Главная / Sport / YO hayot yo mamot! Hal qiluvchi bahslar ostonasida
<

YO hayot yo mamot! Hal qiluvchi bahslar ostonasida

JCh-2018 saralash uyinlari ham uzining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Bazi guruhlarda hammasi hal bulib, faqat noyabr oyidagi pley-offlar haqida uylayotgan bulishsa, bazi guruhlarda hayot qaynayapti. Ayniqsa, yullanma masalasini uzaro uyinlarda hal qilayotgan raqiblar borki, Tribuna.uz ularga alohida etibor qaratishni lozim topdi.

PORTUGALIYa – ShVEYSARIYa (10 oktyabr, 23:45)

Guruhdagi boshqa jamoalar bilan yuz foizlik natija kursatib kelayotgan bu ikki jamoa barcha masalani uzaro uyinda hal etishadi. Yanikim, Krishtianu Ronalduning ahvoli aslida Messinikidan yakhshiroq emas. Mezbonlar bu uyinda galaba qozonishlari shart, shu holdagina Evropa chempionlari tugridan-tugri mundial ishtirokchisiga aylanishlari mumkin. Aks holda Portugaliya pley-offda tup suradi: u erda raqib Italiya ham, Shvesiya, yoki Khorvatiya ham bulishi mumkin.

UKRAINA – KhORVATIYa (9 oktyabr, 23:45)

Turklar uz maydonlarida islandlarga imkoniyatni boy berib, kurashdan chiqdi va guruhdagi chigal vaziyat echildi. Echilgani shundaki, Islandiya terma jamoasi uz maydonida guruh autsayderi Kosovoni engsa tamom, guruh golibiga aylanadi.

2-urin masalasi esa, Ukraina va Khorvatiya urtasidagi uzaro tuqnashuvda aniqlanadi. Hozirda har ikki jamoa ham teng ochko tuplagan. Ikkinchi urinni olib pley-offda qatnashish uchun ham ikki jamoaga faqat galaba kerak buladi.

EKVADOR – ARGENTINA (11 oktyabr, 04:30)

Argentina guruhda 6-uringa tushib qolgan bulsa-da, mundial yullanmasi hamon uz qulida qolmoqda. Messi va uning sheriklari Ekvadorda galaba qozonishsa, uzaro tuqnash keladigan Peru va Kolumbiyadan kamida bittasini ortda qoldirib, kamida 5-uringa kutarilishi va hech bulmasa, pley-off orqali JCh ga borish imkoniyatiga ega buladi.

Lekin oson bularmikin? Ekvador maydonida Urugvay va Chili kabi terma jamoalar ham bir ochko olishning uddasidan chiqa olishmagan. Shuningdek, bu jamoalarning Argentinadagi uyinida ekvadorliklar 2:0 hisobida galaba qozonishgan. Endi bu faktlarga Argentinaning muammolarini qushing — jamoa 2017 yilda atigi 2 marta raqib darvozasiga gol urdi — biri penaltidan, ikkinchisi avtogol. Argentina safar uyinlarida okhirgi marta 2016 yilning mart oyida galabaga erishgandi, shundan buyon mehmondagi 6 uyinda jamoa galaba qozona olmayapti.

PERU – KOLUMBIYa (11 oktyabr, 04:30)

2017 yilni Peru ajoyib shaklda utkazdi, Urugvay, Ekvador kabi terma jamoalar ustidan galabaga erishildi, Argentinada durang uynaldi. Mukofoti mana — peruliklar uz maydonlarida Kolumbiya ustidan galaba qozonishsa, eng kamida 5-urin naqd buladi. Hatto tugridan tugri yullanma uchun ham yakhshigina imkoniyat bor.

Kolumbiya terma jamoasi judayam qiynalib ketsa, durangga rozi bulishi mumkin. Bu holatda kolumbiyaliklar faqat Argentinani oldinga utkazib yuborib, 5-uringa tushib qolishlari mumkin kholos. Sunggi turda Paragvay ham Kolumbiyani  quvib utishi uchun 7 tup farqi bilan galaba qozonish kerak-ki, bunga ishonish qiyin.

Hamma ham jahon chempionatiga tugridan-tugri borgisi keladi, demak, bizni har ikki raqibni ham faqat galaba qoniqtiradigan ajoyib kurash kutib turibdi.

UELS – IRLANDIYa (9 oktyabr, 23:45)

Khuddi Ukrainadagi vaziyatga ukhshash, ammo yanayam qiziqroq bulishi mumkin. Bu erda maydon egalarini durang ham qoniqtiradi. Ammo bu er britan derbisi, bu erda maydon egalari degan ibora ham ortiqcha bulsa kerak.

Serblarning sunggi turda Gruziyani qabul qilishlarini etiborga olsak, bu jamoalar kuproq ikkinchi urin masalasini hal qilish haqida uylayotgan bulishlari tabiiy. Bu jamoalarning mart oyidagi uyinida hisob ochilmagandi.

AVSTRALIYa – SURIYa (10 oktyabr, 14:00)

Qaniydi, Suriya terma jamoasi mundialga chiqsa-yu, biz futbol mutasaddilarimizning jahon chempionatiga borish oson emas, bu uchun u kerak, bu kerak degan bakhonalaridan qutulsak. Akhir Suriya hali ham chempionatga borish uchun imkoniyatga ega bulib turibdi, dastlabki uchrashuv Avstraliya bilan ham teng uynash mumkin ekanini uzlari uchun ham isbotlashdi, masalan.

Suriya qaysidir manoda utgan saralashdagi Iordaniyani yodga solmoqda. Iordaniyaliklar ushanda uz maydonlarida Uzbekiston bilan khuddi shunday 1:1 uynab, javob uyinida kerakli natijaga erishgandilar. Farqi, bu safar Rossiyaga borish uchun realroq imkoniyat bor, chunki keyingi pley-offda raqib Urugvay emas, Shimoliy Amerika vakili buladi. Ular bilan uynasa buladi. Hamma bilan uynasa buladi. Buni Suriya isbotlashda davom etmoqda.

AFRIKADA NIMA GAPLAR?

Afrika mintaqasi uchun 5 urin berilgan va u erdagi saralashning final bosqichi 5 guruhda bulib utmoqda. Demak, Afrika jamoalari pley-offda uynashmaydi — ular uchun oktyabrdagi uyinlar uz nihoyasiga etdi. Noyabrda buladigan sunggi tur oldidan, Nigeriya va Misr terma jamoasi mundial yullanmasini naqd qildi. Tunis terma jamoasida ham yakhshi imkoniyatga ega. Faqat ikki guruhda vaziyat hal bulgani yuq va etiboringizni aynan shu uyinlarga qaratamiz:

KOT D’IVUAR – MAROKASh (6 noyabr)

Kot D’ivuarning kutilmagan durangidan sung, Afrika mintaqasi V guruhida ham juda qiziq vaziyat yuzaga keldi. Marokashliklar galaba qozonib, guruh peshqadamiga aylanib olishdi. Rossiyaga borish uchun endi, mezbonlar Marokashni engishlari kerak buladi.

Marokash terma jamoasining bu guruh bosqichida hali biror marta maglubiyatga uchrash tugul, gol ham utkazib yubormaganini etiborga olsak, bu oson bulmasligi aniq. Marokash utgan 5 uchrashuvning 3 tasida 0:0 hisobida durang uynagan — bu hisob bu safar ham ularni juda qoniqtiradi.

SENEGAL – JAR (6-10 noyabr)
Hozirda bu jamoalar guruhda birinchi va sunggi pogonalarni egallab turgan bulishsa-da, mundial yullanmasi uchun tugridan tugri raqibga aylanishgan. Sababi, bu jamoalar ikki marta uzaro uyin utkazadilar. Senegal 8 ochko bilan guruh peshqadami, JAR da esa, 4 ochko bor. Demak janubliklar mana shu ikki uyinda galaba qozona olishsa, ochkolari sonini 10 taga etkazib guruh golibi bulib oladilar.

Demak Senegal bu uyinlardan birida galaba qozonish yoki ikki uyinda ham durang uynash orqali final bosqichidan joyni kafolatlashi mumkin.

Qahramon Aslanov tayyorladi.

О нас

Яна маълумот

uRTNao6w55JIyLOzKo7TJS0Rg-4TltO

Afrika millatlar kubogida chorak finalnnig barcha ishtirokchilari malum. Gana musobaqani tark etdi

Misrda davom etayotgan Afrika millatlari kubogida nimchorak final bosqich uyinlari ortda qoldi. 8 iyul oqshomida …