Главная / Jamiyat / «Erkakobod». Islomda ayolning urni, feminizm va quldorlik haqida
<

«Erkakobod». Islomda ayolning urni, feminizm va quldorlik haqida

Amerikada quldorlik bekor qilinganda, sobiq qullar bir necha kun kuchalarda bayram qilishgan. Keyin esa, muammolar paydo bulgan: emish kerak, kiyim kerak, yashash kerak — ish esa yuq. Endi nima buladi? Oqibatda, usha qullar sobiq khujayinlarining oldiga qaytib borib, maosh evaziga yollanishga, avvalgidan yomonroq shartlarga kunishga majbur bulishgan ekan.

Yaqinda Toshkent kuchalarida bir guruh ayollarning zamonaviy til bilan aytganda, feministik goyalari aks ettirilgan yozuvlarni tutgan holda fleshmob utkazganiga guvoh buldik. Tabiiy ravishda, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ham, turli saytlarda, bloglarda muhokamalar markazida buldi. Shundan ham khulosa qilish mumkinki, fleshmobchilar uz niyatlariga etdilar, yani turli doiralarda ularning fikrlari «eshitildi», muhokama qilindi.

Ammo bu mavzu qaysi yunalishga qarab ketdi-yu, masalaning asl mohiyatiga qay darajada teginildi, keling shu haqida fikr yuritamiz.

Inkor etmayman, Uzbekistonda aynan kutarilgan masalalarda huquqsizlik bor. Bu mavzu allaqachon kutarilishi, tegishli doiralarda echim izlanishi va shunchaki, manaviy-marifiy ugitlar doirasida qolib ketadigan masala bulmasligi kerak. Menga eng yoqmagani — vaziyat huquqsizlik illatidan chiqib, mafkuraviy tortishuvga aylanib ketganidir.

Yani, bir qaraganda, guyoki ayollarga bulgan hozirgi munosabat uzining kup yillik mafkuraviy asoslarga ega bulgan sarqitdan iborat, deb uylaydigan zamonaviy qarash, birinchisi — usha fleshmobchilar. Ikkinchisi esa, rostdan ham, bu holatda muammo kurmaydigan va aynan shu shaklni tugri, hatto diniy asosga ega bulgan qarash deb biladiganlar — ular zur berib fleshmobchilarga qarshilik qilishdi.

Avval mana shu mavzularni ajratib olishimiz lozim.

Har qanday mafkuradagi haq-huquqlar, erkinliklarga baho berishda yashalayotgan turmush tarziga emas, rukhsat berilgan chegaralarga qarash tugriroq buladi. Sababi — turmush tarzi faqat mafkura va ulchovlar ustiga qurilmaydi, zamon va makon, urf-odatlar ham chuqur ahamiyat kasb etganidan, hammasi aralashib, chalkashib ketishi mumkin.

Masalan, Islom dinida ayol kishining urni deganda biz faqat uyda utiradigan, bola tugib ularga qaraydigan, jamiyatdan uzilgan, erining har qanday boshqaruviga chidaydigan shartlarni kuz oldimizga keltiramiz. Ammo Islom tarikhiga qaraganimizda, rostdanam shundaymi? Paygambarimiz (s.a.v.) davrlarida ayollarning erkinlik chegarasi qaerlargacha borgan?

Aytaylik, paygambarimiz (s.a.v.) vafotidan sung, ularning qizi Fotima (r.a.) malum khususda qatiy uz siyosiy pozisiyalarini malum qilganlar. Bu uz vaqtida paygambarimiz (s.a.v.) boshqalardan alohida ajratmagan «qizim Fotima ugirlik qilsa ham, jazolayman», deb misol keltirilgan ayol bilan bogliq vaziyat. Oysha (r.a.) davlat taqdiri hal qilinayotgan uta jiddiy ziddiyatlarda markaziy urinni egallaganlar. Yani hech kim ularga «bu ayol kishining ishi emas, uyingda aralashmay utir», qabilidagi etirozda bulmagan.

YOki etakchi rollarda hijrat qilgan, hatto janglarda qatnashgan ayollar haqida bilamiz. Umar (r.a.) bilan bogliq ham juda mashhur voqea bor. Mahr shartlari kupayib ketib, kupchilik uylanishga qiynalib qolganda, Amir Umar (r.a.) miqdorni kamaytirish, qaysidir chegaragacha belgilash taklifini kiritadi. Shunda majlisda utirgan ayollardan biri etiroz qilib, «Alloh chegaralamagan ishlarda sen cheklov kiritasanmi, ey Umar?!» deydi. Umar (r.a.) darhol uzining khato qilganini tan oladi.

Khuddi usha Umar (r.a.)ga bir odam kelib, khotinidan shikoyat qilganida, Umar (r.a.) ayoli uning duzakhdan tusib turuvchi parda ekani, shuning uchun ham bazi injiqliklarini kutarish, feliga sabr qilish ham lozimligini maslahat beradi. Quronda keltirilgan juda kup ibratli hikoyalarda, paygambarlar bilan bogliq voqealarda ayollarning tutgan urni, ularning mustaqil qarorlari naqadar ahamiyatli bulganini bilamiz.

Aytmoqchimanki, Islom tarikhiga nazar tashlasangiz, bizga singib ketgan kartinani kurmaysiz — eng yuqori doiradagi siyosiy muhokamalarda ham, huquqiy munozaralarda ham, hayotning har bir jabhasida faol bulgan ayol namunalarini, ular jamiyatda normal qabul qilinganini kurasiz.

Mavzuga mafkuraviy baho berishda, aynan mana shu urnaklar olinadi, usha davrlarga khos bulgan umumiy tarz yoki urf-odatlardan emas. Zero, bir necha asrlar oldin nafaqat Sharq, balki Garbda ham ayollarga past toifa sifatida qaralgan, u erlarda ham huquqlar buzilgan. Hatto bugungi kunda Evropa markazidagi musulmon oiladagi munosabatlar bilan Afgonistonning chekka qishloqlaridagi oilani solishtirib bulmaydi.

Khuddi shu mantiq bilan bir necha yil oldingi arab urf-odatlaridan islomiy yashash tarziga andoza olish ham tugri bulmaydi. Yuqorida aytganimdek, bu erda ulchov va qadriyatlar tugridan tugri mafkuradan, rukhsat berilgan erkinliklar va eng namuna davrdagi munosabatlardan olinadi.

Davrlar uzgardi, insoniyat usdi. Insoniyat eski davrdan turmush tarzi va urf-odatlarni meros qilib, qadriyat sanashga majbur emas. Har qanday yangi mafkura bir onda butun jamiyatning yashash tarzini uzgartira olmaydi, shunday ekan, malum davrgacha saqlanib qolgan bazi urf-odatlar va qarashlarni biz din sifatida tushunmasligimiz kerak. Yuqoridagi gaplardan khulosa qilish mumkinki, Islomning eng yakhshi davrlarida ayollar uta faol bulishgan va bunga hech qanday tusiq bulmagan. Barchamiz uchun malum bulgan shart va talablar asosida ayollarning jamiyatda faolliklari taminlangan. Ularning huquqlari eng jiddiy masalasi sifatida doim kutarilib, echib kelingan.

Islomning dastlabki davrlaridagi urnaklardan shuni anglash mumkinki, ayolning huquqlari qay darajada taminlanganiga qarab, erkaklarning kuchiga, saviyasiga baho berishimiz mumkin. Erkaklar aqlli, uqimishli, saviyali, uz haqlarini biladigan ayollar bilan munosabat urnata oladigan darajada kuchli bulishi lozim. Balki usha saodat yillarida yoki yurtimizda ilm-fan taraqqiy topgan asrlardagi erkaklarning saviyasi jamiyatda ayollarning zehnini, fikrlarini qabul qila oladigan, ularni himoya qila oladigan darajada yuqori bulgani uchun ayollar faol bulgan, biz jamiyatda ayollarni kutara oladigan salohiyatimiz yuqligi uchun ularni uyga qamayotgandirmiz? Menimcha, ayollarning huquqlarini tuliq va adolatli taminlagan erkak eng kuchli erkakdir, aksincha emas.

Umuman, Islomda er va khotin, rahbar va ishchi, hokim va fuqaro munosabatlarida hech qachon biror toifani yuqori quymaydi, shunchaki vazifalar taqsimlashda urtadagi farqlarga etibor beriladi, kholos. Adolat nuqtayi nazaridan esa, bunday munosabatlarning barchasi «inson va inson urtasidagi» munosabat sifatida qaraladi, yani teng huquqlar taminlanishi shart.

