Главная / Iqtisodiyot / «Elektr utgan joyda ham, yul chetida ham, daryo buyida ham qurilish qilingan» – Oliy sud raisi urinbosari Bustonliqdagi «snos»lar haqida
<

«Elektr utgan joyda ham, yul chetida ham, daryo buyida ham qurilish qilingan» – Oliy sud raisi urinbosari Bustonliqdagi «snos»lar haqida

Oliy sud raisi urinbosari Kholmumin YOdgorov Toshkent viloyatining Bustonliq tumani hududidagi dachalarning kupchiligi khavfsizlik talablariga javob bermasligi, aksariyati qalbaki hujjat bilan qurilgani haqida gapirdi.

Toshkent viloyatining Bustonliq tumanida noqonuniy dala hovlilarning buzilishi buyicha press-tur tashkillashtirildi. Press-turda ishtirok etayotgan Oliy sud raisi urinbosari Kholmumin YOdgorov hududda olib borilayotgan «snos» ishlari buyicha izoh berdi.

«Bustonliqda arzon, sifatli va khavfsiz hordiq uchun muhit yaratish vazifasi quyilgan. Buning uchun esa yullarni, infratuzilmani tugrilab olishimiz kerak. Bustonliqqa sayyohlar ham keladi. Bundan kimga foyda? Shu erdagi khalqqa foyda. Malum tulov evaziga sayyohning khizmatini, choyini qilib beradi.

Ammo yul chetlarida, daryo buyida, kuchli elektr quvvati utgan nuqtalarda qurilish qilish mumkin emas. Holatni urganish mobaynida elektr simi utgan joyda ham, yulning chetida ham qurilishlar qilinganiga guvoh buldik. Odamlar yurishiga yulakcha ham yuq, uylariga qushib olgan. Birinchi navbatda – khavfsizlik degan narsa kerak. Shuni aholiga tugri tushuntira olishimiz kerak.

Yuqorida yosh bolalarning sil kasalliklari shifokhonasi bor. Butun respublikadan bolalar kelib davolanishadi, uqishadi. Hatto shu hududlar ham talon-toroj qilingan. Kimdir uy qurib olgan, kimdir endi uy quryapti», deya YOdgorovning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

Masulning suzlariga kura, buzilayotgan uylarning aksariyati qalbaki hujjat asosida qurilgan.

«Bir ayolning suv buyida qurilgan uyi buzilyapti. Ayol esa ijtimoiy tarmoqqa chiqib olib, dod-voy solib, uyimni ogohlantirishsiz buzishyapti deyapti. Vaholanki, ikki oydan beri ogohlantirib kelyapmiz. Bu erda qurish mumkin emas, deb qancha aytdik. Hujjatim bor deb chiqdi. 2019 yilda 1998 yilgi hujjatni qalbakilashtirib olgan. Chunki qaynotasi mahalla raisi bulgan. Hujjati qonuniy bulib, jamoat ehtiyoji uchun uning mulki yoki eri olinganida, suzsiz kompensasiya berilardi. Yani eri uchun er, uyi uchun uy, agarda u uyi bitguncha ijarada yashasa, ijara puli ham beriladi.

Bu erdagilarning kupchiligi noqonuniy, hujjati qalbaki bulgan uyga katta mablag sarflagan. «Dacha»larning kupchiligi khavfsizlik talablariga javob bermaydi. Er berishning ham tartib-qoidasi bor. Qurilish qiladimi, «dacha» quradimi, tartibga buysunishi kerak. Bustonliq – togli hudud. Ertaga kimningdir uyiga sel kelishi, turgan joyi upirilib tushishi mumkin. Buzilayotgan uylar 2018 yilda 20 apreldagi uzboshimchalik bilan qurilgan uylarga berilgan bir martalik davlat aksiyasidan keyingi uylar. Ungacha bulgan uylarning barchasini hujjatlashtirib berganmiz. Davlat hech kimni kuchada qoldirmoqchi emas, hech kimning uyini buzmoqchi emas. Lekin noqonuniy qurilgan uylarga jim qarab tura olmaymiz. Bir yil ichida 1193 gektar er qaytarib olindi», deydi Kholmumin YOdgorov.

«Bustonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish buyicha Respublika ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tugrisida»gi Vazirlar Mahkamasi bayonida kursatilishicha, Bustonliq tumanida utkazilgan khatlov jarayonida jami 338ta turar va noturar bino egalariga amaldagi uy-joy, er qonunchiligi talablari tushuntirilib, barchasiga noqonuniy qurilmalarni ikhtiyoriy bartaraf etish buyicha ogohlantirishlar berildi.

О нас

Яна маълумот

swgGBWonoai1fylvJ2Chj-JEJztG4qxc

Umidvorlik holatidamiz. Ustoz jurnalistlar uzbek jurnalistikasi buguni, muammolar va zarur islohotlar haqida

Kun.uz mukhbiri kasb bayrami munosabati bilan Uzbekistondagi bir guruh ustoz jurnalistlarni yuqladi va ularning bugungi …