Главная / Siyosat / Devordagi tuynuk ugrini jalb etadi- Jahonning eng kup haq tulanadigan maslahatchisi korrupsiya haqida
<

Devordagi tuynuk ugrini jalb etadi- Jahonning eng kup haq tulanadigan maslahatchisi korrupsiya haqida

Menejment daholaridan biri, jahonning eng kup haq tulanadigan maslahatchilari qatorida turadigan Iskhak Adizes RBK bilan suhbatda korrupsiyaga qarshi kurash, demokratiya, bugungi jamiyatdagi tafovutlar haqida suz yuritdi.

— Siz yaqinda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorga maslahatlar bitilgan ochiq khat yulladingiz. Rossiya rahbariyatiga ham khuddi shunday khat yozadigan bulsangiz, qanday maslahat bergan bulardingiz?

— Men 50dan ortiq mamlakatlarda maruza uqiyman va barcha joyda bitta umumiy muammo mavjud — korrupsiya. Nima uchun bu hodisa keng tarqalgan va unga qarshi qanday kurashilmasin, muhim ahamiyat kasb etadi? Yahudiylarda bir maqol bor: devordagi tuynuk ugrini jalb etadi. Hozirda dunyo izchil uzgarishlarni boshidan kechirmoqda — iqtisodiyot, odamlar hayoti, tekhnologiyalar juda tez uzgarmoqda. Ana shu uzgarishlar bois mamlakatda boshqaruv izdan chiqmoqda va devordagi tuynuklar kupayib bormoqda. Davlat tizimi ishlamaydigan joyda korrupsiya aylanma yullarni topishga yordam beradi.

eheqbbook65xvzwatdnlsrvj241hvckr

Shuning uchun unga qarshi qatiy jazolar, masalan Khitoydagi kabi qatl qilishlar bilan kurashib bulmaydi. Agarda korrupsiyaga barham berilsa, hamma narsa ishlashdan tukhtaydi. Gap shundaki, korrupsiya — byurokratiyaning teskari tomoni: masalan, usha Meksikada olma hosilini terib olish kerak, davlat hosilni terib olishni nazorat qiluvchi 88ta qoidani urnatgan. Bunday sharoitda ishlash uchun odamlar istasa-istamasa qonunni buzishlariga tugri keladi. Shu bois, Meksika prezidentiga biznesning barcha sohalarida tartibga solishni soddalashtirish, uni yanada tushunarli va shaffof qilishni maslahat berdim.

— Uz blogingizda qiziq holatni tasvirlagansiz: barcha sobiq va amaldagi kommunistik davlatlarda jamoat joylari — kuchalar, bekatlar, sport maydonchalari iflosligini, demokratik davlatlarda esa top-tozaligini aytgansiz. Nega shunday?

— Nafaqat kommunistik mamlakatlarda, balki barcha sobiq mustamlaka davlatlarda shunday. Barcha avtoritar davlatlarda ham. Bunday mamlakatdagi istalgan uyga kiring va siz zinalar iflosligini, devorlar yorilib ketganini kurasiz. Khonadon ichiga kirsangiz – top-toza va chiroyli. Nima uchun ichkarida va tashqarida bunday farq bor? Chunki bunday mamlakatlardagi odamlar shunday uylashadi: bu meniki, bu seniki, seniki bilan meniki urtasidagi barcha narsalar hech kimniki emas, ular haqida davlat uylasin, ularning bizga aloqasi yuq. Bunday mamlakatlarda khalq uzini hukumatga qarama-qarshi qilib quyadi. Demokratik davlatlarda esa odamlar boshqacha uylashadi: hukumat bu biz, demak, barcha jamoat joylari bizniki. Men yashaydigan Santa-Barbarada kuchada bir parcha qogoz erda yotganini topa olmaysiz. Nima uchun? Chunki har shanba kuni odamlar uz kuchalaridagi chiqindilarni yigishtirishadi, demokratiyaning kuchi mana shunda.

— Ammo hozirda kuplab siyosatchilar, masalan libertarianlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Ron Pol aksariyat mamlakatlarda demokratiya tezda befoyda tizimga aylanayotganini aytmoqda. Nima uchun shunday bulmoqda?

— Muammoning ildizini quyidagilarda deb bilaman. Rivojlangan mamlakatlarda ham davlat kuchaymoqda, chunki mamlakatlar oldida turgan muammolar kalavasi borgan sari chuvalashib ketmoqda. Kalavaning uchini faqatgina hukumat topadigandek tuyulmoqda va u uziga kuproq hokimiyatni olmoqda. Bu demokratiyani uldiradi. Demokratiya halok bulishining yana bir sababi, partiyalar hokimiyat uchun kurashga qattiq kirishishidir. Ular bir-birlarini korrupsiyada ayblaydi va oddiy fuqaro ulardan qay biri yakhshi, qay biri yomonligini anglolmay qoladi. Va u barchasini tartibga keltiradigan qandaydir «ota» boshqarishini khohlay boshlaydi. Markazlashish yangi feodalizmga olib keladi.

— Menimcha, demokratiya tizim sifatida talim darajasiga bogliq: odamlarning dunyoqarashi tor bulsa, ular oqilona qaror qabul qila olishmaydi, ularni boshqarish oson buladi.

— Shunaqa, lekin muammo shundaki, bizning davrimizda talimga yondashuv ham boshqacha bulishi kerak. Men Kolumbiya universitetida doktorlik darajasini olganimda judayam khursand edim va uzimdan fakhrlandim. Qulimda diplom bilan yulakda ketarkanman, auditoriyadan doktorlik dasturiga kirish imtihonini topshirgan talabalar chiqib kelishdi. Ularga qani, nimalardan imtihon topshiryapsizlar dedim. Ikki-uch yildan keyin khuddi menday doktorlik darajasini oladigan bu talabalarning kirish imtihonlariga nazar solarkanman, bu imtihonlardan uta olmasligimni tushundim — ulardan menda yuq bilim talab qilinayotgandi. Mening doktorlik darajam usha darajani olgan kunimoq eskirib bulgandi. Biz urgangan narsalar bir necha yil ichida eskiradi: inson uz bilimlarini muntazam ravishda oshirib bormasa, shifokor yoki muhandis bula olmaydi. Juda kupchilik diplom oladi va uylaydi: buldi, endi men hamma narsani bilaman va oqilona qarorlar qabul qila olaman. Aslida diplom siz bilim olishni tugatganingizni emas, bilim olishda davom etishingizga rukhsat berilganini anglatadi. Soglom qaror qabul qilish uchun inson doimo, butun umri davomida uqib-urganishiga tugri keladi.

Iskhak Adizes haqida

Iskhak Kalderon Adizes —Adizes Institute (Kaliforniya) asoschisi, yuzlab kompaniyalar, jumladan Bank of America, Coca-Cola, IBM va boshqalarning biznes-maslahatchisi,  Shvesiya, Braziliya, Isroil, Meksika hukumatlarining siyosiy masalalar buyicha maslahatchisi. Jahonning eng kup haq tulanadigan maslahatchilaridan biri.

О нас

Яна маълумот

ER4G7rtXr23Ic-UYcCwp7uZuZ3OABCqV

Har qanday imtiyoz muddatli bulishi kerak

«Mamlakatda raqobatni rivojlantirish buyicha keyingi yillarga muljallangan strategik yunalishlar» mavzusidagi matbuot anjumanida Uzbekiston Respublikasi Monopoliyaga …