Главная / Madaniyat / Eng amonatdor kishi – kim?

Eng amonatdor kishi – kim?

YOzning qoq urtasi, kunlar rosa qizigan, issiq avjiga chiqqan palla edi. Usmon ibn Affon – roziyallohu anhu– Madina shahrining tashqarisida khizmatkorlari bilan birga soya ostida dam olib

utirgan edilar. Havo juda issiq, qumlardan qizigan tandirdagidek qaynoq taft kutarilib turmoqda. Odatda sahro shamoli esib tursa, bir oz havo aylanib, nafas olish engilroq bulardi. Hozir yuz-kuzlarni kuydiradigan usha garmsel ham yuq.

Uzoqdan ikki tuyani oldiga solib haydab kelayotgan bir kishining qorasi kurindi. Usmon – roziyallohu anhu-: Bu kishini shunday qattiq issiqda sahroga chiqishga nima majbur qildi ekan, havoning sovushini kutib, keyin chiqsa bulmasmidi? – deb hayron buldilar.

boy-chest

Bir ozdan sung tuyalarni etaklab kelayotgan kishining Umar ibn Khattob –roziyallohu anhu– ekanlarini bilishdi. Darhol urinlaridan turib uning istiqboliga chiqdilar. Lekin issiqning qattiqligidan yana uzlarini soya ostiga olishga majbur bulishdi.

Umar –roziyallohu anhu– ularning qarshilariga kelgach, Usmon –roziyallohu anhu-: Ey muminlarning amiri, bu issiqda nima qilib yuribsiz, – deb suradi.

Umar –roziyallohu anhu-: Sadaqa tuyalaridan ikkitasi yuqolib qolgan ekan, shuni qidirib chiqqan edim. – dedilar. – Qiyomat kuni Allohning oldiga borganda: musulmonlarning mulkidan ikki tuyaning yuqolishiga nega yul quyding, deb savolga tutilishdan qurqdim. Shu sababdan tuyalarni topib, joyiga olib ketayapman.

Usmon –roziyallohu anhu-: Ey musulmonlar amiri, keling, salqin suvdan ichib, soyali erda dam oling, tuyalarni birontasiga beramiz, joyiga quyib keladi, – deb taklif qildilar. Lekin Umar –roziyallohu anhu– taklifga kunmadilar, uz qullari bilan olib bormasalar, kungillari joyiga tushmasini aytib, tuyalarni oldilariga soldilar-da, boqiladigan joyga uzlari olib ketdilar.

Usmon –roziyallohu anhu-: Kim eng amonatdor kishiga qaramoqchi bulsa, bu kishiga qarasin, – deb muminlarning amiri Umar ibn Khattob –roziyallohu anhu-ga ishora qildilar.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …