Главная / Iqtisodiyot / EOIIga azo bulish migrantlar hayotini engillashtirishi haqida bong urilmoqda. Aslida-chi?
<

EOIIga azo bulish migrantlar hayotini engillashtirishi haqida bong urilmoqda. Aslida-chi?

Sunggi haftalarda Uzbekistonning Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) qushilishi masalasi borasida yuqorida prinsipial qaror berilganini kursatuvchi alomatlar paydo buldi.

Turli davlat arboblari va ekspertlarning EOIIga kirish afzalliklari haqidagi asosan bir tomonlama fikrlari OAVda keng yoritilishi shunday khulosa qilishga asos buladi. Ittifoqqa azolik tarafdorlarining eng asosiy va «ishonarli» argumentlaridan biri bu – guyo Uzbekiston EOIIga azo bulsa, Rossiyada yurgan millionlab uzbekistonlik mehnat migrantlarining sharoitlari keskin yakhshilanishi haqidagi fikrdir. Ittifoqqa azolik afzalligi buyicha keltirilayotgan boshqa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni quyib turaylik, keling, aynan shu asosiy argument sifatida keltirilayotgan «migrantlarimiz hayoti yakhshilanishi» fikri qanchalik tugri ekanligini kurib chiqamiz. Bunda EOIIga 2015 yilda azo bulib kirgan, Rossiyada 600 mingdan ortiq mehnat migranti yashayotgan va etno-madaniy jihatdan uzbeklarga yaqin bulgan qirgizistonlik fuqarolar misolidan foydalanamiz.

4x4ankj2flrrks2virlqmah03ogbgjt2EOII tovar, kapital, khizmatlar va mehnat kuchining azo mamlakatlar urtasida erkin harakatlanishini kuzda tutadi. Demak, tashkilot nizomi buyicha fuqarolar ittifoqqa azo mamlakatlar hududida mahalliy aholi bilan bir khil huquqlarda mehnat qilishi mumkin. Darhaqiqat, qirgizistonliklar Rossiya hududida patent olmay mehnat qilish huquqiga ega. Patent olish har oylik tulov (hozirgi kunda Moskvada 5000, Sankt-Peterburgda 3800 rubl) amalga oshirishdan tashqari, uni qulga kiritish uchun rus tili, Rossiya tarikhi va huquqiy asoslari buyicha test topshirish, tibbiy kurikdan utishni taqozo etadi.

Bundan tashqari, qirgizistonliklar Rossiya hududiga kirgandan keyin ittifoqqa azo hisoblanmaydigan boshqa MDH davlatlari (masalan, Uzbekiston yoki Tojikiston) fuqarolaridan farqli ravishda etti kunda emas, balki uttiz kun ichida yashash joylarini qayddan utkazishlari kerak (registrasiya – sovet davridan qolgan propiska institutining yangi shakli hisoblanadi).

Yuqoridagi tilga olingan afzalliklar khaqiqatan jozibador va millionlab uzbekistonlik migrantlar uchun EOIIga kirish uchun etarli asos bulib kurinishi tabiiy. Aslida-chi? Rossiya qonunchiligida va ittifoq nizomlarida aks etgan bu qoidalar amalda qanday ishlaydi?

Migrantlar soni buyicha dunyoda eng katta besh davlat orasiga kirishiga qaramasdan, Rossiyada mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan faoliyat olib borish juda keng tarqalgan. Umuman, MDH hududida, shu jumladan Rossiyada, norasmiy, «soyadagi iqtisodiyot»ning ulushi katta. Bu ayniqsa mehnat migrantlari faoliyat olib boradigan sohada juda katta salmoqqa ega. Rossiya rasmiylari 2018 yilda mamlakatda takhminan 2 million «noqonuniy» (tegishli hujjatlarga ega bulmagan) migrant borligini rasman etirof etishgan. Aslida haqiqiy raqamlar bundan yuqori bulishi mumkin. Buni quyidagi sonlarda ham kursa buladi. Rossiya IIV rasmiy malumotlariga kura, 2018 yilda mamlakatga tashrif buyurgan 17,8 million khorijlikdan 5 million kishi mehnat qilish uchun kirgan. Ulardan 4,5 million kishi MDHga azo mamlakatlardan (2 million kishi Uzbekistondan), 750 ming kishi EOIIga kiruvchi Armaniston, Belarus, Qozogiston va Qirgiziston fuqarolari (bu raqamga quyida yana aniqlik kiritiladi). Demak, qolgan 3,7 milliondan ortiq kishi patent rasmiylashtirib mehnat qilishi kerak. Vaholanki, 2018 yilda Rossiyada 1,7 million patent rasmiylashtirilib, Rossiya Federasiyasi subektlari mahalliy byudjetiga 57 milliard rubl kelib tushgan. Bu kamida ikki million kishi patentsiz, yani norasmiy ishlaydi, degani.

Endi EOIIga 2015 yil aprelida azo bulgan bevosita Qirgiziston fuqarolariga kelsak. Yuqorida 2018 yilda EOIIga azo barcha mamlakatlardan (Armaniston – 208 ming, Belarus – 135 ming, Qozogiston – 111 ming va Qirgiziston – 352 ming) 750 ming kishi Rossiyada rasman ishlashi aytildi. Vaholanki, Qirgiziston rasmiy manbalari ham, Rossiya rasmiy manbalari ham Qirgizistondan Rossiyaga kelib ruykhatdan utganlarning soni 600 mingdan kupligini qayd etadi. Bu raqamdan talabalar (16 ming), vaqtincha (13 ming) yoki doimiy yashash (14 ming) huquqiga egalar, Rossiya fuqaroligini qulga kiritganlarni (9 ming) chiqarib tashlasak ham kup sonli qirgizlar mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan, yani norasmiy ishlab kelayotganini bilish mumkin. 2016 yildagi tadqiqot ham, 2017 yilgi tadqiqot ham qirgizistonliklarning faqat 60-61 foizigina mehnat shartnomalari tuzib ishlashini elon qildi.

Demak, EOIIga azo mamlakat fuqarolari bulishlariga qaramay kamida ikki yuz ming nafar qirgizistonlik Rossiyada mehnat shartnomalarisiz ishlashga majbur. Shartnomasiz ishlash degani vada qilingandan kam oylik berish yoki ayrim hollarda bermaslik, belgilangan soatlardan ortiq ishlatish, soglik yomonlashganda ijtimoiy himoya va tibbiy sugurta imkonsizligini anglatadi. Yani Rossiyadagi qirgizistonliklarning 1/3 qismiga uz mamlakatining ittifoqqa azoligi hech qanday naf keltirmadi, deyish mumkin. Ayni paytda Rossiyada uzbekistonliklarning soni 2 million nafardan kupligini inobatga olsak, Uzbekiston EOIIga qushilgan taqdirda ham 700 mingga yaqin kishiga azolik ortidan patent bekor bulishi hech qanday tasir kursatmasligi mumkin.

Qolaversa, mehnat shartnomasi tuzilishi, yani rasmiy ishlash ham Rossiya qonunchiligida kuzda tutilgan va mahalliy aholiga nisbatan qullanadigan barcha imtiyozlarni kafolatlamaydi. Men gaplashgan kup qirgizistonliklar mehnat shartnomasi rasmiylashtirilgan taqdirda ham kup hollarda qogozda kursatilgan va amalda olinadigan oylik maoshlar urtasida farq borligini aytishadi. Cunggi tadqiqotlar qirgizistonlik migrantlarning ijtimoiy himoya va tibbiy cugurtadan qonunda kursatilgan tartibda foydalana olmasliklarini kursatmoqda. Shakhsan uzim Rossiyada qullikka tushib qolgan, mehnat va hatto fuqarolik huquqlari toptalgan uzbekistonliklar bilan birga qirgizistonliklarni ham uchratdim.

Rossiya mehnat qonunchiligiga kura, mamlakat soliq rezidentlari 13 foizlik daromad soligi tulaydi (NDFL). Rezident bulmaganlar (masalan, uzbekistonliklar) patent narkhi bilan hisoblaganda 30 foiz daromad soligi tulashadi. Qirgizistonliklar Rossiya soliq rezidenti bulishlari uchun bu mamlakatda 183 kun, yani yarim kalendar yili mehnat qilishlari va soliqlarni tulab borishlari kerak. Yani, EOIIga azo mamlakatlar fuqarolari 30 emas, 13 foiz daromad soligi tulashlari uchun usha mamlakatda kamida olti oy rasmiy mehnat qilishlari kerak buladi. Migrantlarimizning aksariyati bulmasa ham, katta qismi bahorda Rossiyaga ketib mavsumiy ishlarda ishlab kuzda Uzbekistonga qaytishlarini hisobga olsak, shuncha migrant uchun EOIIga azo mamlakatlari fuqarolari uchun kuzda tutilgan soliq afzalligi tasir kursatmaydi (yani patent olib tulash ham, 30 foizlik daromad soligi tulash ham bir khil kharajatga aylanadi). Demak, ushbu holatni va bir necha yuz ming uzbekistonlik shusiz ham patent puli tulamasdan mehnat qilayotganini hisobga olsak, Uzbekiston telekanalida professor tili bilan aytilganidek, ittifoqqa azolik migrantlarimizning mamlakatga qushimcha 33-34 trillion sum olib kelishi tugrisidagi davoda hech qanday asos yuq. Khuddi, EOIIga kirishga ikki qulni kutarib tarafdor bulayotgan senator Odiljon Iminov ham ittifoqqa kirish orqali tejaladigan mablagni 4 mlrd dollarga baholaganida asos yuq bulgani kabi.

Endi yashash joyidan ruykhatdan utish (registrasiya) masalasiga kelsak. Rossiya qonunlariga kura, har bir khorij fuqarosi yashash joyidan qayddan utishi kerak. Yaqin-yaqingacha migrantlar yoppasiga biror hostel yoki ish beruvchining manzilini (bu ofis, qurilish maydoni yoki zavod-fabrika bulishi ham mumkin) uz yashash joyi sifatida qayddan utkazib quyardi. 2-3 yil avval qabul qilingan yangi qoidalarga kura, hozir khorijliklar faqat ayni yashash joyidan qayddan utishlari kerak. Lekin amalda rossiyaliklarning aksariyati uz uyida khorijliklarni ruykhatdan utkazishni khohlamaydi. Demak, aksariyat khorijlik migrantlar, shu jumladan EOIIga azo mamlakatlar fuqarolari ham «registrasiya»ni sotib olishadi, amalda esa uzlari ishlayotgan joyda yashashga moslashtirilgan khona yoki baraklarda yoki ijaraga olingan kvartirada bir necha kishi bulib yashashadi. Bundan tashqari, EOIIga azo mamlakatlar fuqarolari ham, MDHning boshqa mamlakatlari fuqarolari ham Rossiya hududidan chiqib qayta kirganida (masalan, uz yurtiga borib kelganida), avvalgi registrasiyasi bekor bulib, yangidan qayddan utish kerak buladi.

Qayddan utmasdan yashash yoki asl yashash joyi bilan qayd etilgan joyi tugri kelmasligi EOIIga azo mamlakatlar fuqarolari uchun ham, boshqa MDH mamlakatlari fuqarolari uchun ham bir khil mamuriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Ikki marta mamuriy huquqbuzarlik barcha fuqarolar uchun Rossiyadan deportasiya qilinish va ism-sharifi mamlakatga kirish taqiqlangan «qora ruykhat»ga kiritilishini anglatadi. 2014-2016 yillarda Rossiya Ichki ishlar vazirligi va boshqa davlat muassasalari 145 ming qirgizistonlikni «qora ruykhat»ga kiritgan, shu davrning uzida 55 ming kishi bu ruykhatdan chiqarilgan. 2018 yil sentyabrida Rossiyaga kirishi taqiqlanganlar ruykhatida 70 ming qirgizistonlik bor edi. Demak, EOIIga azo mamlakatlar fuqarolari uchun yashash joyidan ruykhatdan utishga nisbatan kuproq vaqt berilgan bulsa-da (7 kun emas, 30 kun), amalda bu boshqa mamlakatlar fuqarolari bilan bir khil tusiq va muammolarga duch keladi.

Moskvada migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi «Tong jahoni» nodavlat tashkiloti rahbari Valentina Chupikning suzlariga kura, unga yordam surab murojaat qiluvchilar asosan polisiya khodimlarining noqonuniy harakatlaridan shikoyat qilishadi. Murojaatlarning aksar qismi kuch ishlatar organlar tomonidan noqonuniy ushlab turish, milliy va diniy motivlarda haqorat qilish, jismoniy kuch ishlatish hamda noqonuniy ishga olish, ishga haq tulamaslik va boshqa shikoyatlarga nisbatan tegishli organlarning chora kurmasligiga taalluqli buladi. Bunday harakatlar Rossiya qonunlarida jinoiy ish sifatida malakalanishi kerak.

Bundan tashqari, huquqshunoslarning suzlariga kura, polisiya khodimlari «Migrant-jiloy sektor», «Chistiy gorod», «Ostanovi i dosmotri» kabi doimiy reydlar tashkil qilib, ogzaki topshiriqlar asosida slavyan kurinishiga ega bulmagan shakhslarni tukhtatishadi. Bunday «tadbirlar» natijasida aksariyat hollarda Markaziy Osiyodan kelgan fuqarolar polisiya tomonidan ushlanishi, quyib yuborish evaziga pora talab qilinishi va kup hollarda uchastkaga keltirilishi mumkin.

Chupikning suzlariga kura, huquqiy yordam surab murojaat qiluvchilarning orasida Uzbekiston va Tojikiston fuqarolari bilan bir qatorda Qirgiziston fuqarolarining ulushi ham ancha katta. Masalan, 2018 yil sentyabr oyidan 2019 yil may oyigacha huquqiy yordam surab murojaat qilganlarning 17 foizi (3318 murojaat) qirgizistonliklar hissasiga tugri keladi. Vaholanki, ushbu mamlakat fuqarolarining Rossiyadagi umumiy khorijliklar orasidagi ulushi 7 foizni tashkil qiladi (bu kursatkich tegishli ravishda Uzbekiston fuqarolari uchun 38/32, Tojikiston fuqarolari uchun 36/16 foizni tashkil qiladi). Demak, EOIIga azo bulish Qirgiziston fuqarolarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqlari poymol etilmasligini kafolatlay olmaydi.

Yana bir gap. Davlatlar uzaro yaqinlashib, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy omillar sababli ittifoq tashkil qilishga, integrasiyalashuvga qaror qilarkan, bunday intilish asosida uzaro hurmat va tenglik yotishi kerak. Yani, azo mamlakatlar fuqarolari bir-birini yaqin kurishi yoki hech bulmaganda neytral munosabatda bulishi taqozo etiladi. Bunday munosabatlar davlatlarning siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib emas, tom manoda khalqlarning yaqinlashuviga sabab buladi. Va bunday ittifoqlar uz-uzidan mustahkam va bardavom buladi. Lekin taassuf bulsinki, Rossiyada Markaziy Osiyodan kelgan insonlarga past nazar bilan qarash, mensimaslik kayfiyati ancha yuqori. Sunggi un yil davomida «Levada» markazi utkazgan ijtimoiy surov natijalariga kura, aksariyat rossiyaliklar mamlakatda imkon qadar Markaziy Osiyo vakillari kamroq bulishi tarafdori. Sunggi ijtimoiy surovlar natijalariga kura, Markaziy Osiyo vakillarining Rossiyaga kirishini cheklash tarafdorlari 72 foizni tashkil etgan.

Kondopaga, Manejnaya maydoni, Biryulevodagi kabi tupolonlar, ksenofobiya va rasizm motivlarida onda-sonda bulsa-da ruy berib turadigan zuravonlik va hatto qotillik holatlari ham mamlakatda aksilmigrant kayfiyatlar yuqoriligini kursatadi. Uzoqqa bormay, 2019 yil mart oyida YOqutistonda bulgan voqealarni esga olaylik. Guyoki mahalliy qizni uch qirgizistonlik zurlagani haqidagi khabar Yakutsk ahlini junbishga keltirdi: mitinglar tashkil qilindi, Markaziy Osiyodan kelganlar ishlaydigan kafelar, dukonlar va khonadonlarga hujumlar uyushtirildi, bir necha kishi kaltaklandi, migrantlarni YOqutistondan yoppasiga chiqarib yuborishga chaqiriqlar buldi. Vaholanki, mahalliy aholi chiqarib yuborishni talab qilgan migrantlarning aksariyati Qirgiziston fuqarolari edi. Demak, Qirgizistonning EOIIga azo bulishi rossiyaliklarning ijobiy yoki hech bulmaganda neytral munosabatda bulishini bildirmaydi.

Albatta, har qanday jinoyatga huquqiy baho berilishi va tegishli jazo belgilanishi kerak. Bundan tashqari, oddiy rossiyaliklar orasida ogir mehnat orqasidan pul topayotgan muhojirlarga nisbatan iliq munosabatda buluvchilar ham yuq emas. Lekin bunday kishilar ovozi qarshi ovozlar ummonida deyarli eshitilmayapti.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni khulosa qilish mumkinki, Uzbekistonning Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qushilishida asosiy argument sifatida kursatilayotgan «mehnat migrantlarimizning hayoti keskin yakhshilanishi, mamlakatning ittifoqqa azoligi ortidan ular orttirgan trillionlab sumlar Uzbekistonga kelishi» tugrisidagi fikrlar, yumshoq qilib aytganda, etarli asosga ega emas. Tugri, EOIIga azo bulish kuplab vatandoshlarimizning hayotini biroz bulsa-da engillashtiradi, ularning malum bir toifasi kharajatlarini nisbatan qisqartiradi. Lekin buning samarasi boshqa yuz minglab migrantlarimiz hayotida deyarli hech qanday rol uynamaydi.

Sherzod Eraliev (PhD)

Khelsinki universiteti tadqiqotchisi

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamaydi

О нас

Яна маълумот

MXXhseeireSsF1_HC0EU3y7zNN1g6R9b

Uzbekiston Turkmanistondan elektr energiyasini import qilishga qaror qildi

Foto: KUN.UZ Uzbekiston “Turkmanenergo” bilan kelishuvga erishdi, 1 dekabrdan elektr energiyasi taminotida ijobiy uzgarishlar buladi. …