Главная / Madaniyat / Diniy bagrikenglik yoki uzgalarning qadriyatlariga hurmat bilan qarash

Diniy bagrikenglik yoki uzgalarning qadriyatlariga hurmat bilan qarash

bagrikenglikAlloh taologa behisob hamdu sanolar aytamiz, Paygambarimiz Muhammad Mustafoga salavot va salomlar yullaymiz!
Muqaddas dinimiz talimotlari musulmon kishining ongini Yakka Allohga ibodat qilish, Uning haq dini Islomga amal qilish asosida tarbiya qilar ekan, ayni chogda har qanday insonni dinu diyonati qandayligidan qati nazar, insonligi uchun hurmat qilishga chaqiradi. Zero, hazrat Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhuning tabiri bilan aytganda, barcha inson ikki sinfdan iborat: yo din birodaring yoki yaralish jihatdan misling va qarindoshingdir. Insonni hurmat qilish uning barcha moddiy va manaviy haq-huquqlarini hurmat qilish demakdir. Uning tanu joni, mol-mulki, obrusi, karomati va diniy tanlovini hurmat qilib, unga tajovuz qilmaslik ham shu jumladan hisoblanadi. Shu bois ham Islom odamlarni dinlari va etiqodlari tufayli taqib qilib, zulm qilishdan qaytarar ekan, musulmonlarni uzgalar bilan guzal muomala qilishda va akhloq-odobda oliy namuna bulishga targib etadi. Toki, ularning noloyiq khatti-harakatlari Islomdan deb kurilib, natijada uning pok nomiga dog tushib qolmasin va uzgalar undan bezib qolmasinlar.
Alloh taolo Quroni karimda musulmonlarni uzlariga tajovuz qilib, urush ochmagan uzga din vakillariga yakhshilik qilishga qiziqtirib shunday marhamat qiladi: “Din tugrisida sizlar bilan urushmagan va sizlarni uz yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yakhshilik qilishingiz va ularga adolatli bulishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolatli kishilarni sevadi” (Mumtahana surasi, 8-oyat).
Quroni karim hatto gayridinlarning botil but-sanamlarini sukishdan qaytarganidan, musulmonlarni uzgalar qadriyatlariga nechogli hurmat bilan muomala qilishga undaganini kuramiz. Nima uchun Alloh taolo ularning tosh va yogochlardan bulgan jonsiz, na uziga, na birovga zarar yoki foyda keltirolmaydigan but-sanamlarni sukib, haqoratlashdan qaytardi? Chunki, gayridinlar usha but-sanamlarini uzlari uchun muqaddas deb hisoblaydilar. Malumki, har bir inson uzi uchun muqaddas deb bilgan narsani himoya qiladi. Qachonki, musulmonlar kofirlarning muqaddas tushunchalariga tajovuz qilib, ularni haqoratlasalar, buning tabiiy natijasi ularoq uz navbatida ular ham musulmonlarning muqaddas narsalariga tajovuz qilib, ularni haqorat qiladilar. Islom esa, uzga din vakillarini sukish va haqoratlashga rukhsat bermaydi. Quyidagi oyati karimaga quloq tuting: “Allohdan uzgaga siginadigan kimsalarni (butlarini) sukmangiz! U holda ular hadlaridan oshib, johillik bilan Allohni sukadilar. Har bir millatga uzlari qilgan amalni mana shunday chiroyli kursatib quyganmiz” (Anom surasi, 108-oyat).
Islom dini azal-azaldan insoniyatga asl muruvvatni, hatto uzga din vakillariga ehtirom va bagrikenglik bilan munosabatda bulishni urgatib kelgan. Malumki, Islom uzidan oldingi samoviy dinlarni (yahudiylik, nasroniylik) shunchaki hurmat qilish bilan cheklanmay, usha din ahllariga cheksiz muruvvatlar kursatgan. Ularning haq-huquqlarini qonun bilan mustahkamlab quygan. Madaniyat va ananalariga ehtirom bilan qaralgan. Asrlar davomida bu qoidalarga amal qilib yashagan musulmonlar bir-birlariga, hatto oralarida yashaydigan boshqa millat vakillariga, ahli zimma (musulmonlar diyorida yashaydigan uzga din vakillari)ga ham muruvvatning mislsiz namunalarini kursatib, butun insoniyatga ibrat bulishdi.
Kuplab hadisi shariflar va osorlarda uzgalarga chiroyli muomala qilishga targib etiladi. Islom dini barq urib yashnagan davrda zimmiylarga qilingan oliyjanob muomala buning yorqin namunasidir. Aynan ana shunday guzal muomala tufayli kupgina zimmiylar musulmon bulish bakhtiga erishganlar. Imom Abu Dovudning “Sunan”ida Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan shunday hadisi sharif rivoyat qilinadi: “Ogoh buling, kimda-kim muohadga (zimmiy kishiga) zulm qilsa yoki uni tahqirlasa yoki unga toqatidan ortiq ishni yuklasa yokhud undan uzi norozi bulgan holda biron narsa olsa, men qiyomatda unday kishining khusumatchisi va dushmani bulaman”.
Islom dini boshqa din vakillarining tiriklarini hurmat qilish bilan cheklanib qolmadi, ularning uliklarini ham ehtirom qildi. “Sahihi Bukhoriy”da Jobir raziyallohu anhudan quyidagi voqea rivoyat qilinadi: “Bir kuni oldimizdan bir janoza utdi. Shunda Nabiy alayhissalom bu janoza uchun urnilaridan turdilar va biz ham (ul zotga ergashib) urnimizdan turdik. Biz: “YO Rasululloh, bu yahudiyning janozasi!” dedik. Shunda ul zot sollallohu alayhi va sallam: “Qachon janozani kursangiz, urningizdan turing!” dedilar”.
“Diniy bagrikenglik” degani musulmonlar istilohida «muruvvat» deyiladi. Bu tushuncha keng manoda chirkin narsalar va voqealar qarshisida guzallikni ustun quyib, mehribonlik qilish hamda har bir voqelikka guzallik nuqtai nazaridan yondoshish, etiqod, madaniyat, ananalarga nisbatan hurmat va ehtirom bilan munosabatda bulish demakdir. Ana shunga binoan, musulmonlar butun tarikh davomida boshqa dinlarga va ularning vakillariga bagrikenglikning, muruvvatning buyuk namunalarini kursatib kelishgan. Chunki bu Alloh taoloning amri, Uning Rasuli ummatga bergan kursatmadir. Quron va Sunnat hukmiga kura, mumin-musulmonlarning biror qavmni yomon kurishlari yoki usha qavmlarning musulmonlarga dushmanlik qilishi ularga nisbatan zulm qilishga, haqlarini poymol etishga sabab bulmasligi kerak. Alloh taolo shunday amr qilgan: «Ey, imon keltirganlar! Alloh uchun (tugrilikda) sobit turuvchi, odillik bilan guvohlik beruvchi bulingiz: biror qavm (kishilari)ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilishga undamasin! Adolatli bulingiz! Zero, u (adolat) taqvoga yaqinroqdir. Allohdan qurqingiz! Albatta, Alloh ishlaringizdan khabardordir» (Moida surasi, 8-oyat).
Paygambarimiz Muhammad alayhissalom boshqa din va etiqod vakillariga nisbatan bagrikeng bulish, ularning etiqodini hurmat qilish, haqlariga rioya etishning oliy namunasini kursatibgina qolmay, ummatni hamisha ana shu yuldan borishga davat qilishdan charchamadilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda: «Khalqning barchasi Allohning izmidadir. Ularning Allohga mahbubrogi ahliga naf beruvchirogidir», deyilgan (Bazzor rivoyati).
«Kim ahli zimmaga biror zahmat etkazsa, qiyomat kuni meni uzining dushmani sifatida kuradi» (Ahmad ibn Hanbal «Musnad»da rivoyat qilgan). Muruvvat, toqatlilik va diniy bagrikenglik Islomning tamal toshi, etiqod va dinlar tarikhidagi bir omildir. Islom ilk davridanoq avvalgi dinlarga hech qanday tazyiq utkazmadi, turfa mazhab va mafkuralarga qarshi mutaassiblik qilmadi. Islom birinchi kunlardanoq diniy bagrikenglikning olamshumul shiorlarini urtaga tashladi: «Barcha samoviy dinlar bir manba, bir buloqdan suv ichadi, hamma paygambarlar birodardirlar, risolatda ular urtasida hech qanday afzallik yuq, etiqodga, dinga majburlash mumkin emas, ilohiy diyonatlarning barcha ibodatkhonalari himoya va mudofaa qilinishi kerak, dinlardagi ikhtiloflar qotillik va adovatlarga sabab bulmasligi, yakhshilik, silai rahmdan tusmasligi lozim».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrlarida diniy bagrikenglik siyosati uzining bor kurinishida namoyon buldi. Ayniqsa, “delegasiyalar yili” deb atalmish yilda bu tushuncha yanada ravshanroq kurindi. Paygambarimiz alayhissalom kuplab ahli kitoblarning vakillarini qabul qilar, uzga davlat arboblariga maktublar junatardilar. Mazkur maktublardan biri ul zot sollallohu alayhi va sallamning Najron episkopiga yullagan maktublari edi.
Rumon tadqiqotchisi K. Jiorjio Islom hukmron bulgan davrdagi boshqa samoviy din egalarining ahvoli haqida gapirar ekan shunday yozadi: “Garchi hijratning tuqqizinchi yilidayoq Islom dini butun arab jazirasini qamrab olgan bulsa-da, Muhammad alayhissalom yahud va nasorolarni uz diniga kirishga majbur qilmagan. Chunki, ular ahli kitob edilar. Muhammad alayhissalom uzlarining Najron bosh episkopi Abulhorisga yozgan maktublarida Islom kelgach, arab jazirasida nasroniylarning ahvoli yakhshilangani haqida khabar berganlar. U kishi maktubda shunday suzlarni aytganlar: «Bismillahir rohmanir rohiym. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Najronning bosh episkopi Abulhorisga va uning barcha ruhoniylari va episkoplariga! Ammo bad… Katta episkop, uning ruhoniylari va boshqa episkoplariga malum bulsinki, sizlarning cherkovlaringiz, mabadlaringiz va savmaa (sinagoga)laringiz qanday bulsa, shundayligicha qoldiriladi, sizlar uz ibodatlaringizda hur va erkindirsiz. Orangizdan birortangiz uz mansabidan va maqomidan chetlashtirilmaydi. Diniy marosimlaringizda hech narsa uzgartirilmagani kabi mazkurlardan ham hech narsa uzgartirilmaydi, modomiki episkoplar (ahdga) sodiq qolsalar va din talimotlariga amal qilsalar. Kim shu narsalarga amal qilsa, u Alloh va Rasulining himoyasida buladi, kim ularni man qilsa, u Alloh va Rasulining dushmani buladi»”.
Mazkur risola ahli kitoblar arab jazirasida uz ibodatlarini ado etishda emin-erkin bulganlariga va hech kim ularga tazyiq utkazmaganiga dalolat qiladi. Hijratning tuqqizinchi yilida Najron nasorolari delegasiyasi katta episkop Abulhoris boshchiligida Madinai munavvaraga mehmon bulib keladi. Ular Nabiy alayhissalom huzurlariga kirmoqchi bulganlarida uzlarining rasmiy diniy liboslarini kiyib oladilar. Paygambar alayhissalomni ziyorat qilib bulganlaridan sung ul zotdan ibodatlarini ado etish uchun rukhsat suraydilar. Nabiy alayhissalom ularga Madina masjidida ibodatlarini ado etishlari uchun sharoit qilib beradilar. Shunday qilib, ular musulmonlarning masjidida Baytul maqdisga yunalgan holda ibodatlarini ado qiladilar. Ha, Paygambarimiz alayhissalom ahli kitoblarga hurmat bilan munosabatda bulardilar. Ayniqsa, nasroniylarga alohida ehtirom kursatardilar.
