Главная / Madaniyat / Diniy bagrikenglik tinchlik asosidir

Diniy bagrikenglik tinchlik asosidir

mohidilBugungi globallashuv sharoitida din va davlat urtasidagi munosabatlar milliy davlatchilikni qurishda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shubhasiz, dunyoviy davlat va din urtasidagi uzaro munosabatlar milliy davlatchilikni shakllantirishning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.

Takidlash joizki, jamiyat va oddiy fuqarolar hayotida, har qanday davlat ichidagi va khalqaro maydondagi siyosiy jarayonlarda, diniy dunyoqarashning uzgarishini, uni siyosiylashuvini uz ichiga olgan khalqaro munosabatlar tizimida dinning urni va ahamiyatini tadbiq etish hozirgi kunning eng muhim muammolaridan biriga aylangan.

Zero, Prezidentimiz I.Karimov etirof etganlaridek, «Bugun biz yurtimizda khalqimiz khohish-irodasining ifodasi bulgan Konstitusiya va qonunlar asosida demokratik, dunyoviy davlat barpo etmoqdamiz. Bu davlat avvalambor dunyoviy taraqqiyotga, uning eng ilgor yutuq va natijalariga tayanadi. Ayni paytda shuni ham unutmaslik kerakki, dunyoviylik – bu dahriylik degani emas.

Din va diniy etiqod butunlay rad etiladigan hayot qanday gayriinsoniy kurinishga ega ekanini biz kechagi tarikhimiz misolida yakhshi bilamiz. Bunday mafkuraning khatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davomida din negizida shakllangan, khalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar – bu yozma yoki ogzaki, moddiy yoki manaviy meros buladimi, akhloq yoki ananalar buladimi, milliy dunyoqarash yoki turmush tarzi buladimi – bularning barchasini rad etadi. Natijada odamzot uzining ichki dunyosi, his – tuygu va qarashlari, tayanib – suyanib turadigan poydevoridan mahrum bulib, “shuro dohiylari” aytganidek, ulkan davlat mashinasining “vintchasi”ga aylanadi. Okhir – oqibatda bunday odam ota – onasini ham, uz millati, khalqi va Vatanini ham tanimaydigan ayanchli holatga tushib qoladi. Shu manoda, biz muqaddas dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo uluglab, shu bilan birga, dunyoviy hayotga ham qatiy ishonch bilan intilib yashagan taqdirdagina uz ezgu maqsadlarimizga eta olamiz» .

«Dinning yuksak rolini etirof etish bilan birga diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning uzini urab turgan dunyoga uzi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bulmaganligini ham takidlash mumkin. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma – yon, u bilan teng yashash huquqiga ega bulgan holda rivojlanib kelgan».

Binobarin din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib utishlarida kuch bagishlagan. Umuminsoniy va manaviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga etkazishga yordamga kelgan.

Diniy ekstremizm – muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm uz aqidasining shak – shubhasiz tugriligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga chaqiradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.

Fundamentalizm – malum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yul bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yunalishi. Diniy fundamentalizm – aqidaning uzgarmasligini himoya qiladigan, vahiy va mujizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, suzma – suz talqinga asoslangan etiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun quyadigan, muayyan diniy etiqod shakllanishining boshlangich davrida belgilangan barcha yul-yuriqlarni qatiy va ogishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qullaniladigan istilohdir.

Mamlakatimizda shakllantirilayotgan dunyoviy, demokratik davlat, uning mustaqilligi va kelajagi kup jihatdan davlat va din munosabatlarining takomillashuv darajasiga bogliq. Zero, kup millatli va kup konfessiyali davlat sharoitida davlat va din munosabatlarining muvozanatini saqlab turuvchi siyosat, yani sekulyar siyosat doimo hayotiy ahamiyat kasb etadi .

Shu sababli ham sekulyar siyosat Uzbekiston khalqi tanlab olgan taraqqiyot yili – dunyoviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini yaratish siyosatining ajralmas qismidir .

Keyingi yillarda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta etibor berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatga aylandi. Kuplab diniy bayramlar ommaviy nishonlanmoqda, televidenie va matbuot tomonidan khalq ehtiyojida bulgan diniy masalalar tez – tez yoritila boshlandi. Fuqarolar urtasida diniy ilm va ananalarga urganish qiziqish kuchaydi.

Urta Osiyodagi respublikalar uz mustaqilligiga erishishi va uning mustahkamlanishi davrida «islom omili», «islom uygonishi», «qayta islomlashish», «islom fenomeni» kabi iboralar tobora kuproq ishlatilib, bu hol ularning beqiyos faollashuvini uzida aks ettirdi. Bunga sabab sobiq sovet davlatining mafkuraviy tasavvurlari va qadriyatlarining emirilib, muayyan vaqt davomida hosil bulgan manaviy bushliqni tuldirish ehtiyoji buldi. Kommunistik mafkuraning manaviy jihatdan qashshoq bulib, uziga khos mutaassibligi va muayyan millatlar manfaatlariga qarshi qaratilganligi shuro hokimiyatidan keyin bu hududda diniy fundamentalizm uchun qulay sharoit tugdirdi.

Shu nuqtai – nazardan olib qaraganda mavzuning dolzarbligi bugungi kunimizda uz aksini topgan: Bugungi kunda diniy erkinlik sekulyarizm jarayonining eng muhim tamoyillaridan hisoblandi. Shuningdek, bu narsa har qanday demokratik davlatning uziga khos khususiyatdir. Fuqarolar boshqalarning huquq va erkinliklarini oyoq osti qilmagan holda uzlarining diniy nuqtai nazarlarini saqlab qola oladilar . Darhaqiqat, “sekulyarizm” atamasi mohiyatiga etibor qaratadigan bulsak ham, sekulyarizm – davlat va jamiyatni har qanday turdagi dindan va diniy etiqodlardan mustaqil ravishda faoliyat yuritishi lozim bulgan konsepsiya hisoblanadi.

Dinning dunyoviy hayot tarziga moslashuvi jarayonini hamda din va siyosat urtasidagi munosabatlarning uziga khos khususiyatlarini belgilash uchun ilmiy adabiyotlarda “sekulyarizasiya” (“secular” lotincha suz bulib “dunyoviy” manosini angladi) atamasi keng qullanilib kelinmoqd Diniy fundamentalizm, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash har bir davlat tashqi siyosatining ustuvor yunalishlaridan bir bulib qolmoqda. Muayyan siyosiy maqsadlarda terror vositalardan foydalanish khalqaro gumanitar huquq normalariga tamomila ziddir. BMT Nizomining 51 moddasiga binoan muayyan maqsadlarga zuravonlik, terror vositasida erishishga urinish – jinoyatchilikning alohida kurinishi deb baholanadi .

2010 yil 18 iyun kuni Prezidentimiz bilan Bukhoro viloyatining Vobkent tumanida qishloq mehnatkashlari bilan bulgan suhbatida bu voqealar haqida atroflicha fikr bildirib, «Biz har doim vazmin, oriyatli, or – nomusli khalq bulib kelganmiz. Har doim uz salohiyatimizga, uz kuchimizga suyanib yashaganmiz. Shu bilan birga, doimo etti marta ulchab, bir marta kesganmiz. Men shu yuldan hech qachon qaytmaslikka davat etib, khalqimizga faqat omonlik, tinchlik tilayman», deb takidladi. Uchrashuvda bukhorolik tadbirkorlardan biri dunyoning kuplab etakchi davlatlari rahbarlarining jahon moliyaviy – iqtisodiy inqiroziga oid fikrlari khususida suz ochib, mamlakat Prezidentining bu boradagi yondashuvi, prinsipial harakatlarini qiyosiy taqqoslab berdi.

Haqiqatan ham hamma moliyaviy inqirozdan omon qolish yullarini bartaraf etish va undan keyingi yuksak rivojlanish suratlarini saqlab qolishga doir amaliy urinishlar samara berayotganini uz hayoti misolida bayon etdi. Uzbekiston khalqining va Prezidentining qushni Qirgizistondagi voqealarga bulgan insonparvarlik qarashlarini bugungi kunda khorijiy davlatlarning nufuzli siyosatchi va tahlilchilari tula etirof etmoqda. Evropa khalqaro munosabatlar instituti vise-prezidenti, siyosiy fanlari professori (Belgiya) J.Lipper shunday degan edi: «Men Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qushni mamlakatda sodir etilgan voqealar millatlararo mojaro emas, balki bu quporuvchilikni uyushtirgan kuchlarning niyati Uzbekistonni ham bu qarama – qarshilikka tortishdan iborat bulgan, degan fikrlarni tuliq qullab – quvvatlayman…» .

Nyu – York davlat universiteti professori (AQSh) Parviz Morvij etiroficha, «Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Qirgiziston janubida sodir etilgan vahshiylik, zurlash, bolalarning, ayollar va qariyalarning hayotiga qasd qilish bilan bogliq vahshiyona holatlarni uz ichiga olgan ommaviy jinoyatlar tashqaridan turib, uzoqni kuzlab tashkil etilgan va boshqarilgan fitnadir, degan fikrlariga tula qushilaman… Men Ush va Jalolobod viloyatlarida bulib utgan voqealarni tahlil qilar ekanman, Prezident Islom Karimovning pukhta uylangan va oqilona qarori butun mintaqani qamrab olishi mumkin bulgan mudhish urush olovini uchirdi, deb ayta olaman».

Qirgiziston Respublikasining sobiq davlat kotibi (2000 – 2005), professor Osmonakun Ibraimov «Beliy Parus» (2010 yil 23 iyun, Qirgiziston) gazetasida shunday yozadi: «…Bu voqealarga Uzbekistonning rasmiy pozisiyasi hayrat va haqiqiy hurmat uygotdi. Butun Markaziy Osiyodagi vaziyat kup jihatdan mintaqadagi etakchi davlat bulgan mana shu mamlakatning say-harakatlariga bogliq. Yaqinda Qirgiziston janubida sodir etilgan khunrezlikdan qirgizlar ham, uzbeklar ham jabr kurdi.

I. Karimovning quyidagi suzlari qushni qardosh mamlakat rahbari siymosida haqiqiy rahnoma va buyuk siyosatchini etirof etishga undaydi: «Biz buyuk khalqmiz, asrlar davomida yonma – yon yashab kelgan qirgiz khalqi bilan uzimiz til topamiz, bu mojarolarni echishga uzimizning qurbimiz, aqlimiz va tajribamiz etadi». Men uz siyosiy faoliyatimda juda kup narsalarni kurganman, lekin Islom Karimovning bu suzlarini kuzga kurinadigan barcha joylarga yozib quyish kerak…» .

Bunday fikrlarni kuplab keltirish mumkin.

Mamlakatimiz fuqarolari va jahon jamoatchiligi bu voqealarga uz vaqtida rasmiy – siyosiy bahosini berdi: «Jaholat hech qachon yakhshilikka olib kelmagan. Qiziqqonlik, johillik oqibatida bu guzal hayotni bir lahzada yuqotish mumkinligini sira unutmaslik lozim. Bugungi murakkab davrda ogohlik, sezgirlik, hushyorlik har qachongidan muhim», degan fikrlari hammamizni yana bir karra ogoh bulishga, birdamlik va hamjihatlikka, guzal hayotimizning qadriga etishga davat etadi.

Mohidil KhAMZALIEVA

Khadichai Kubro ayol – qizlar urta makhsus islom bilim yurti

2 – kurs talabasi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …