Главная / Iqtisodiyot / Fiat Chrysler va Peugeot kompaniyalari birlashish haqidagi kelishuvni imzoladi
<

Fiat Chrysler va Peugeot kompaniyalari birlashish haqidagi kelishuvni imzoladi

Fiat Chrysler (FCA) konserni va Peugeot, Citroen hamda Opel avtomobil brendlarini birlashtiruvchi PSA fransuz guruhi avval elon qilingan birlashish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda PSA saytidagi bayonotda malum qilingan.

Avvalroq kompaniyalar 50/50 shaklida tuliq birlashish ustida ishlashga kelishib olgani malum bulgandi. Birlashish amalga oshirilgach, ikki konsern aksiyadorlari yangi kompaniyaning 50 foizdan aksiyalarini olishadi. Yangi kompaniyaga PSA bosh direktori Karlos Tavares rahbarlik qiladi. Fiat Chrysler boshqaruv raisi Jon Elkan esa kompaniyaning direktor kengashi raisi buladi.

Ikki tomonga yangi avtomobil modellarini ishlab chiqish va mashinalar ishlab chiqarish kharajatlarini qisqartirishga imkon beradigan kelishuv 12-15 oyda amalga oshirilishi takhmin qilinmoqda. Ikki konsernning birlashishi natijasida bozorda 48 mlrd dollarlik kapitallashuv va yiliga 190 mlrd dollarlik tushumga ega avtogigant paydo bulishi kutilmoqda. Yiliga 8,7 mln dona mashina ishlab chiqarilishi esa ushbu kompaniyani Volkswagen, Toyota va Renault-Nissan’dan keyin 4-raqamli kompaniyaga aylantiradi.

О нас

Яна маълумот

KCFwogRWt-S2aUBcW1rZl7qDZF5Pgi4p

Sayyohlar uchun 2020 yilda eng khavfsiz davlatlar malum qilindi. Uzbekiston MDH davlatlari orasida etakchi

2020 yilda sayyohlar uchun eng khavfsiz va eng khavfli davlatlar malum qilindi. Uzbekiston bu borada …