Главная / Iqtisodiyot / «Erkaklarning deyarli yarmi ish izlab ketdi» — Jondordagi jonsizlanayotgan qishloq muammosi
<

«Erkaklarning deyarli yarmi ish izlab ketdi» — Jondordagi jonsizlanayotgan qishloq muammosi

2000-yillargacha bu qishloqdan biror kishi oilasini tashlab chetga ketmagan. Chunki, bunga ehtiyoj ham yuq edi. Ular uzi etishtirgan kukatlar, meva-cheva, kartoshka, pomidor, ayniqsa, qovun-tarvuzdan yakhshi daromad kurishgan.

«Ammo 2005 yillardan suv tanqisligi kuchayib boravergach, bu daromadlardan ayrildik, qishlogimiz erkaklarining qariyb yarmi Rossiya va boshqa davlatlarga ish izlab ketdi…», — deyishdi yagona tirikchiligi bulgan tomorqa ekinlari suvsizlikdan qurib qolayotgan Bukhoro viloyati Jondor tumanidagi Rahimobod qishlogida yashovchilar.

Dehqonchilik qila olmayotgan, daromadsiz qolayotgan aholi uzlari bilgan deyarli barcha tashkilotlarga murojaat qilib kelmoqda. Ammo bir necha yildirki, suv urniga dasta-dasta javob khatlari kelmoqda.

Taassufki, javob khatlari bilan odamlarning ham, ekinlarning ham chanqogi bosilayotgani yuq.

Ochigini aytish kerak, mahallada bulganimizda ayrim fuqarolar achchiq suzlar bilan dardini aytdi:

«Tomorqaga juda katta etibor qaratilyapti, deyishadi. Hatto tomorqasidan yakhshi foydalanmayotgan fuqarolarga jarima solish ham taklif qilingan ekan. Agar shunchalik etibor bulsa, nega bizning har yili qurib qolayotgan tomorqalarimizga hech kim qiziqmaydi? Nega jarima daftarini kutarib kelmaydi bu erga, tomorqa haqida maruza uqimaydi?

Modomiki, tomorqasiga qaramagan fuqaroni jarimaga tortish kerak ekan, yuzlab aholining qurib ketgan ekinlariga beparvolik uchun ham chora kurilmaydimi?»

Bundan 15 yillar oldin aholining yana bir daromadi chorvadan bulgan. Har bir khonadonda 7-8ta qoramol, 6-7tadan quy-echki boqilgan. Bugun esa ogilkhonalar huvillab qolgan.

Chorva bulmasa-da, erlarda beda ekilgani bizni taajjublantirdi. Bilsak, suvsizlikka chidamli, oylab suv ichmasa-da nobud bulmay turadigan yagona ekin turi shu ekan.

Shu qishloqda yashovchi Nasrullo Jumaevga kura, 2000 yillarda suv taminoti yakhshi bulganining sababi – qishloqda 3ta nasos ishlab turgan. Keyinchalik bu inshootlar eskirib, ishdan chiqqan va yangi nasos umidi 10 yillar davomida ruyobga chiqmagan.

Mahallada 700tacha khonadon bulib, asosan 500ta khonadon suvsizlik muammosidan qattiq aziyat chekadi. Umumiy hisoblaganda 300 gektarcha erga suv chiqarish kerak. Khush, ana shu 300 gektar erga suv berish rostdan ham imkonsizmi?

Jondor tuman hokimligi vakillari muammoning bir necha echimini sanab berdi. Biroq…

Hokimlikka kura, muammoni hal etish uchun 9 kilometrdan ariq qazib kelish kerak.

Ikkinchi variant – qishloqda ikkita katta nasos urnatish.

Ammo bu ishlar uchun katta mablag kerak bulgani uchun boshqa echimga tukhtalib turishibdi. Chunki nasoslarning har biri uchun 600 million sum mablag kerak ekan.

Boshqacha aytadigan bulsak, tarozining ikkita pallasi ayni paytda quyidagicha turibdi: yo 1 milliard 200 million sum, yoki 700ta khonadonning barbod bulgan tirikchiligi! Uzoq yillardan buyon birinchi pallasi tosh bosib turibdi.

Mahalliy hokimlik tanlagan uchinchi, kamroq kharajat talab etadigan yul aholiga yoqmay turibdi. Chunki bunda Rahimobod va qushni qishloqdagi suv bilan yakhshi taminlangan fermer khujaliklardan qishloqqa suv tortib kelish rejalashtirilgan. Bu loyihaga ishonchsizlikning sababi shundaki, usha fermerlardan olib kelinadigan suv, erlari qaqrab yotgan yana 6ta fermer erlaridan utishi kerak. Bu tarzda qishloqqacha suv etib kelishiga odamlarning kuzi etmayapti. Ehtimol, hokimlik muammoning bu tomonlarini ham hisobga olgandir. Nima bulganda ham muammo aholining bugzigacha kelib bulgan.

Darvoqe, aholi bu masala buyicha viloyat hokimligiga ham, boshqa idoralarga ham har yili murojaat qilganini aytdik. Nahotki, shuncha vaqt davomida muammoni Bukhorodagi rahbarlardan hech kim his etmagan?

Aslida rahimobodliklar bir qancha muammolar haqda yozgandi. Qishloqdan sal narida ulkan chiqindi poligoni bor. Chiqindilar utilizasiya qilinmasligi, qayta ishlanmasligi, kumilmasligi, yuq qilinmasligi aholini ancha charchatgan. Chunki bu holat antisanitar holatni yuzaga keltirmoqda.

Kamiga poligonga har kuni yuk mashinalarda qishloq oralab chiqindi tashiladi va har bir mashina utganida yuldan kutarilgan chang yarim soatgacha tarqalmaydi. (Hokimlik topshirigi bilan 13 iyundan yulga ikki mahal suv sepish amalga oshirilayotgan ekan).

Yulning ham ahvoli bir navi. Ammo mutasaddilarimiz hozircha bu qishloqning eng ogir muammosi — suv masalasidan chalgimasligi uchun boshqa masalalarni qisqa qildik. Chunki suv hozir rahimobodliklar uchun havodek zarur.

Anvar Mustafoqulov,

О нас

Яна маълумот

93VIpzAlPSH_CMKT1QrPYuIML8VlDm6a

Prezident aholi tomorqalari buyicha yangi qaror imzoladi

Prezident “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qushimcha chora-tadbirlari tugrisida”gi qarorni imzoladi. Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari …