Главная / Madaniyat / Dustlik va sadoqat haqida

Dustlik va sadoqat haqida

dustlikDustlik va sadoqat tushunchalari bir-biriga manodosh va bir – biriga chambarchas bogliq bulgan suzlardir. Tugrirogi, sadoqat bu – dustlik degani, dustlik esa sadoqat demakdir. Zero, arab tilidan kirib kelgan sadoqat suzi dustlik manosini ifoda qiladi. Chunki, haqiqiy dust sadoqatli buladi. Sodiq dust degan suz ham shundan kelib chiqqan. Sadoqat – dustlik kishi uchun nasib qilishi mumkin bulgan nematlarning eng yakhshilaridan biridir, deb aytsak khato qilmagan bulamiz. Bu nematni faqat haqiqiy dusti bor odamgina tulaqonli his qila oladi.

Sadoqat – dustlik sidq suzidan olingan. “Sidq” esa rotguylik, samimiyat va vafodorlikni anglatadi. Zero, dust dustiga nisbatan rostguy, samimiy va vafodor buladi.

Dustlik tushunchasining mazmun mohiyati haqida donishmand kishilar, olimu fozillar tomonidan kuplab suzlar aytilgan bulib, ularning bazilarini siz azizlar bilan baham kuramiz.

– Dustlik shunday bir darakhtdirki, urugi vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdir.

– Dustlik bir shahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir.

– Dustlik usiz inson yashay olmaydigan kuch-quvvat manbaidir.

– Dustlik ikki shakhsning guyoki bir shakhs sifatida birlashib ketishi va yagona fikrni uzida tashimogidir.

– Dustlik u orqali kishi uz dardini chiqarib yuborib, engil nafas oladigan bir tuynukdir.

– Dustlik uzga uchun uz manfaatlarini qurbon qilish, fidokor bulish hamda khudbinlik illatidan ozod bulishdir.

Dustlik va sadoqat vafodorlik va fidokorlik tushunchalariga tutash bulgan tuygudir. Khiyonat unga butkul begona. Haqiqiy dust dustiga hechqachon khiyonatda bulmaydi.

Dustning, yaqin kishining khiyonati juda ogir va alamli buladi. Uni qalbdan butkul uchirib yuborish mushkul. Dust tomonidan etkazilgan kichik aziyat ham zohirdan kichik bulib kuringani bilan aslida katta bulib, qalbda chuqur jarohat qoldiradi. Chunki, dusttan jafoning kattasi ham, kichigi ham kutilmaydi. Nainki jafo, balki, qandaydir etiborsizlik, bemehrlik ham dust bilinuvchi kishidan sodir bulishi kungilga ogir botadi. Donishmandlardan biri shunga ishora qilib: “dushmanlarim tosh otdi, parvo qilmadim. Dustlarim otgan guldan boshim yorildi”, degan ekan. Demak, inson uziga yaqin bulmagan, dust hisoblamagan odamlardan etadigan aziyatlarga ular harchand katta va ogir bulmasin, bardosh berishi mumkin. Ammo, dust deb bilgan insondan sodir buladigan kichik aziyatni uziga qattiq olar ekan.

Dust, oga – ini shunisi bilan ham dustki, u dustining ahvolini aytmasa ham sezadi, uning ehtiyojini uz ehtiyojidan ustun quyadi. Dustining dardi bilan uz dardidan kura kuproq ogriydi. Uning tashvishi bilan yashaydi. Haqiqiy dustlik quyosh botishi kabi goyib bulmaydi, qorning erishidek erib ketmaydi. U hechqachon ulmaydi. Illo, qalbdagi muhabbat ulsagina ulishi mumkin. Dustlik bu iymon alomati. U vijdonni maskan tutadi, hech qanday mezonda ulchanmaydi. Uni moddiy qiymat bilan baholash mumkin emas.

Haqiqiy dust biror utirishga kelib qolsangiz, darrov sizga joy beradi. Kurishganda birinchi bulib salom beradi. Mabodo, ishingiz tushsa quvonch va shodlik bilan hojatingizni ravo qilish yulida elib-yuguradi. U uziga yakhshi kurgan narsasini sizga ham yakhshi kuradi. Hatto sizni uzidan ustun quyadi. Doim sizga yakhshilikni ravo kuradi. Haqiqiy dust biror moddiy yoki manaviy manfaatni kuzlamagan holda sizni Alloh uchun yakhshi kuradi. U hayotingiz tukin-sochinligida ham, mashaqqatli paytida ham, shodlikda ham, qayguda ham, kengchiligu torchilikda ham yoningizda turadi. Haqiqiy dust aybingni kursa, tanholikda nasihat qiladi. Yakhshi ishingizni ustidan chiqsa, shijoatlantiradi. Ezgu ishlarni amalga oshirishingizda kumakchi buladi. Chin dust siz haqingizda doimo yakhshi fikrda buladi. Bordiyu unga nisbatan khatolikka yul quysangiz ham buning uchun uzr topadi. Kechirib ketadi.

Ona zamin faqat malum mavsumlardagina meva bersa, dustlik mevasi har lahzada teriladi. Hakimlardan biri dustlikni shamsiyaga (zontik) mengzatadi. YOmgir kuchaygan sari soyabonga ehtiyoj ortganidek, musibat va mushkilot yomgirlari boshingiz uzra shiddatli tus olgani sari dustlik shamsiyasiga ham ehtiyojingiz kuchayaveradi. “YOmgir”dan soyabon bulmagan dust dust emas. U shunchaki, tanish -bilishlardan biridir.

Haqiqiy dust shunday kishiki, u bilan birga bulsangiz, khuddi yolgiz holda bulganingizdek uzingizni betakalluf tutasiz. U qaysidir kamchiligingiz tufayli sizdan yuz ugirib ketmaydi. Yigingiz uchun yiglaydi, shodligingiz uchun quvnaydi. Uzringizni qabul qiladi, khatoingizni kechiradi va yuqligingizda ham sizga vafodorlikni saqlaydi, kam – kustingizni tuldiradi.

Ehtimol, hayotingiz davomida shunday dustni uchratarsiz, ehtimol uchratmassiz. Ammo dunyo bunday kishilardan kholi emas. Imom Shofeiy (r.h): “agar dunyoda sodiq dust bulmasa, bunday dunyoga alvido bulsin!”, degan edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) muborak bir hadislarida “mumin kishi dust buladi va dust qilinadi. Na dust buladigan, na dust qilinadigan insonda yakhshilik yuq!”, deganlar (Imom Ahmad va Bazzor rivoyati).

Dinimiz dustlik dini. Unda khudbinlik qoralanadi. Aksincha, uzgalar manfaatini uz manfaatidan ustun quyish kabi oliyjanob khislatlar targib va tarannum etiladi. Olamlarga rahmat bulib kelgan Paygambarimiz Muhammad alayhissalomning hayot yullariga va U zotning sahobalari hayotiga nazar solar ekanmiz, kuz ungimizda dustlik tushunchasi uzining bor – buyi bilan gavdalanadi.

Sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ning yigirma uch yillik paygambarlik hayotlari mobaynida dunyodagi mazkur tushuncha qayta jonlandi, barq urib yashnadi va olamni guzallikka burkadi, desak ayni haqiqatni aytgan bulamiz. YOri Gor deb nom olgan Abu Bakr Siddiqning uz dustiga kursatgan misli kurilmagan jonfidoliklari, bir umr azon aytib odamlarni khushnud qilib kelgan Bilolning dusti vafotidan sung azon aytolmay qolishi, hatto dustining shahridan uzoqlarga ketib qolishi va boshqa kuplab mujizavor, aql bovar qilmas darajadagi sadoqat namunalari nimadan dalolat beradi?! Dustlikdan emasmi?!

Donishmandlardan biri aytadi: “mening kuzlarim uchun dustlarim manzarasidan – da mahbubroq narsa yuq. Quloqlarim uchun dustlarim safardan qaytgani haqidagi khushkhabardan – da yakhshiroq rohat beradigan musiqa yuq”.

Imom Gazzoliy “Ihyou ulumi – d – din” asarida dustlikni uch martabaga buladi. Birinchi, eng quyi martabadagi dustlik shundan iboratki, dust uz dustiga khuddi quliga muomala qilgandek muomalada buladi. Yani, khoja qulini khuddi uzi kabi taminlamasa ham ammo, och – yalangoch bulib qolmaydigan darajada urtacha eyish – ichishi va urtacha kiyinishi, yotogi va kasal bulib qolsa davolanishini taminlaganidek, dustini och va yupun holda qoldirmaydi, kasal bulganini eshitgach, bilib turib, ulib ketishiga qarab turmaydi.

Ikkinchi martabadagi dustlikda dust uziga qanday qarasa, dustiga ham shunday qaraydi. Uzi uchun yakhshi kurgan narsani dustiga ham ilinadi. Bu birinchi martabadan yuqoriroq albatta. Uchinchi oliy martabadagi dustlik esa kishi uz dustining ehtiyojini uzinikidan ustun quyishida aks etadi. U uzi uchun yakhshi kurgan narsasini endi uziga emas, dustiga berib, uni uzidan iysor etadi.

Hozirgi moddiyot va boshqa turli khil muammolar girdobida qolgan hamda jamoaviylikdan kura fardiylik (individualizm) tobora kishilar ongiga hukmron bulib qolyotgan bu asrimizda yuqoridagi misolda keltirilgan dustlik martabalarining eng pastki darajasini ham topish borgan sari amrimahol bulib bormoqda. Lekin, avvalroq aytganimizdek, dunyoda chin dustlik hali ham bor. U zavol topmagan. Faqat, inson chin dustni topish uchun avval uzi kimgadir dust bulishga harakat qilmogi maqsadga muvofiqdir.

Yana mazkur asarni uqir ekanmiz dustlik tushunchasi va u taqozo qiluvchi majburiyatlar borasida ajib suzlarga duch kelamiz: “agar dustingga biror hojating tushadigan bulsa, buni unga ayt. Mabodo unda hechqanday harakat kurmasang, yana bir marta eslat, zero, inson unutuvchidir. Ehtimol yodidan kutarilgandir. Agar yana esidan chiqib qolsa, yana eslat. Bordiyu, shunda ham sening ehtiyojing buyicha unda hechqanday harakat sezmasang, unga turt marta takbir aytginda, yulingda davom etaver. Zero, u kimsa ulik ekan” (“Ihyou ulumi – d – diyn”). Demak, dust faqat ulik holda bulsagina dustining shikoyatini tinglamas, unga yordam qulini chuzmas ekan. Tirik bula turib, dusti uchun yugurib – elmagan inson ham ulik maqomida bularkan.

Ibn Shubruma aytadi: “Dustingga biror hojating yuzasidan iltimos qilganingda u hojatingni ravo qilish uchun uzini zarracha ham qiynamasa, tahorat qilib, turt takbir ayt va uni uliklardan deb hisoblayver”. Iysor yani uzganing ehtiyojini uz ehtiyojidan ustun quyish va fidokorlik tushunchasi musulmonlikning yuksak fazilatlaridan biri sanaladi. Shonli utmishimiz iysor va fidokorlikning guzal namunalarini uz ichiga olgan ibratli voqealar bilan tarikh sahifalariga zeb bergan.

Ammo, bugungi kunga kelib, bu narsalar kupchilik uchun tarikhda qolib ketgan hikoyalardek tuyuladi. Ommaviy madaniyat va globallashuv dunyo khalqlariga uzining salbiy, yana ham tugrirogi halokatli tasirini utkazayotgan asrimizda khudbinlik va manfaatparastlik kishilar tabiatiga golib kelayotgani sir emas. Odamlar “mendan keyin tufon bulmaydimi?!”, degan garbona dunyoqarashni uzlariga shior qilib olganlar. Bu esa jamiyat birligiga putur etkazadigan khatarli tushunchadir. Holbuki, janob Paygambarimiz alayhissalom kuplab muborak hadislarida musulmonlarni bir jasadga ukhshatganlar. Kishi uziga yakhshi kurgan narsasini birodariga ham ravo kurmaguncha komil mumin bulolmasligini takidlaganlar. Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda Nabiy alayhissalom shunday marhamat qiladilar: “to uziga yakhshi kurgan narsani dusti uchun ham yakhshi kurmaguncha birortangiz (komil) mumin bulolmaysiz!”, (Imom Bukhoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

Ushbu muborak nabaviy ugit borasida tafakkur yuritilsa, undan olam – olam mano va saboqlar balqib chiqadi. Dinimiz kishilarning Alloh bilan bulgan aloqalarini tiklashga buyurganidek, uzaro insoniy aloqa va rishtalarni ham guzal ravishda tartibga solishga chaqiradi. Hatto komil iymonga erishish uchun mazkur insoniy aloqalarni kamolotga etkazish shart qilinadi. Ana shunda jamiyatda inoqlik, totuvlik hukm suradi. Fozil jamiyat vujudga keladi. Bu esa harbir shakhs boshqa shakhs manfaati uchun uz manfaati yulida harakat qilganidek harakat qilishi orqaligina yuzaga kelishi mumkin.

Iymoniy kamolotga erishishni istagan kishi uzi uchun yakhshi kurgan narsani boshqalarga ham ravo kurishi lozim. Bu esa kishidan ogir mehnat talab etadigan nafs tarbiyasini taqozo qiladi. Zero, uzi uchun sevimli bulgan narsani boshqalar uchun ham sevish darajasiga erishish uchun inson kechirimlilik, sakhovat, oliyjanoblik, hojatbarorlik kabi uz khulqi va tabiatini oliy qiladigan fazilatlar kasb etishga intilishi, ayni chogda khudbinlik, hasad, kibr, qizganchiqlik, uzgalarni tahqirlash, khusumatchilik kabi tuban khislatlardan qalbini poklashga harakat qilmogi lozim. Mazkur hadisga amal qilgan odam hammaga yakhshilikni ravo kuradi. Uzga dindagilarga ham yomon oqibatni soginmaydi. Hechkimni shakhsi uchun yomon kurmaydi. Balki, barchani dunyo va okhiratda saodatga erishishiga orzumand buladi.

Uziga yakhshi kurgan narsani birovga ham nasib bulishini yakhshi kurish utgan uluglarimizga juda ham tanish bulgan tushuncha edi. Abdulloh ibn Abbos (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha Abdulloh ibn Masud (raziyallohu anhu): “Allohning kitobidan birorta oyatni uqisam, yakhshilikni boshqalarga ham ravo kurish yuzasidan qaniydi hamma odamlar usha oyatni men kabi bilsalar edi, deya orzu qilaman. Agar biror qishloqda yomgir yogib, ut – ulan va meva – chevalar serob bulganini eshitsam, garchi usha qishloqda mening chorvalarim bulmasa ham ular uchun albatta khursand bulaman”, der edilar.

Suzimiz sungida Alloh taolodan guzal va jonajon yurtimizning tinchlik – salomatligi davomiy bulishini, yurtdoshlarimizning uzaro totuvligi yanada mustahkam bulishini surab qolamiz. Parvardigori olam barchamizga chin dustlik va sadoqat kabi oliy fazilatlar nasib etsin!

Odilkhon qori Yunuskhon hoji ugli

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …