Главная / Jamiyat / Eng kam ish haqi miqdori urniga yangi tizim joriy etiladi
<

Eng kam ish haqi miqdori urniga yangi tizim joriy etiladi

Mehnatga haq tulash, pensiyalar va boshqa tulovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish tugrisida Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi khabar bermoqda.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori urniga quyidagi miqdorlar belgilandi:

Mehnatga haq tulashning eng kam miqdori – 577 170 sum;
Bazaviy hisoblash – 202 730 sum;
Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 202 730 sum.

Bunda:

Mehnatga haq tulashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qushimcha haq, gonorar, qushimcha ish uchun kompensasiya tulovlari va ragbatlantiruvchi tusdagi tulovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab quyilgan boshqa tulovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qullab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik buyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qullaniladi.

Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qullaniladi:

soliqlar, yigimlar, jarimalar, davlat bojlari va kursatilayotgan davlat khizmatlari uchun boshqa tulovlarning miqdorlarini;

tadbirkorlik bilan shugullanish uchun patent, lisenziya va boshqa tulovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda tulanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogozlarning qiymati, yuridik shakhslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy kursatkichlarning cheklangan miqdorini.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qushimcha haq va kompensasiya tulovlari, shuningdek, khodimlar sogligiga etkazilgan zararni qoplashda qullaniladi.

Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qushimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensasiya va ragbatlantiruvchi tusdagi tulovlarning barcha turlari mazkur tulovlarning sumda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekistonning 3 aeroporti boshqaruvi khorijiy kompaniyaga berilmoqda – sabab? Transport vazirligi bayonoti

Uzbekistonning Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlari boshqaruvi «Novaport» kompaniyasiga utishi tugrisidagi khabarlar paydo bulib, memorandum …