Yuqorida homiladorlikning oxirgi bir necha haftasida homilador ayolning korni tez katta bo’lishi haqida gapirgan edik. Bu jarayon shunday sezilarli kechadiki, aksariyat ayollar ko’zguga qomatlarini solib: «Egizak tug’sam-a?» deb xavotirga tushadilar.
Bo’lishi mumkin. Xalqimizda Fotima-Zuhra, Hasan-Husan ismlarining ko’pligi fikrimizga dalil. Darhaqiqat, egizaklar bizda uz ismlari bilan tug’ilishadi. Hatto ulardan keyingi farzandlarning ham uz ismi bor: Zahro, Tohir.
Xo’sh, egizaklar (ikki, uch homila) qanday paydo bo’ladi?!
Esingizda bo’lsa, kitobimizning «Qiz bola» va «Bo’yida bulish» kabi maqolalarida qizlarda tuxumdon juft bo’lishi haqida aytgandik. Ular faoliyatini kuzatganda tabiatning «donishmand»ligiga qoyil qolmasdan iloji yo’q. U ayol salomatligi haqi-
dagina emas, insoniyat avlodlarini tegishlicha to’ldirib borish haqida ham qayg’uradi.
Ayolning qorin bo’shlig’ida joylashgan juft tuxumdonda ikki hayz orasida bir tuxum hujayra etiladi. Odatda, bu turt haftada bir – yo o’ng, yo chap tuxumdonda sodir buladi. Keyingi hayz maromida avval tuxum hujayra etiltirgan tuxumdon «dam oladi», navbatdagi tuxum hujayra ikkinchi tuxumdonda etiladi. Ana shu o’ziga xos «kelishuvchanlik» ayolning tug’ishga qodir bo’lgan davri mobaynida davom etadi.
Biroq vaqt-vaqgi bilan tabiat er yuzida odamzodning kamayib ketayotganini his qilibmi yoki qiz va o’g’il bolalar muvozanati buzilayotganini sezibmi, ayol organizmining bu faoliyatiga «aralashadi». Shunda tuxumdonlar odatdagidek navbatma-navbat emas, ikkalovi birdan – bittadan tuxum hujayra yoki bir tuxumdon (ikkinchisi «dam olayotganda») ikki tuxum hujayra hosil qiladi. Biri – bitta, ikkinchisi esa qo’shalok yoki undan kup tuxum xujayra hosil qilgan hollar xam uchraydi. Faqat bu kamdan-kam sodir bo’ladi.
Umuman, o’rta hisobda har 85 tug’uruqqa bir egizak, har 6-8 ming tug’uruqqa esa bir yo’la uch egizak to’g’ri kelishi kuzatiladi. Undan ortiq egizak tug’ish ahyon-ahyonda uchraydi.
Bir tuxumli egizaklar ikki yadroli tuxum hujayraning spermatazoid bilan otalanishidan yoki ikki yadroli spermatazoid bir yadroli tuxum hujayrani otalantirishi natijasida hosil buladi. Baʼzan tuxum hujayralar uchta, turtta (va undan ortiq) yadrodan iborat bo’lsa, uchtalik, turttalik va hokazo egizaklar rivojlanishi mumkin.
Bir tuxumli egizaklarning platsentasi bitta, ularning jinsi ham (faqat qiz yoki faqat ug’il), qon guruxdari ham bir xil va tashqi qiyofalari bir-biriga juda o’xshash bo’ladi, ularni, hatto eng yaqin kishilari ham bir-biridan ajratishga qiynaladilar.
Ikki tuxumli, yaʼni har xil tuxumdan rivojlanadigan egizaklar bir vaqtda etilgan va aloxida urug’lar bilan otalangan 2 va undan ortik tuxum hujayradan hosil bo’ladi. Ular uzicha mustaqil rivojlanadi, platsentasi ham alohida bo’ladi, qon guruhlari esa bir yoki har xil bulishi mumkin. Shunga qarab jinslariham bir yoki har xil bo’ladi. Ular urtasidagi o’xshashlik odatdagicha: «aka-uka», «opa-singil», «aka-singil», «opa-uka»dek buladi.
Egizaklarning bo’yi va og’irligi (baʼzan ancha) farq qiladi, bu bachadon-platsenta qon aylanish tizimidan oziq moddalarning teng taqsimlanmaganligi bilan bog’liq. Egizaklar bachadonda turlicha holatda joylashgan buladi. Kupincha buylamasiga – biri bachadonning >ng va boshqasi chap tomonini egallaydi. Egizak homilani homiladorlikning 2-yarmida, yurak urishi eshitiladigan paytda aniqlash mumkin, ultratovushli diagnostik apparatlar yordamida esa 3-5 haftadayoq aniqlasa bo’ladi. Egizak homilalarda ayol organiz.miga zo’r kelib, boshqorong’ilik ancha qiyin kechadi, bachadonning nihoyatda chuzilishi natijasida tug’uruq vaqtidan oldinroq ro’y beradi. Shuning uchun ham homilasi egizak deb topilgan ayollar tez-tez ginekologga ko’rinib turishlari, 27-29 haftalik bulganda esa erta tug’ib ko’yishning oldini olish maqsadida tug’uruqxonada profilaktik davolanishlari zarur. Ular tug’ish vaqtidan bir oz avvalrok tug’uruqxonaga yotsalar yaxshi bo’ladi, chunki homila o’z vaktida tug’ilsa ham qog’onoq suvining erta ketib qolishi, to’lg’oqning zaif bulishi va shu kabi baʼzi holatlar uchraydi.
Umuman esa kup homilalik normal kechganda tug’uruq vaqtida deyarli hech qanday asoratlar kuzatilmaydi.
«Egizaklarning tug’ilishida irsiyat, naslning ahamiyati bormi?» degan savolning tug’ilishi tabiiy. Shuni aytish kerakki, bulajak onalar yoki otalarning uzlari egizak tug’ilgan, ota-bobolari yoki nisbatan uzokrok egizak qarindoshlari bo’lgan oilalarda egizaklarning tug’ilish ehtimoli ko’proq bo’ladi.