elektr-skuterAmerikaning Ford kompaniyasi CES 2018 kurgazmasida yangi elektr transport vositasini taqdim etdi. Ammo u elektromobil emasligi taqdimot vaqtida malum buldi. Ford shahar yullarida harakatlanish ustida jiddiy bosh qotirib, yorqin va ikhcham Ojo elektr skuterlarini namoyish etdi, deb khabar qilmoqda Gas2.

Bu kimgadir unchalik ham jiddiy bulmagan yangilik bulishi mumkin, ammo elektr transporti va skuterlar ishlab chiqarish borasida 5 yil mobaynida yangilik bulmagani etiborga olinsa, jiddiy yutuqdir. Skuter turli ranglarda taqdim etilgan. U soatiga 32 km.gacha tezlikda 40 km masofani bosib utishi mumkin. Skuterni 500 Vt quvvatga egaa elektromotor harakatga keltiradi. U 130 kg.gacha yukni kutara oladi.

Motor shunchalik kuchliki, u 18 daraja qiyalikdagii tepalikka chiqish imkonini beradi. Akkumulyator esa, oddiy elektr rozetkasidan quvvat oladi.

Qayd etish joizki, sunggi vaqtlarda mitti elektr transport vositalari tirband shaharlarda tobora ommalashib bormoqda. Yangi namunadagi batareyalar paydo bulishi esa, ularning harakatlanish masofalari uzayishini taminlaydi.