Главная / Siyosat / Elmira Bositkhonova yangi lavozimga tayinlandi
<

Elmira Bositkhonova yangi lavozimga tayinlandi

Khotin-qizlar qumitasining endilikda sobiq raisi Elmira Bositkhonova yangi tuzilgan Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligida vazirning birinchi urinbosari lavozimiga tayinlandi, «Nuroniy» jamgarmasi raisi Sodiqjon Turdiev ham yangi vazirlikda vazir urinbosariga aylangan.

Kun.uz manbasi khabar berishicha, Elmira Bositkhonova yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirining birinchi urinbosari lavozimiga tayinlandi.

Elmira Bositkhonova 1958 yilda tugilgan, 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining «davolash ishi» yunalishini tamomlagan. 1981-2011 yillarda shifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bulim boshligi, Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifokhonasi bosh shifokori.

2011-2016 yillarda Bosh vazir urinbosari – Khotin-qizlar qumitasi raisi lavozimida ishlagan, keyin Sogliqni saqlash vaziri urinbosari lavozimiga utkazilgan Elmira Bositkhonova 2019 yilning yozida yana hukumat azoligiga qaytarilgan, 2020 yilning yanvarida lavozimga qayta tasdiqlangandi.

Eslatib utamiz, 18 fevral kuni Uzbekiston Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish, mahalla institutini yanada qullab-quvvatlash hamda oila va khotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari tugrisida»gi farmoniga muvofiq Bosh vazir urinbosari – Khotin-qizlar qumitasi raisi lavozimi tugatildi.

Khuddi shu farmon bilan Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi tuzilgan.

  • 18 fevral kuni Qonunchilik palatasi deputatlari «Mahalla» kengashi raisi Rahmat Mamatovni Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzod sifatida maqullashgandi.
  • 19 fevral kuni Ichki ishlar vaziri urinbosari Aziz Ikromov uz lavozimini saqlab qolgan holda vazir urinbosari lavozimiga tayinlangan, shuningdek, «Mahalla» kengashi raisi urinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Botir Parpiev vazir urinbosarlaridan biriga aylangan.

О нас

Яна маълумот

udV6lq5fNj1QeWONGMFJbEV25B1FlXek

1 apreldan qonunchilikda nimalar uzgaradi?

Toshkentda ikkilamchi bozordan uy olish huquqi, tan olinadigan fuqarolik, adliya tizimiga qaytayotgan «ZAGS», kengaytirilayotgan elektron …