Nabiy alayhissalom amal qilgan diniy bagrikenglik siyosati keyinchalik Paygambar alayhissalomning khulafolarining ham qoidasiga aylandi. Ular uzga din vakillariga hurmat va shafqat bilan munosabatda bulishdi, magribu mashriqni egallagan Islom ulkalarida uzga din vakillari ham musulmonlar himoyasida bemalol uz dinlariga amal qilib yashadilar. Bunday misli kurilmagan bagrikenglik hattoki, garb sharqshunoslarining insofli vakillari tomonidan ham qadrlangan, maqtov va tahsinlar bilan tilga olingan. Ular Islom bagrikengligi bilan salib yurishlaridagi khunrezliklarni taqqoslab, Islomning boshqa dinlardan kura bagrikenglikda peshqadamligini etirof etganlar.
Jumladan, sharqshunos Mishun uzining “Salib yurishlari tarikhi” nomli kitobida quyidagilarni yozadi: “Islom boshqa din vakillariga nisbatan bagrikengdir. U patriarkhlarni, ruhoniylarni va ularning khodimlarini har qanday soliqlardan ozod qilgan, ibodatga berilganlari uchun ularni urushda ham uldirishni man qilgan. Umar ibn Khattob Qudsni fath qilgach, nasroniylarga tegmagan. Salibchilar esa, mazkur shaharni bosib olishganda musulmonlarning barini qilichdan utkazib, yahudlarni yoqib yuborgan edilar”.
Mazkur sharqshunos uzining “Sharq sari diniy sayohat” nomli boshqa kitobida nasroniylar bagrikenglik va oliyjanoblikni, uzgalar bilan chiroyli muomalani kup hollarda musulmonlardan urganganliklarini yozadi: “Nasroniylar taomul ruhini va guzal muomala fazilatlarni musulmonlardan uzlashtirganliklari goyat achinarlidir. Holbuki, mazkur fazilatlar barcha khalqlarda muruvvat va ehson qoidalarining eng muqaddasi hisoblanadi. Mana shularning bariga musulmonlar uz paygambarlari Muhammad alayhissalomning talimi tufayli erishganlar”. Paygambarimiz Muhammad alayhissalom bu borada Islom ummatigagina emas, butun insoniyatga haqiqiy ibrat-namuna edilar. Bagrikenglik, kechirimlilik bobida u zotga teng keladigani topilmaydi. Olamlar sarvari qasos va uch olish imkoniyati bula turib uzlariga, barcha musulmonlarga cheksiz zulm va yovuzliklar kursatgan, ona shaharlaridan quvib chiqargan makkalik mushriklarni ham, tosh olib u zotni yaralagan, shahridan quvgan toifliklarni ham, amakilari va eng jasur sarkardalarini uldirgan qulni ham, uzlariga zahar bergan ayolni ham, quyingki, barcha-barchani birday kechira oladigan zot edilar.
Yurtimizda qadimdan turli etiqodga mansub millat va elatlar istiqomat qilib kelgan. 130 dan ziyod millat farzandlarining hur va ozod diyorda tugilib, tinchlik va osoyishtalik kayfiyatida yashashlari vatanimizning bagrikenglik ulkasi ekanligining yorqin namunasidir. Ularning uzaro hamjihatlikda, ahil-inoqlikda bir-birlarining etiqodlarini hurmat-ehtirom ruhida yashab kelishlarining uzi Yaratganning khalqimizga bergan ulkan nematidir.
IX asrdan boshlab hozirgi Uzbekiston hududida Islom dini sunniy yunalishining hanafiy mazhabi qaror topdi. Zero, Imom Azam mazhabi boshqa mazhablarga qaraganda uzga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish tamoyili bilan ajralib turadi. Hanafiylik talimotini yanada takomilga etkazgan vatandoshlarimiz – Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy va Burhoniddin Marginoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi goyaviy tarafkashlikka barham berish, Islom dinining Ahli sunna val jamoa yulining barqaror bulib qolishiga katta hissa qushdilar.
Diyorimizdan chiqqan allomalarning asarlarida diniy bagrikenglik bilan bogliq qadriyatlar targib qilingan goyalarni uchratamiz. Buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yunalishi asoschisi Abu Mansur Moturidiyning (870-944) asarlarida bayon etilgan bagrikenglik goyalari bunga misol buladi. Jumladan, Moturidiyning Quron tafsiriga bagishlangan, Islom olamida keng tanilgan “Tavilotu ahli sunna” asarida Haj surasining 40-oyat tafsirida: “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham, musulmonlar yurtida shu davrgacha ular buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ikhtilof yuq”, deb qatiy takidlaydi. Samarqandlik faqih, mufassir Abu Lays Samarqandiy (vaf. 1003 y.) esa, uzining “Bahrul ulum” nomli tafsirida Qurondagi Mumtahana surasining 8-9-oyatlari sharhida: “Sizlar bilan dinda urush qilmagan uzga din vakillari bilan bordi-keldi qiling, ular bilan adolatli muomala qiling”, deb yozadi. Movarounnahrlik yana bir mashhur faqih, mufassir Abul Barakot Nasafiy (vaf. 1310 y.) Islom olamida malum va mashhur “Madorikut tanzil” asarida mazkur oyatlarni: “Uzga din vakillariga ehtirom kursating, ularga suz bilan ham, ish bilan ham yakhshi muomalada buling”, deb tushuntiradi.
Hakim Termiziy (vaf. 932 y.) asarlarida ham khristianlarning bazi toifalari haqida fikr yuritilib, ular Paygambar alayhissalom bashorat qilgan “najot topgan firqa”, deb tavsiflanadi. Moturidiy khristianlar musulmonlarga qalbi moyilroq, dustona munosabatga yaqin ekanini aytib utgan bulsa, Abul Barakot Nasafiy nasroniylar musulmonlarga dili yaqin ekanini, ular orasida kamtar, olim va obidlar bor, deya tariflab, ilm kimda bulishidan qati nazar, albatta yakhshilikka etaklashini alohida takidlaydi. Shaykh Ahmad Yassaviy (1105-1166) ham uz hikmatlarida gayridinlarga yakhshi munosabatda bulishni uqtirgan:

Sunnat ermish, kofir bulsa, berma ozor,
Kungli qottig dilozordan Khudo bezor.

      Malumki, Islom davlati panohida yashagan gayridinlar “zimmiy” deb atalgan va dini, joni va molining omonligi musulmonlar zimmasida bulgan. Paygambar alayhissalom zimmiylarning yonini olib: “Zimmiyga zarar etkazganga men dushmanman”, degan mazmundagi bir qator hadislari tufayli faqihlar zimmiylar mavzusiga alohida etibor berib, uz asarlarida ularga makhsus boblar ajratganlar. Chunonchi, zimmiylar musulmonlar kabi barcha huquqlarga ega bulish bilan birga, tuliq etiqod erkinligiga ham ega bulganlar. Burhoniddin Marginoniy (1123-1197) uzining “Hidoya” asarida: “Musulmonlar diyorida cherkov va ibodatkhonalar buzilib ketgan bulsa, ularni uz joyida yana qayta tiklash mumkinligini” alohida aytib utgan.
Yurtimiz allomalarining asarlarida diniy bagrikenglikka oid bunday misollar juda kup. Shu nuqtai nazardan qaraganda, uzga din vakillari bilan yonma-yon yashab kelgan khalqimizda diniy bagrikenglik faqat zarurat keltirib chiqargan ehtiyoj emas, hayot tarziga singib ketgan uziga khos fazilat ekaniga ishonch hosil qilish mumkin.

Odilkhon qori Yunuskhon ugli,
Toshkent shahar, Shaykhontohur tumani bosh imomi,
Shaykh Zayniddin jome masjidi imom-khatibi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …