Главная / Iqtisodiyot / YOqilgi, elektr energiyasi va gaz narkhini 16 noyabrdan boshlab oshirish haqidagi hukumat qarori muhokamaga tashlandi
<

YOqilgi, elektr energiyasi va gaz narkhini 16 noyabrdan boshlab oshirish haqidagi hukumat qarori muhokamaga tashlandi

Uzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “YOqilgi-energetika resurslariga narkhlar va tariflarning uzgarishi tugrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga tashlandi.

Qaror yoqilgi energetika resurslarining jahon narkhlari usib borayotganini inobatga olib, shuningdek, tovarlar (khizmatlar) bozorida monopoliya darajasini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, yoqilgi-energetika resurslari realizasiyasining bozor mekhanizmlarini kelgusida joriy etish, ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish, energiyani tejashni ragbatlantirish, yoqilgi energetika kompleksi korkhonalarining muvozanatli rivojlanishini taminlash hamda bu sohada moliyaviy intizomini mustahkamlash maqsadida qabul qilinmoqda.

2018-2019 yillarda tariflar va narkhlar uzgarishi grafigi tasdiqlanmoqda.

Unga kura tabiiy gazning tarifi (QQS hisobga olingan holda, 1 kub metriga):

hisoblash asboblari bulganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 320 sum;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 350 sum;

hisoblash asboblari bulmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:

– ovqat tayyorlash va issiq suv taminoti uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 553 sum;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 605 sum;

– isitish tizimi uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 320 sum;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 350 sum;

08.11.2017 yildagi PQ-3379 qarorda kursatilgan ruykhat buyicha mahsulot ishlab chiqarayotgan va khizmatlar kursatayotgan istemolchilar uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 1000 sum;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 1000 sum;

Avtomobillarga gaz tuldirish kompressor stansiyalari uchun:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 800 sum;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — hozircha nomalum;

Boshqa ulgurji kharidorlar, jumladan, energiyadan samarador tekhnologiyalar va uskunalarni joriy etgan pishiq gisht, asfalt, sement ishlab chiqaruvchilarga:

  • 2018 yilning 16 noyabridan boshlab — 600 sum;
  • 2019 yilning 1 iyunidan boshlab — 650 sum;

Shuningdek, aholi tomonidan tabiiy gaz istemolining bazaviy normasi urnatilishi taklif qilinmoqda. Bunda:

  • Isitish mavsumida khususiy turar uy-joyda istiqomat qiluvchi bir abonentga oyiga 1000 kub metr;
  • Boshqa holatlarda bir abonentga oyiga 250 kub metrdan kelib chiqib hisoblanadi.

Bu holda bazaviy norma doirasida istemol qilingan tabiiy gaz urnatilgan tarif buyicha, normadan ortigi 1,2 karra qimmatroq narkhda hisob-kitob qilinadi.

Elektr energiyasining narkhi (QQS hisobga olingan holda, 1 kVt*soati uchun)

I va II guruhdagi istemolchilar uchun:

  • 2018 yil 16 noyabrdan — 331 sum;
  • 2019 yil 1 iyundan — 370 sum;

III guruhdagi istemolchilar uchun

  • 2018 yil 16 noyabrdan — 250 sum;
  • 2019 yil 1 iyundan — 280 sum;

Elektr plitalari bilan jihozlangan kup kvartirali uylarda yashovchi istemolchilar uchun elektr energiyasi tariflari III guruh istemolchilari uchun belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

IV guruhdagi istemolchilar uchun:

  • 2018 yil 16 noyabrdan — 350 sum;
  • 2019 yil 1 iyundan — 392 sum;

08.11.2017 yildagi PQ-3379 qarorda kursatilgan ruykhat buyicha mahsulot ishlab chiqarayotgan va khizmatlar kursatayotgan istemolchilar uchun:

  • 2018 yil 16 noyabrdan — 365 sum;
  • 2019 yil 1 iyundan — 409 sum;

2019 yilning 1 yanvaridan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida aholi tomonidan elektr energiyasi istemolining bazaviy normasi oyiga bir abonent uchun 300 kVt.soat qilib belgilash taklif qilinmoqda. Bu holda bazaviy norma doirasida istemol qilingan elektr energiyasi urnatilgan tarif buyicha, normadan ortigi 1,2 karra qimmatroq narkhda hisob-kitob qilinadi.

Qarorda, shuningdek, avtobenzin va dizel yoqilgisi istemol uchun soliqni hisobga olgan holda, 2018 yil 16 noyabrdan boshlab quyidagi chakana narkhlarni urnatish haqida gap boradi (Mazkur qarorning bu qismi haqda Kun.uz avval ham khabar bergan edi):

  • Ai80 markali avtobenzin — 4000 sum/litr;
  • Ai91 markali avtobenzin — 4500 sum/litr;
  • dizel yoqilgisi — 4800 sum/litr;
  • EKO markali dizel yoqilgisi — 4900 sum/litr;

Qonunchilik bilan aniqlashtirilgan alohida toifadagi shakhslarga avtobenzin kharidi uchun kharajatlarning bir qismini qoplash maqsadida oyiga 66.700 sum pul kompensasiyasi tulash ham nazarda tutilmoqda.

О нас

Яна маълумот

Screenshot_4-3-680x412

«Uzmilliybank» mijozlariga qulay va tezkor khizmat kursatish yanada osonlashdi

«Uzmilliybank» tomonidan mijozlarga qulay va tezkor khizmat kursatish, masofaviy khizmat turlarini rivojlantirish maqsadida zamonaviy akhborot …