Главная / Jamiyat / YOsh aël bilan intim videosi tarqalgan urganchlik mulla milisiyani shakhsiy hayotiga dakhl qilganlikda aybladi

YOsh aël bilan intim videosi tarqalgan urganchlik mulla milisiyani shakhsiy hayotiga dakhl qilganlikda aybladi

YOsh qiz bilan intim videosi tarqalgan 61 yoshli khorazmlik mulla Abduhamid Otajonov Ozodlik bilan suhbatda Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi khodimlarini uz shakhsiy hayotiga dakhl qilib, olti yil avval olingan videoni ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborganlikda aybladi.

Keksa ëshli erkakning eski kitoblar quyilgan khontakhta yonida qip-yalangoch ahvolda yosh ayol bilan intim holatda utirgani aks etgan video utgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqadi.

Videoda¸ erkak va aël ustiga bostirib kirib borgan yigitlarning ularga videokamerani qaratib¸ suroqqa tutgani aks etadi.

Bunga javoban aël ichki kiyimlarini qayta kiya boshlasa¸ erkak kirib kelganlarni shakhsiy hayotiga dakhl qilganlikda ayblay boshlaydi.

Urganchlik mulla Abduhamid Otajonov Ozodlik bilan suhbatda vidodagi shakhs uzi ekanini tasdiqlar ekan¸ bu voqeaning olti yil avval bulgani, ushanda ikki nafar milisiya khodimi uyi eshigini buzib, ustiga bostirib kirgani va videoga olganini aytadi:

– 2012 yilda bulgandi bu ish. Mening khotinim yuq. Hech qanday jinoyat qilganim yuq, uz uyimda yotibman. Uyda yotish mumkin emasmi? Mullalarga mumkin emasmi bu ishni qilish? Khotinim yuq bulgani uchun¸ noilojlikdan qildim. Bu qiz mening uyimga uzi kelgan, majburlab olib kelmadim. “Khotiningiz yuq ekan, uzim massaj qilaman, kiringizni yuvib beraman”, deb yurdi¸ keyin shu ish buldi. Lekin bular ustimga bostirib kirib, videoga olishdi. 2012 yilda bu gap tamom bulgandi. Endi olti yil oldin olingan videoni tarqatib yuborishibdi, – deydi Abduhamid Otajonov.

Urganchlik mulla uyiga bostirib borganlarni, berukhsat videoga olib ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborganlarni uz shakhsiy hayotiga dakhl qilganlikda ayblaydi:

– Milisiyada saqlanib turgan video qanday qilib chiqib ketayapti? Milisiya arkhividagi videoni kim borib chiqarib yubora oladi? Milisiyadan boshqa bu videoni kim chiqarib yubora oladi? Kecha milisiyadan meni qurqitib, “Ichki ishlarga davom yuq”, deb yozib berasan deyishayapti. Davom yuq bulsa¸ meni kim chiqardi, devor oldimi videoga? YO osmondan kelib uzga planetaliklar chiqardimi? 2012 yilda bulgandiku bu! Men hozir milisiyadan shu videoni tarqatib yuborganlarni aniqlab, jazolashni talab qilaman. Mendek bir qariyani ustiga bostirib kelguncha ugri-muttahamlarni ushlashsa buladiku bular. Milisiya qilgan bu ish uchun kerak bulsa uzimni uzim uldirishga ham tayyor turibman. Milisiyani bu qilgan ishini hamma joyga yozaman, keyin ulimim uchun javob berishsin bular, – deydi Ozodlik bilan videosuhbatda Otajonov.

Ayni paytda¸ Otajonov uz shakhsiy haëtiga ketma-ket ikki marta qupol ravishda dakhl qilgan milisiya khodimlarining shakhsini bilmasligi¸ ammo ularning Urganch shahar IIB rasmiylari ekanini reyd paytidagi hujjatidan bilganini aytadi.

Ozodlik 23-28 avgust oraligida Urganch shahar IIB rasmiylari bilan boglanib¸ voqeaga munosabat bildirishni suradi. “Uzimiz qaytib telefon qilamiz”¸ degan shahar milisiyasi rasmiylari hozircha Ozodlikka boglangani va Otajonov ayblovlari yuzasidan izoh bergani yuq.

Urganchlik kuf-sufchi mulla

Mulla va yosh ayol intim holatda utirgan khonadagi khontakhta ustida eski kitoblar bilan oq salla turganini kurish mumkin.

Kitoblar haqida suralganda mulla ularning ota-bobosidan qolgan kitoblar ekanini aytadi.

“Ota-bobomdan qolgan qadimiy kitoblar, tegma kitoblarga shol bulasan,”- deydi domla yalangoch badanining pastki qismini rumol bilan uray turib.

Videoni olayotgan erkak esa: “Men shol bulamanmi yo ishni qilgan siz shol bulasizmi”, deya javob qiladi.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim urganchliklar videodagi domla tugmas ayollarga dam solish bilan butun viloyatga dongi ketgan “kuf-sufchi” mulla ekanini aytishdi.

Ozodlikning Facebook sahifasiga murojaat qilgan bir necha aël ayni mullaning uyiga shifo izlab borgani va jinsiy tegajoglikka uchraganini iddao qildi.

Abduhamid Otajonov bu iddaolarni keskin rad qildi. Mulla Ozodlik bilan suhbatda utmishda odamlarga dam solish bilan shugullangani, lekin bepusht ayollar hech qachon mijozi bulmaganini aytdi:

– Meni bepusht ayollarga dam soladi, deb chiqishibdi, bulmagan gap. Tugri, mening otam khujalardan, eshonlardan bulgan, mulla utgan. Bizga yosh paytimizda urgatgan arabcha uqishni. Arabchani bilaman. Shuning uchun ziyoni tutganlar, yomon tush kurganlar, epilepsiya bulganlar keladi dam soldirgani. Ularga Quron uqib¸ tutatki qilaman. Uzbekiston davlati tarafidan chiqarilgan Quroni Karim kitobidan yozib beraman, “Oyatlar khislatlari” degan kitobdan yozib beraman, olib ketishadi, – deydi Otajonov.

Huquq-tartibot khodimlarining olti yil avvalgi reydidan sung mulla dam solish faoliyatini tukhtatganini aytadi:

– Milisiyaga olib ketishdi meni ushanda. Kitoblarimni noqonuniy vahobiylarni adabiyoti deb, konfiskasiya qilmoqchi bulishdi. Men ularga qanaqa vahobiy, bu ota-bobomdan qolgan eski Fuzuliyning sherlari bitilgan kitoblar ekanini aytdim. Tekshirib kurib qaytarib berishdi keyin, – deydi Abduhamid Otajonov.

Khorazm viloyati hokimligining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bulimi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda aholi orasida mulla yoki domla deb ataluvchi bu shakhsning aslida diniy tashkilotlarga aloqasi ham¸ tabiblik buyicha lisenziyasi ham yuqligini aytdi.

Яна маълумот

nUpwfes8jZf5puqVDrT-ygaHB6NViOgS

Qaysi kasalliklarda Fitoterapiya samarali tasir qiladi?

Shifobakhsh usimliklardan tayyorlangan dorilar qaysi kasalliklarga samarali tasir qilishi haqida malumot berildi. Shifobakhsh usimliklar qadimdan …