Главная / Jamiyat / Erning vazifalari

Erning vazifalari

Alloh taolo barcha jonzotlarni, shuningdek, insonlarni ham juft-juft bulib yashashga mos holda yaratgan. Oila inson zoti yaratilganidan boshlab davom etib, insoniyat tarikhining barcha davrlarida har qanday tuzum va sharoitda ham insonlarning asosiy va muhim ishlaridan hisoblanib kelgan.
Oila insonni saodatini taminlovchi muqaddas qurgondir.

Oilada erkakning masuliyati alohida qayd qilingan. Alloh taolo erkak kishini ruhiy va jismoniy jihatlari bilan ayoldan farqli ularoq  uni oila rahbari bulishga mos holda yaratgan. Oila qurish va uni nafaqa bilan taminlash, osoyishtaligini saqlash va bu yuldagi barcha sarf-harajatlar erkakning zimmasidadir. Alloh taolo erkak kishiga oiladek muqaddas qurgonga rahbarlik qilish vazifasini yuklab, uziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan ado etishga buyurishi bilan birga bunday oilalarning bakhtli bulishlariga ham yul kursatadi. Alloh taolo Quroni karimda shunday deydi:
yani: “Erkaklar khotinlar ustidan (oila boshligi sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab- Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (bazi khususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar uz oilasiga) uz mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir” (Niso surasi 34-oyat).
Erning uz khotini oldida ham ijtimoiy, ham jismoniy, ham moliyaviy burchi mavjud. Alloh taolo marhamat qiladi:
yani: “…Ular bilan tinch totuv turmush kechiringiz…” (Niso surasi 19-oyat).
Darhaqiqat, Islom dini uz ayollariga nisbatan yakhshi munosabatda bulgan erkaklarni insonlarning eng yakhshisi qatoriga qushadi. Bu khususda Paygambarimiz sallollohu alayhi vassallam bunday marhamat qilganlar:
yani: “Sizlarning ichingizda eng yakhshingiz uz ahli ayoliga nisbatan yakhshi munosabatda bulganingizdir. Men esa uz ahlimga sizlardan kura yakhshiroq munosabatdaman” (Imom Termiziy rivoyati).
Albatta, har tukisda bir ayb deganlaridek, inson zoti aybu nuqsonlardan holi emas. Shunday ekan, erkaklarga uz ayollarining ayblarini berkitib, oilaning bardavom va bakhtiyor bulishini kuzda tutgan holda ularga vaqti-vaqti bilan pandu nasihat qilib turishligi lozim buladi.
Paygambarimiz sallollohu alayhi vassallam marhamat qiladilar:
yani: “Hech bir mumin hech qaysi mumina ayolini yomon kurmasin. Agar uning hulq atvoridan birini yoqtirmasa, boshqa hulqini yoqtirishi mumkin” (Imom Muslim rivoyati).
Erkak kishining eng katta burchi uz qaramogidagilarning uzgalarga qaram bulib qolishiga yul quymasligidir. Darhaqiqat, erkaklarning zimmasiga ahli ayol nafaqasi farzdir. Bu khususda Rasululloh sallollohu alayhi vassallam hadislarining birida:
yani: “Kishi uz qaramogidagilarini nafaqasiz tashlab quyishi uning qattiq gunohkorligiga kifoya qiladi” (Abu Dovud rivoyati), deya marhamat qilganlar.
Ming afsuslar bulsinki, hozirgi kunda bazi bir oila boshliqlari ayni shu masalada uz vazifalarini unutib quymoqdalar. Hatto bazilari oriyatsizlik bilan uz juftu halollarini  uzga yurtlarga borib ishlab pul topib kelishga majburlayotganliklari va ayolini topgan maoshiga kun kechirayotganliklari ham malum bulmoqda. Bunday holatlarni paydo bulishi achinarli holdir.
Rasululloh sallollohu alayhi vassallam erkaklarga murojaat qilib, bunday dedilar:
yani: “Ayollarni haqlarida Allohdan qurqinglar”-dedi. Shunda sahobalar Rasululloh sallollohu alayhi vassallamdan suradilar: “Zimmamizda ayollarimizni qanday haqlari bor?” On hazrat aytdilarki: “Eganingizda uni ham edirmogingiz, yuziga urmaslik, qabih suzlar bilan haqorat qilmaslik, arazlashganda uydan chiqmagan holda urinni boshqa qilib yotmoqlik”, (Abu Dovud rivoyati) -dedilar.
“Bir kishi Umar ibn Khattob roziyallohu anhunikiga uz jufti halolining badhulqligidan shikoyat qilib keldi. Uning darvozasi oldida chiqishini kutib turdi. Birdan ichkaridan Umar (roziyallohu anhu)ning khotini unga til chuzayotganini, unga nisbatan qattiq-quruq gaplar aytayotganini eshitib qoldi. Umar  (roziyallohu anhu) sukut saqlar, ayoliga gap qaytarmas edi. Haligi kelgan kishi ortiga qaytdi. Ichida: “Muminlarning amiri bula turib, shiddat va salobatda dong taratgan bula turib, Umarning holi shu bulsa, men khafa bulmasam ham bular ekan”, -dedi. Umar (roziyallohu anhu) chiqib, uning qaytib ketayotganini kurdi va oldiga chaqirdi-da:
“Menda nima ishing bor edi?” -dedi.
“Ey muminlarning amiri! Men jufti halolimning badhulqligidan, tilining yomonligidan shikoyat qilgani kelgan edim. Sizning jufti halolingiz ham ushanday ekanini bilib, “Muminlar amirining uz ayoli bilan holi shu bulsa, menga nima bulibdi”, deb ortimga qaytdim”, -dedi.
Shunda Umar (roziyallohu anhu) unga qarab shunday dedi:
“Hoy birodar! Men uning menda haqqi borligi uchun chidayman. U mening taomimni pishiruvchi, nonimni yopuvchi, kiyimlarimni yuvuvchi, bolalarimni emizuvchidir. U bilan qalbim haromdan taskin topadi. Shuning uchun uning gaplariga va qilmishlariga chidayman”.
“Ey muminlarning amiri! Mening jufti halolim ham shunday”, -dedi haligi kishi.
“Bas, unga nisbatan chidamli bul, ey birodar, bu qisqa muddatdir”, -dedi Umar roziyallohu anhu.
Farzandlarni odatda onalar emizib, tarbiya qiladilar. Moddiy taminot buyicha ayol eridan uning toqati etmaydigan narsalarni talab qilishi mumkin emas. Ulamolarimiz aytadilarki, erining topganiga qanoat qilmasdan, undan yanada kuproq narsalar talab qilgan ayollar gunohkor buladilar.
Erning uz ayoliga yakhshilik qilish sirasiga uning ota-onasiga va boshqa qarindoshlariga ham yakhshilik qilishligi ham kiradi. Zotan, erning ularga yakhshilik qilishi shariatning talabidir. Ota-onaga yakhshilik qilish qanchalik ahamiyatga ega ekanini har bir musulmon kishi yakhshi biladi. Kelin uchun erining otasi ota urnida, onasi ona urnida bulganidek, kuyov uchun ham ayolining otasi ota urnida, onasi ona urnida buladi. Shuningdek. Boshqa qarindoshlar, amakilar, ammalar, togalar, kholalar va hokazolar ham.
Ayoliga bulgan muhabbatini sezdirish uchun er muloyim bulib, uning suzlariga etibor bilan quloq solib, hamfikr ekanini izhor qilib turmogi lozim buladi. Agar uyda ayol kishi ovqat pishirgan bulsa, yangi kiyim kiysa, biror khabar yoki qissani aytsa, er bu narsalarga etibor bilan munosabatda bulib, uz khursandligini, munosabatini bayon qilishi darkor. Ayoliga uy ishlarida yordam berib, bu sohada ham uning ogirini engil qilib turishi kerak. Chunki, Paygambarimiz alayhissalom ham ahllari khizmatida bulib, uy supuprib, uz kiyimlarini uzi yamab, quylarini soqqanlar va ummatlariga ham shunday qilishni buyurganlar. Paygambarimiz sallollohu alayhi vassallam biron marta ahli ayollariga qilgan ovqatlaridan ayb akhtarib shikoyat qilmagan ekanlar.
Risoladagi er ayoliga lutf bilan muomala qilib, uni eng chiroyli ismlar bilan chaqiradi va kamchiliklarini kechiradi.
Uylaymanki, ushbu zikr qilingan narsalarda jamiyatimiz hamda insonlar uchun mutlaqo zararli narsalar yuq. Biz oiladagi er kishining burch va vazifalariga qisman tukhtalib utdik. Tomchilardan daryo hosil bulganidek, oilada qut-baraka, yakhshilik, mustahkam asos er-khotinlarni uzaro bir-birlariga chiroyli muomala qilishi va hamisha bir-birlarini tushunib shukr qilib yashashlaridan tugiladi.
Yurtimizdagi barcha oilalar bakhtu-saodatda, tinchlik-khotirjamlikda yashashlarini Alloh nasib etsin!

