sarkhil sabzavotlar, dukkaklilar, tukhum, yogsiz pishloq yoki sabzavotli shurva;
  • asosiy taom — donlilar + sabzavotlar + baliq yoki ildiz ekinlar + sutli mahsulotlar + yashil sabzavotlar yoki yogsiz gusht (tovuq, quyon, kurka) + sabzavotlar;
  • desert — sarkhil mevalar va pishloq;
  • ikki bulak qora non.

Kechki ovqat — engil taom: bir yoki ikki meva, zaytun yogi bilan aralashgan yashil salat, ikki bulak quritilgan non, biroz bodom.

Professor tavsiyalari

  • Sigir sutidan tayyorlangan pishloqlarni kuniga bir martadan ortiq istemol qilish tavsiya etilmaydi;
  • Mevali tvorojoklar va yogurtlarga kup qiziqmang: ularda kupincha shakar miqdori yuqori buladi;
  • Shakar istemolini kamaytiring, mevalar va asal bilan kifoyalaning.
  • Gushtni pechda dimlang, pechga quyishdan oldin unga shurvadan purkang.
  • Ragu, gushtli shurva, sousli taomlarni istemol qilishdan oldin tayyorlang.

2. Qay biri yakhshiroq: qaynatish, dimlash yoki qovurish?

Taom tayyorlashning nomaqbul usullari:

  • Grilda – kuygan gusht yuzasida kanserogen benzpirenlar buladi.  Mahsulotni grilda uzoq qoldirmay, khavfni kamaytirish mumkin;
  • Vertelda – zararli moddalar hosil bulishining oldini olish uchun mahsulotni isitish manbaidan maksimal masofada ushlash kerak;
  • Frityurda – unda kanserogen uglevodorodlar va boshqa moddalar hosil buladi. Taom tayyorlashda foydalanadigan yogingizni tez-tez almashtirib turing;
  • Suvda qaynatish – vitaminlar va mineral tuzlar suvga chiqib ketadi. Istisno – shurva qaynatayotgan bulsangiz.
  • Tezpisharda – unda ham shu muammo. Harorat 100 darajadan oshsa (tezpisharda 105 darajagacha oshadi), vitaminlar parchalanib ketadi.

Taom tayyorlashning mukammal usuli – yumshoq bugda, 95 darajali haroratda. U har qanday taomga tugri keladi. Mahsulotlar tabiiy tamini saqlab qoladi va yakhshiroq qabul qilinadi.

Bunday usul guruch va boshqa donlarni pishirishda ham qul keladi.

3. Urta er dengiziga khos ovqatlanish turi qanday?

Urta er dengiziga khos ovqatlanish rasioniniga misol:

  • sabzavotlar – har taomlanish vaqtida;
  • donlarning bir turi (guruch va boshqalar), non – har kuni;
  • sarkhil mevalar – kuniga kamida 4 mahal;
  • pishloq, sut mahsulotlari – kuniga 1-2 mahal;
  • baliq – haftasiga 3 marta;
  • dukkaklilar – haftasiga 1-2 marta;
  • tukhum – haftasiga kamida 5 dona.

Taomlanishning bu turi rasionda tuyingan yoglarning kamligi, murakkab uglevodlar (meva va sabzavotlar)ning kupligi bilan ajralib turadi, unda usimlik oqsili (donli va dukkaklilar) kuproq, shu mintaqaning uzida etishtiriluvchi yoki ishlab chiqariluvchi mahsulotlar (baliq, zaytun yogi va b.) kup.

Urta er dengizi parhezi yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning barcha turlarida samarali profilaktika hisoblanadi. Brokkoli, bryussel karami, qulupnay, maymunjon, olmalar, kivi, kuk choy, sarimsoq kukunida saratonga qarshi komponentlar mavjud.

О нас

Яна маълумот

agCkoYZuMMFytud3lRmV09wdqqZxhe_D

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinadi

Uzbekistonda Gollivud aktyorlari ishtirokida tarikhiy serial suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan 2020 yilda Samarqand, …