usmanovForbes’ning Rossiyadagi nashri eng kup daromadlarga ega rossiyalik milliarderlar ruykhatini elon qildi.

Bu erdagi reytingda aktivlarni sotishdan yoki dividendlar kurinishida olingan real pullar hisobga olinadi. Shakhsiy mulkni sotish buyicha bitimlar hisoblanmadi.

Alisher Usmonov reytingda 660 mln dollarlik daromad bilan 10-urinni egalladi. Pullar «Metalloinvest» va «Megafon» dividendlarini tulanishi natijasida olindi.

Forbes’ning aniqlik kiritishicha, «Metalloinvest» temir rudasiga narkhlarning usishi fonida aksiyadorlarga 67 mlrd rubldan kuproq dividend tulab berdi, ammo 25,1 mlrd rubl kompaniyaga avval taqdim etilgan guruh ichidagi qarzlarni qoplash hisobidan darhol qaytib keldi.

Usmonovning yana bir kompaniyasi – «Megafon» – deyarli 20 mlrd rubllik dividendni tuladi, biroq 2018 yilda direktorlar kengashi «Yarovaya qonuni» tufayli kapital kharajatlarning ehtimoliy usishi fonida dividendlarni tulamaslikni tavsiya etdi.

Birinchi urinni esa 2,3 mlrd dollarlik daromad bilan Kirill Shamalov egalladi. Bu pullar dividendlar hamda «Sibur» kimyoviy kompaniyasi aksiyalarini uning asosiy aksiyadori Leonid Mikhelsonga sotish natijasida olingan.