OILADA ERNING VAZIFASI

Muhtaram jamoat! Alloh taolo erkaklarga oiladek muqaddas qurgonga rahbarlik qilish vazifasini yukladi.  Shu bilan birga erkaklarni ruhiy va jismoniy jihatdan ayollardan farqli qilib, uni oila rahbari bulishiga munosib holda yaratdi. Erkaklar uz zimmalaridagi vazifalarini ado etishlari bu oilaning tinchligi va bakhtu saodatiga sabab buluvchi eng katta omildir.

Shariatimizda erning ayoli oldida moliyaviy va manaviy vazifalari bor. moliyaviylari asosan uch qismga bulinadi:

Birinchisi, ayoliga mahr berish. “Mahr” aqdi nikoh yoki eru khotinlik muomalasi bulish bilan er zimmasiga yuklanadigan, khotinga berish lozim bulgan moldir.

Alloh taolo Quroni karimda shunday marhamat qiladi:

            وَآَتُوا النِّسَاءَ صَدُقَاتِهِنَّ نِحْلَةً فَإِنْ طِبْنَ لَكُمْ عَنْ شَيْءٍ مِنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيئًا مَرِيئًا

سورة النساء/4

yani: “Khotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz! Agar sizlarga uzlari undan biror narsani ikhtiyoriy ravishda kechsa (bersa)lar, sizlar uni bemalol, ishtaha bilan tanovul qilaveringiz”. (Niso surasi, 4-oyat).

Paygambarimiz sollallohu alayhu vasallam mahr borasida shunday marhamat qiladilar:

عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ السَّاعِدِي رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِرَجُلٍ أَرَادَ الزَّوَاجَ: اِلْتَمِسْ وَلَوْ خَاتَمًا مِنْ حَدِيْدٍ

متفق عليه

yani: Sahl ibn Sad roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhu vasallam: “Temirdan bulsa ham bir uzik toping”, deganlar (Muttafaqun alayh).

Ikkinchisi, ayolini oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan taminlash.

Darhaqiqat, erkaklarning zimmasiga ahli ayol nafaqasi farzdir. Bu khususda Rasululloh sallollohu alayhi vassallam hadislarining birida:

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  كَفَى بِالْمَرْءِ إِثْمًا أَنْ يُضَيِّعَ مَنْ يَقُوتُ

رواه الامام أبو داود

yani: “Kishi uz qaramogidagilarini nafaqasiz tashlab quyishi uning qattiq gunohkorligiga kifoya qiladi, deya marhamat qilganlar, (Abu Dovud rivoyati).

Ming afsuslar bulsinki, hozirgi kunda bazi bir oila boshliqlari ayni shu masalada uz vazifalarini unutib quymoqdalar. Hatto bazilari oriyatsizlik bilan uz juftu halollarini  uzga yurtlarga borib, ishlab pul topib kelishga majburlayotganliklari va ayolini topgan maoshiga kun kechirayotganliklari ham malum bulmoqda. Bunday holatlarni paydo bulishi achinarli holdir.

عَنْ جُبَيْرِ بْنِ مُطْعِمٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ مِنَّا مَنْ وَسَّعَ اللهُ عَلَيْهِ ثُمَّ قَتَرَ عَلَى عِيَالِهِ

رواه الامام الديلمي

yani: Jubayr ibn Mutim roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir kishiga Alloh taolo kenglik qilib molu davlat bersayu u kishi uz ahli ayoliga torlik qilsa u bizdan emasdir”, deganlar (Imom Daylamiy rivoyati).

Ahli-ayolga nafaqa berish eng muhim va savobli ishlardan ekanligi haqida Jobir roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

عَنْ جَابِرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  أَوَّلُ مَا يُوْضَعُ فِي مِيْزَانِ الْعَبْدِ نَفَقَتُهُ عَلَى أَهْلِهِ

رواه الامام الطبراني

yani: “Qiyomat kuni tarozuda  birinchi tortiladigan narsa kishining ahli-ayoliga qilgan nafaqasidir”  (Imom Tabaroniy rivoyati).

Shu bilan birga, ayoli bemor bulganda dori-darmon olib berish, shifokorga kursatish kabilar ham erning zimmasidagi vazifalardandir. Ayoli kasal bulsa, otasining uyiga olib borib quyish holatlari ham kupaymoqda. Soglik paytida uydami, tomorqadami, daladami ishlatib, kamiga bozorga chiqarib, betob bulib ishga yaramay qolganida, parvarishga muhtoj bulib turganda, ota uyiga olib borib quyish, ortidan khabar olmaslik, mehnatga yaraydigan bulganda, olib ketishlik  insofli erkakni ishi emasligini unutmasligimiz kerak.

Uchinchisi, ayolini turar joy bilan taminlash. Alloh taolo bu haqda Quroni karimning Taloq surasida aytadi:

أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنْتُمْ مِنْ وُجْدِكُمْ

سورة الطلاق/6

yani: “Ularga (taloq iddasini saqlayotgan khotinlaringizga) uzlaringiz maskan tutgan joydan toqatingizga qarab joy beringiz (Taloq surasi 6-oyat).

Endi esa, erning ayoli oldidagi manaviy vazifalarini bazilari haqida tukhtalib utsak. Ular quyidagilardir:

Birinchisi, ayoli bilan chiroylik muomalada bulish.

Alloh taolo Uz kalomi sharifida quyidagicha marhamat qiladi:

                                                                                                                                    وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ فَإِنْ كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَى أَنْ تَكْرَهُوا شَيْئاً وَيَجْعَلَ اللَّهُ فِيهِ خَيْراً كَثِيراً

سورة النساء/19

yani: Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon kursalaringiz, (bilib quyingki,) balkim sizlar yomon kurgan narsada Alloh (sizlar uchun) kupgina yakhshilik paydo qilishi mumkin (Niso surasi, 19-oyat).

Dinimiz uz ayollariga nisbatan yakhshi munosabatda bulgan erkaklarni insonlarning eng yakhshisi qatoriga qushadi. Bu khususda Paygambarimiz sallollohu alayhi vassallam bunday marhamat qilganlar:

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: خَيْرُكُمْ خَيْرُكُمْ لِأَهْلِهِ، وَأَنَا خَيْرُكُمْ لِأَهْلِي

رواه الامام الترمذي

yani: Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning ichingizda eng yakhshingiz uz ahli ayoliga nisbatan yakhshi munosabatda bulganingizdir. Men esa uz ahlimga sizlardan kura yakhshiroq munosabatdaman”, (Imom Termiziy rivoyati).

Albatta, har tukisda bir ayb deganlaridek, inson zoti aybu nuqsonlardan holi emas. Shunday ekan, erkaklarga uz ayollarining ayblarini berkitib, oilaning bardavom va bakhtiyor bulishini kuzda tutgan holda ularga vaqti-vaqti bilan pandu nasihat qilib turishlari lozim buladi.

Paygambarimiz sallollohu alayhi vassallam marhamat qiladilar:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا يَفْرَكْ مُؤْمِنٌ مُؤْمِنَةً إِنْ كَرِهَ مِنْهَا خُلُقًا رَضِيَ مِنْهَا آخَرَ

رواه الامام مسلم

yani: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hech bir mumin hech qaysi mumina ayolini yomon kurmasin. Agar uning hulq atvoridan birini yoqtirmasa, boshqa hulqini yoqtirishi mumkin” (Imom Muslim rivoyati).

Ikkinchisi, Ayoliga etiborli  bulish.

Erkaklar uz khotiniga nisbatan har tomonlama etiborli bulishlari zarur. Uz ayoliga beparvolik oilada katta muammolar chiqishiga sabab bulishi mumkin. Odatda eridan mehr va etibor kurmagan ayolda eriga nisbatan hurmatsizlik va itoatsizlik hissi tugiladi. Ibn abbos roziyallohu anhu bu haqda shunday deganlar:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: إِنِّيْ أُحِبُّ أَنْ أَتَزَيَّنَ لِلْمَرْأَةِ، كَمَا أُحِبُّ أَنْ تَتَزَيَّنَ لِيَ الْمَرْأَةُ

سنن البيهقي ومصنف ابن أبي شيبة

yani: “Men uchun khotinim qanchalik ziynatlanib yurishini khohlaganimdek, men ham u uchun shunday ziynatlanishni yakhshi kuraman” deganlar (Imom Bayhaqiy va Ibn Abu Shayba rivoyati).

Demak, ayolidan mehr va itoat kutgan har bir er uz khotiniga ham mehrli va etiborli bulishi lozim.

Shu urinda takidlash lozimki, er ota-onasi va boshqalarning gapiga kirib uz ayoliga zulm qilishi va taloq quyishi dinimiz kursatmalariga mutlaqo ziddir.

Muhtaram jamoat! Mavizamiz davomida nafl ruza tutish haqida malumot berib utamiz.

Nafl ruza tutishlikda buyuk savob, ziyoda ajr-mukofot, farz ruzada yul quyilgan kamchilik va khatolarni urnini tuldirish, qalb va badan uchun manfaat va shularga ukhshagan bir qancha foydalar mavjud. Nafl ruzani Ramazon va Qurbon hayiti kunlari, shuningdek, qurbon hayitdan keyingi uch kundan boshqa kunlarda tutsa buladi.

Hadislarda yilning bazi muayyan kunlarida nafl ruza tutishning savobi ulkanligi alohida takidlangandir. Muayyan kunlarning bazilari quyidagilardan iborat:

  • Eng afzal nafl ruza Dovud alayhissalomning ruzasi bulib, bir kun ruza tutib, bir kun tutmaslikdir;
  • Ramazon oyidan keyin eng afzal ruzalardan biri Muharram oyi ruzasi bulib, uning ham uninchi, sungra tuqqizinchi kuni takidlangandir. Muharramning uninchi kuni tutilgan ruza utgan yilgi gunohlarga kafforatdir, degan bashoratlar ham bor;
  • Shavvol oyida olti kun ruza tutish. Hayitdan keyingi kundan boshlab, uzluksiz tutish afzaldir. Bu kunlarning orasini bulib tutish ham joizdir;
  • Har oyda uch kun ruza tutish. yani qamariy oyning un uch, un turt, un beshinchi kunlari ruza tutish sunnatdir. Shuningdek, istasa oyning boshida, yoki okhirida uch kun tutishi mumkin. Bu bilan bir oy ruza tutgandek savobga ega bulishi rivoyat qilingan;
  • Zulhijja oyining dastlabki tuqqiz kuni ruzasi. Bu kunlarning ham afzali tuqqizinchi kuni, yani Arafa kuni ruza tutishlikdir. Haj ibodatiga ehrom boglagan kimsalar bundan mustasno. Arafa kunining ruzasi utgan va kelajak yildagi, yani ikki yillik kichik gunohlarga kafforat bulishi tugrisida kursatmaalar bor;
  • Shabon oyining boshida kuproq ruza tutish sunnatdir;
  • Haftaning dushanba va payshanba kunlari ham ruza tutish sunnatdir;
  • Rajab oyida ham baqadri imkon nafl ruza tutishning savobi kattadir.

Alloh taolo barcha oila rahbarlariga uz zimmalaridagi vazifalarini sidqidil bilan, shariatga muvofiq holda ado etish  bakhtini nasib aylasin. Omin!

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …