Главная / Jamiyat / Energetika vazirligi: aqlli hisoblagichlar elektr energiyasi uchun tulovni 99 foizgacha oshirdi
<

Energetika vazirligi: aqlli hisoblagichlar elektr energiyasi uchun tulovni 99 foizgacha oshirdi

Energetika vazirligida mamlakatda ASKUE tizimini joriy etish buyicha asosiy hamkor hisoblangan Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan ishchi yigilishi bulib utdi. 

Vazirlik matbuot khizmatiga kura, «Elektr energiyasi istemoli hisobini yuritish va nazorat qilish buyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish» investisiya loyihasining amalga oshirilishi Samarqand va Bukhoro viloyatlaridagi sinov loyihalaridan boshlanib, mamlakat buylab bosqichma bosqich davom etmoqda. Hozirgi kunda elektr energiya sarfini hisoblash buyicha «aqlli hisoblagichlar» deb ataladigan zamonaviy asboblarning urnatilishi Uzbekiston poytakhtida ham amalga oshirilmoqda.

3tcsckyeek4dlxih2rc0lqlejoa_tcdj

«KT Corporation» vakillari bilan bulib utgan uchrashuvda qayd etildiki, sinov loyihasini amalga oshirish davomida istemolchilardan foydalanilgan elektr energiyasi uchun haq tulash darajasi 99 foizgacha usdi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan hisoblash asboblariga ular urnatilganidan sung khizmat kursatish, ASKUE tizimiga va hisoblash uskunalariga tekhnik khizmat kursatish uchun qushimcha khodimlarni uqitish mekhanizmi muhokama qilindi.

Shuningdek, ishchi yigilishi davomida «KT Corporation» vakillari tomonidan ASKUE markazlashtirilgan tizimining amalga oshirilishi loyihasining taqdimoti utkazildi.

Ayni paytda khorijiy tomon vakillari tizimning birinchi va ikkinchi bosqichlari joriy qilinishi natijalariga kura, boshqa ishlab chiqaruvchilar hisoblash asboblari bilan bir-biriga mosligi foizi 98 foizni tashkil etadi va yaqin kunlarda uni 100 foizga etkazish muljallanmoqda. Hozirgi paytda Koreya tomonidan test paneli etkazib berildi, uning yordamida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan etkazib beriladigan uskunalarning joriy tizim bilan bir-biriga mosligi tekshiriladi.

«KT Corporation» kompaniyasi bilan ASKUE tizimini joriy qilish buyicha shartnoma 2015 yil 12 oktyabrida imzolangan.

Uzbekiston Respublikasi prezidentining PQ-3981 sonli qaroriga muvofiq, ASKUE 1-faza loyihasi pudratchisi – «KT Corporation» kompaniyasi (Koreya) bilan ASKUE Yagona malumotlarga ishlov berish buyicha respublika markazini tashkil qilish buyicha qushimcha bitim imzolanishi ham kuzda tutilgan.

О нас

Яна маълумот

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi: zuravon trener ishdan bushatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 23 sentyabr kuni kurash buyicha trener Abbos Hasanovning 21 sentyabr kungi …