Bu tanganing bir tomoni.

Endi, usha fleshmobchilar Uzbekistondagi ayollar huquqlari haqida bong urar ekanlar, mavjud holatni mana shu eskirgan sharqiy qadriyatlarga boglamasliklari kerak.

Sizga savol, nima deb uylaysiz, erining zulmiga, kaltaklariga chidab kelayotgan ayol nima uchun shunday qilyapti? Eriga itoat qilsa jannatga kirish uchunmi? YOki dinda, urf-odatlarimizda er yoki qaynonaning barcha zulmlariga chidash kerakligi norma ekani uchunmi? Yuq. Aslida unday emas.

U oqibatidan qurqadi. Bir ayolning erining zulmlariga chidab kelishi uning ahmoqligidan, qoloqligidan emas, bu qaror, bu sabr aslida mavjud huquqsizlik va sharoitlarda eng rasional echim bulgani uchun shunday qiladi. Holatga goyaviy, mafkuraviy, manaviy tus berish eng oson yul — nasihat qilinadi, ota-bobolarimizdan misollar keltiriladi, etim bolalar haqida rivoyatlar aytiladi, tamom. Aslida, muammoning tubida huquqsizlik yotganini, ayolni mana shu tahqirlarga chidashga majbur qilayotgani narigi dunyodagi duzakhdan emas, ajralishdan keyingi hayotdan qurqishidan emasmi? YOki kelinga zugum utkazayotgan qaynona yoki er, bu huquqni din yoki urf odatlardagi huquqlardan emas, balki kelinning baribir, sabr qilishdan boshqa iloji yuqligini bilganliklaridan olmayaptilarmi?

Bir tasavvur qiling. Boyagi fleshmoblarning aytganini qilib, urayotgan eridan ajrashib oldi. Uni nima kutadi? Avvalo, aksariyat hollarda ota uyiga sigmaydi, bu — bir. Ajrashishlar kupincha dastlabki 5–10 yilda ruy berishini va sud farzandlarni onaga berishini etiborga olsak, uning qulida voyaga etmagan bolalari buladi. Farzand bilan keyingi turmushga chiqish ehtimoli bir necha barobar kamayib ketadi. Natijada, u bolalarini kimgadir tashlab ishlagani chet elga ketishi yoki shu erda moliyaviy qiyinchiliklar ostida yashashga majbur.

Endi, hech qaerda uqimagan, khup, uz huquqlarini bilmaydigan, bechora mushtipar ayol sifatida emas, uz aqlingiz bilan javob bering, qaysi yul yakhshi? Mavhumlik quchogidagi mustaqil hayot yomonmi yoki haftada ikki marta kaltaklab turadigan ermi? Ayolga mustaqillik, erkinlik va variant taklif qilayotganda, menimcha, usha qarorning ortidan keladigan muammolarni ham echishga etiborni kuproq qaratish lozim.

Bir qator asosiy tezislarni keltirish mumkin.

Marhum shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari agar sizda qiz va ugil bulsa-yu, moliyaviy ahvolingiz faqat ulardan bittasini uqitishga etsa, qiz farzandingizni uqitish kerakligini maslahat berganlar. Qarang, guyoki ayollarni uyga qamash, ishlatmaslik «targib qilinadigan» Islom olimi avvalo qizlarning kasb qilishi muhim ekanini aytgandilar. Chunki turmushda har qanday sharoit buladi — uqimagan yigit kuchadan nonini topadi, Rossiyaga borib ham pul topishi mumkin, lekin ayollarimizni kasbsiz, bilimsiz qoldirish oqibati yomonroq.

Shu tomondan qaraganda, yurtimizda qizlarning uz tanlagan kasblari uchun tahsil olish sharoiti yakhshi emas, nazarimda. Oddiy misol, juda kup uquv dargohlari markazlashgan va asosan Toshkentda. Hamma ham boshqa shaharga qizini uqitgani yuboravermaydi. Chekka shahar yoki viloyatlarda esa, cheklangan yunalishlarda tahsil olish mumkin, kholos. Ayollarga bogliq huquqsizliklar kuproq chekka joylarda kuproq ekaniga etibor bersak, ayollarda muqobil hayotning uzi yuqligini kuramiz.

Ikkinchisi. Ajrimlarda ayollarning huquqlari taminlanmaydi. Aksariyat holatlarda eridan chiqqan juvon uysiz, kuchada qoladi. Buning ustiga, yuqorida aytilganidek, bolalarning asosan onada qolish tajribasi, ayolning ikkinchi turmush imkoniyatini ham, mehnat qilish uchun sharoitini ham cheklab quyadi. Menimcha, sudlar har bir holatga khos yondashishlari va echim berishlari maqsadga muvofiq bulardi. Holatidan qati nazar, bolalarni ayolga berib, erkak bilan arzimagan aliment bilan boglab quyish, ayolni kamsitadi, ozgina pul uchun gadoyga ukhshab sargayib yurishiga sabab buladi, kholos.

Shu kabi, juda kup yunalishlarda tadqiqot olib borish va ayolning jamiyatimizda tutgan urnini oshirishda, huquqlarini tiklashda kuproq mehnat qilish zarur.

Ayol kishining uqib bilim olish imkoniyati cheklangan. Ayol kishining ikkinchi turmush qurish ehtimoli juda past. Ayol kishi kasb-hunar urganishda tusiqlarga duch keladi. Ayolning ota-onasidan kattaroq meros olish haqqi ham amaliyotda deyarli yuqqa chiqarilgan. Ayol avval otasining ugilga meros qoladigan uyida, keyin esa, erining qaynotasidan meros qolgan uyida sigindi bulishga majbur. Hech qaysi uyda yoki mulkda tuliq haqqi bulmaydi. Biz ularni avval biror bir mulkka egalik huquqidan, keyin esa, ushanday mulkka uz bilimi va kasbi bilan erishish imkoniyatidan ham mahrum qilganmiz. Aynan sabr qilishi, chidashi, sas chiqarmasligi uchun.

Bir ayolni urab turgan shuncha yuk va shartlardan kuz yumgan holda, ularga shunchaki, «uz qadringni bil», «eringga khizmatkor emassan», «ajrashib, mustaqil hayot sari qadam quy!» kabi balandparvoz kursatmalar bilan ularni bakhtli qilib quyish mumkinmi? Ancha chuqur va tizimli bulgan muammoni faqatgina ayol uz qadrini bilmaslikdan yoki diniy qadriyatlardan kelib chiqayotganini iddao qilish masalaga sayoz yondashish emasmi?

Bir latifa bor. Biroz teskari manoda bulsa-da, mantiqan tushadi. Bir erda khotinidan qurqadigan erkaklar safdan bir qadam oldinga chiqishini surashibdi. Hamma bir qadam oldinga chiqsa, bir erkak joyida turganmush. Ana, qurqmas erkakni topdik, deb savolga tutishsa, «khotinim joyingdan jilma, deb ketgandi», dermish.

Huquqlarini himoya qilib chiqqan ayollar aslida u qadar jabr chekmaganlar, ularning shu ishga jazm etganliklarining uziyoq, uziga yarasha haq va huquqlarini tanishlarini kursatib turibdi. Haqiqiy mazlumlar esa boshqa. Ularni kurmaysiz. Ular erlaridan qurqqanliklari uchun, aniqrogi, oilasini yuqotib, kuchada qolishni istamayotganliklari tufayli, jim yurishga majburlar. Ularni qurqitadigan oqibatlarga qarshi kurashmas ekanmiz, tanlov uchun variantlarni taqdim etmas ekanmiz, baribir, usha qafasni afzal kuraveradilar. Bu yanada ogirroq.

Qullarni ozod qilib, kuchaga haydash bilan ularning muammosi hal bulib qolmaydi.

О нас

Яна маълумот

gSVsd8VHSBxWXbR-8yle8ewnTSf6MLc

Tanlovdan olingan er: Oqdaryoda tadbirkor 4 yildan buyon kutmoqda, nizom buzilgan, hokimlik uz davosini uzgartirgan

Samarqand shahridan Ulugbek Mansurov tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish maqsadida er olish uchun bundan turt yil …