Главная / Iqtisodiyot / «Endi olmayman, ataylab olmayman. Achchiq qilib ham olmayman» – Siyosatchilar avtomobil narkhi oshishi borasida qanday fikrda?
<

«Endi olmayman, ataylab olmayman. Achchiq qilib ham olmayman» – Siyosatchilar avtomobil narkhi oshishi borasida qanday fikrda?

Uzbekistondagi siyosiy partiya liderlari va senatorlar Kun.uz mukhbiri bilan suhbatda UzAuto Motors tomonidan avtomobillar narkhining oshirilishini bir ovozdan qoraladi hamda bu borada uz noroziliklarini bildirishdi.

UzAuto Motors engil avtomobillar narkhini keskin oshirishi katta noroziliklarga sabab bulmoqda.

Kun.uz mukhbiri Uzbekistondagi bir qancha siyosiy partiyalar rahbarlari va senatorlardan birining avtomobil narkhlari oshishiga munosabati bilan qiziqdi.

Narimon Umarov: «Bu holat monopoliya yuzaga keltirishi mumkin bulgan salbiy holatlarning undan biri»

 «Adolat» SDP lideri Narimon Umarov fikricha, UzAuto Motors tomonidan khalqimiz orasida eng talabgir hisoblangan bir nechta mahsulotlarning narkhi hech qanday ogohlantirishsiz 21 foizgacha oshirilishi monopoliya yuzaga keltirish mumkin bulgan salbiy holatlarning 10 dan birini amalda ifodalab berdi.

«Hech qanday muhokamalarsiz, urganishlarsiz bu singari qarorning qabul qilinishi aholi urtasida ertangi kuniga bulgan ishonchsizlikka olib keladi.

Avtomobillar tannarkhining oshishi katta ehtimol bilan import qilinayotgan butlovchi qismlar narkhi oshgani bilan boglansa kerak (suhbat UzAuto Motors yangilikka izoh berishidan oldin yozib olindi. – tahr).

Bu holat haligacha mahalliylashtirish buyicha korkhona oldiga quyilgan vazifalar etarli darajada bajarilmaganini yoki faqat qogozda bajarilganini kursatadi», dedi partiya lideri.

Narimon Umarov suzida davom etarkan, UzAuto Motors`dan qachongacha korkhona foydasini va ortiqcha kharajatlarni khalqimiz buyniga yuklash bilan kun kurishi buyicha izoh talab qildi.

«Mahsulotlar uchun yangi bozorlar qidirish, marketingni tugri yulga quyish, korkhonaning ortiqcha kharajatlarini cheklash, rahbariyatni, khodimlarni ortiqcha ragbatlantirishlarni cheklash orqali ham foydani kupaytirish mumkin-ku.

Shu bilan birga, UzAuto Motors ochiqlik, oshkoralik, raqamli iqtisodiyot kabi tushunchalar kun tartibiga chiqqan sharoitda hanuzgacha butlovchi qismlar etkazib beruvchilar urtasida ochiq tanlov elon qilmayapti. Shu yul bilan ham mahsulot tannarkhi ancha kamayishiga erishish mumkin.

Bir million sum ham pul deb hisoblovchi aholining urtahol qatlami orasida kharidorgir bulgan mashinalar narkhini oshirib, pul topish asosiy muammosi hisoblanmaydigan aholi kharid qiladigan mashinalar narkhini oshmasligini qanday tushunish mumkin? Bu aholi qatlamlari urtasidagi tengsizlik kuchayishiga olib keladi.

Umuman, UzAuto Motors tomonidan qabul qilingan mazkur qaror nourin qabul qilingan va bu islohotlarga aholining ishonchi pasayishiga sabab bulishiga olib keladi», – dedi Umarov.

Ulugbek Inoyatov: «Muammo narkhning oshirilishida emas, balki oqibatni keltirib chiqarayotgan sabablardadir»

KhDP rahbari Ulugbek Inoyatov suzini uzi boshchilik qilayotgan partiya har qanday sohadagi monopoliyaga qarshiligini takidlashdan boshladi.

«Bizningcha, asosiy muammo – narkhning oshirilishida emas, balki oqibatni keltirib chiqarayotgan sabablardadir», dedi u.

Partiya rahbari shuningdek, monopoliyaning jiddiy oqibatlari va uni tugatish buyicha uz takliflarini bildirib utdi.

«Narkhning oshirilishiga eng katta asosiy sabab – monopoliyadir. Bozorimizda unga nisbatan raqobatning yuqligi narkh oshirilishi, mahsulot sifati bilan bogliq muammolarni keltirib chiqaryapti. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy qonuniyati – bu raqobatning rivojlanishidir. Raqobat bulmagan tizimdan birinchi navbatda oddiy khalq vakillariga jabr etadi.

Sohada raqobat muhitini tashkil qilish lozim. Boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga ham imkoniyat berilishi lozim. Buning uchun chetdan kirib keladigan avtomashinalarga boj miqdorini qayta kurib chiqish, hozirgidan pasaytirish zarur.

Eng asosiysi, fuqarolarga tanlov imkoniyati yaratilishi shart. Qaerda ishlab chiqarilganidan qati nazar, ular uzlari istagan avtomashinalarni kharid qila olishlari kerak.

Agar shu masalalar hal etilsa, uzimizda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar narkhi va sifatida ijobiy uzgarishlar bulishi aniq», – dedi Ulugbek Inoyatov.

Aktam Hayitov: «Monopol korkhonalar uzi bilganicha ish qilishni qachon tukhtatadi?»

UzAuto Motorsʼning uz bilganicha narkh oshiraverish siyosati liberal-demokratlar etakchisi Aktam Hayitovni ancha asabiylashtirgani suhbat davomida sezilib turdi.

«Monopol korkhonalar uzi bilganicha ish qilishni qachon tukhtatadi?», deya asabiy tarzda suzlarini boshladi Hayitov.

Unga kura, UzAuto Motorsʼning narkhlarni khalq bilan maslahatlashmay oshirishi partiya elektoratini ham, UzLiDeP deputatlarini ham norozi qilgan.

«Vaholanki, taraqqiyotimizning yangi davrida har bir tashkilot uz qarorini khalq muhokamasiga quyishga urgandi. Hattoki, qonun loyihalari ham khalq «ekspertiza»sidan utkazilayotgani fikrimizga yaqqol dalil. UzAuto Motors esa ana shu yangi tendensiyani nazar-pisand qilmadi. Narkhlarni uzi bilganicha oshirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan chetda qolib ketyapsizlar, deguvchilarga aytmoqchimiz: UzLiDeP saylovoldi dasturida monopol korkhonalarga qarshi kurashish ustuvor vazifa etib belgilangan. Partiyamiz barcha tadbirkorlik subektlari uchun teng, halol, adolatli, tizim yaratish tarafdori. Ana shunday demokratik-liberal tamoyil odamlarni ham, tadbirkorlarni ham davlatdan rozi bulib yashashiga zamin yaratadi.

UzAuto Motors yaqin orada avtomobillarga urnatilgan yangi narkhlar buyicha bayonot berishi malum qilindi. Ochigini aytsak, biz ham boshqalar qatori mazkur bayonotni kutyapmiz. Negaki, UzAuto Motors`ning yangi bahonalari biz uchun ham qiziq. Ular uzini nima deb oqlaydi, nega aynan «Damas», «Spark», «Nexia» kabi mashinalar narkhlarida keskin uzgarishlar bulganini qanday izohlar ekan?

UzAuto Motors qanday bayonot berishidan qati nazar, bir fikrda qatiymiz: khalq va khalq vakillari – deputatlarni hurmat qilgan har qanday tashkilot narkhni oshirmasdan oldin buni khalq muhokamasidan utkazishi lozim edi.

Khulosa urnida aytmoqchi bulgan fikrimiz quyidagicha: bundan buyon UzLiDeP uzi bilgancha ish qiladigan monopol korkhonalarni uz holiga tashlab quymaydi», – dedi Aktam Khayitov.

Boriy Alikhonov: «Har qanday monopol tashkilot narkhlarni oshirishdan oldin jamoatchilik fikrini urganishi lozim»

Ekologik partiya rahbari Boriy Alikhonov uz fikrlarini qisqacha ifodalab quya qoldi.

Uning aytishicha, har qanday monopol tashkilot – qaysi sohada bulishidan qati nazar – narkhlarni oshirishdan oldin keng jamoatchilik fikrini urganishi lozim.

«UzAuto Motors narkhlarni oshirishi haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda asoslantirilgan bayonot bilan chiqishi lozim.

Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, UzAuto Motors`ning avtomobillar narkhini oshirgani sababini izohlay olmaymiz», – dedi Alikhonov.

Abduqodir Toshqulov: «Bu – hukumatning omadsiz zavodni tukhtab qolishidan qurqib qilayotgan ishi»

Taniqli senatorlardan biri Abduqodir Toshqulovga avtomobillar narkhi oshirilishi buyicha fikrlarini surab boglanganimizda, u bir necha kun avval ish yuzasidan Ozarboyjon safaridan qaytgani va avtomobil sanoati buyicha amaldagi holatimizni boshqalarniki bilan solishtirish imkoniyati bulgani haqida aytdi.

Uning aytishicha, bu boradagi ahvolimiz juda achinarlidir.

«Evropa va dunyoning rivojlangan boshqa davlatlari haqida gapirmayman. Ozarboyjon va Tojikistonda ham bizning «Matiz», «Nexia» va «Lacetti»ga ukhshash mashinalar qolmagan. Hammasi inomarkalar. Biz kambagal hisoblaydigan Tojikistonda ham hamma avtomashinalar chet elniki.

Bu davlatlarda aholiga khizmat kursatadigan taksilar ham inomarka. Masalan, Bokuda Angliyada chiqarilgan bir khil kuperlar, Tojikistonda esa hammasi Hyundai. Bizda esa khatto poytakhtdagi taksilarning hammasi «Matiz».

Senator UzAuto Motors tomonidan oddiy khalq kuproq kharid qiladigan mashinalarning narkhini oshirish biror bir mezonga tugri kelmasligini aytdi.

«Bizdagi avtomashinalar dunyo bozorinikidan ikki barobar qimmat. Bu hukumatning omadsiz zavodni tukhtab qolishidan qurqib qilayotgan ishi, deb uylayman.

Bu narkh oshirishdan butun jamiyat junbushga keldi», dedi u.

Abduqodir Toshqulovning aytishicha, uning uzi ham bir necha yildan buyon «Nexia» avtomobili kharid qilishni reja qilib yurgan. Ammo yangi narkhlar tufayli bu reja yanada uzoqroqqa chuziladigan buldi.

«Endi ololmayman. Ataylab olmayman. Achchiq qilib ham olmayman. Bu juda qimmat akhir. Buni qoralayman.

Qimmat avtomobillarning narkhi oshirilmadi, deyildi. Lekin bular dastlabki narkhi urnatilganda ham dunyo bozoridan ikki barobar qimmat edi. Bularni uzgartirishga hojat ham yuq. Khalqqa jabr, judayam jabr.

Aslida hozir narkhi oshirilayotgan avtomobillarni ishlab chiqarishdan olib tashlash kerak. Bu avtomobillar khavfsizlikni ham taminlay olmaydi, zamon talablariga ham javob bermaydi. GM normalariga qanday javob berayotganiga hayronman. Balki GM bizni standartlardan chiqarib tashlagandir. Tushunib bulmayapti», – deya asabiy gapirdi senator Abduqodir Toshqulov.

Nuriddin Murodov: «8 yil oldin rahmatli deputat Boykulov «Uzavtosanoat» faoliyatini qoniqarsiz, deb aytganida, khoin va sotqinlar dastidan baloga qolgan»

Foto: Khalqaro press klub

Oliy sud masul khodimi Nuriddin Murodovning aytishicha, bir necha yillar avval «Uzavtosanoat»ni tanqid qilish khavfli bulgan.

«8 yil oldin gapirganimiz esimda. Rahmatli deputat A.Boykulov «Uzavtosanoat» faoliyatini qoniqarsiz, deb aytganda, khoin va sotqinlar dastidan baloga qolgan edi. Yakhshiyam zamon uzgardi. Hozir eslab usha «omon-omon» zamonlarda qoniqarsiz, deb qaror qilgan deputatlarimizga tazim qilaman. Usha paytdagi sotqinlarga esa lanatlar bulsin, ayrimlari hozir ham deputat bulib yuribdi», deya esladi Murodov.

Uzbekistondagi yana bir siyosiy partiya – «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan masala buyicha hali izoh ola olganimiz yuq.

О нас

Яна маълумот

«Aholini khavfdan ogohlantirish juda oson va u qimmat emas» – khorijlik ekspert «Sardoba» upirilishi haqida

Niderlandiyada joylashgan DELTARES mustaqil tadqiqot markazi ekspertlari «Sardoba» suv omboridagi tekhnogen ofat yuzasidan birlamchi tahlillarini …