Главная / Siyosat / Deputatlar fikri: Kontrakt tulovini stipendiyasiz shaklda tulash qanday bulishi mumkin?
<

Deputatlar fikri: Kontrakt tulovini stipendiyasiz shaklda tulash qanday bulishi mumkin?

Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Abdurashid Abduqodirov, Islomjon Zokirov va Bekzod Artikov muallifligida «Kontrakt tulovini stipendiyasiz shaklda tulash qanday bulishi mumkin?» sarlavhali maqola elon qilindi.

Bundan bir yilcha avval, ijtimoiy tarmoqlar orqali tulov-kontrakt asosida talim olayotgan talabalar uchun kontrakt tulovlarini tulashda malum qulayliklar yaratish maqsadida ularga uz khohishlariga kura stipendiyalardan (yoki uning bir qismidan) voz kechish hisobiga yillik olinadigan stipendiya miqdoriga mos ravishda kamaytirilgan tulov-kontrakt pulini tulash huquqini berish buyicha takliflar jamoatchilik etiboriga havola etilgan va bu qizgin muhokamalarga sabab bulgan edi.

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 17 iyundagi 4359-sonli qarorida jumladan, tulov-kontrakt asosida talim olayotgan barcha bosqich talabalariga, uz khohishlariga kura tulov-kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda tulash huquqi berilishi belgilab quyildi.

Biroq, hozirgi kungacha tulov-kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda tulash tartibi qanday bulishi haqidagi yakuniy khulosalar elon qilinganicha yuq.

x6doyp42okceecfpqctn2txkuw76mccb

Boshqacha aytganda, tulov-kontrakt asosida talim olayotgan talabalar uchun tulov-kontrakt qiymatini stipendiyasiz shaklda tulashda barcha uchun bir khil miqdor belgilanib, ana shu miqdornigina chegirib tashlagan holda kontrakt tulanadimi yoki har bir talaba uchun semestr yakuniga kura unga tayinlangan stipendiya miqdoridan kelib chiqib chegirmalar belganadimi?

Bizningcha, agar tulov-kontrakt asosida talim olayotgan talabalar uchun tulov-kontrakt qiymatini stipendiyasiz shaklda tulashda barcha uchun bir khil miqdor belgilanib, ana shu miqdornigina chegirib tashlagan holda kontrakt tulash huquqi beriladigan bulsa, u holda ushbu huquqdan foydalanishni khohlagan talabalar uchun semestr yakunidagi uzlashtirish kursatkichining hech qanday ahamiyati qolmaydi.

Boshqacha aytganda, bunday tartib joriy etilsa, tulov-kontrakt asosida talim olayotgan talabalar ikki khil toifaga ajralib qoladi:

Birinchi toifa talabalar bu – tulov-kontrakt qiymatini stipendiyali shaklda tulashni tanlagan talabalar bulib, ularning fanlardan yuqori baho olishga intilishlari mos ravishda tabaqalashtirilgan stipendiya tayinlanishi orqali ragbatlantirilib boriladi.

Ikkinchi toifa talabalar esa – tulov-kontrakt qiymatini stipendiyasiz shaklda tulashni tanlagan talabalar bulib, ular uchun fanlardan yuqori baho olishni ragbatlantiruvchi asosiy omil qolmaydi va shuning uchun ularning aksariyati «uch» baho bilan kifoyalanib quyaverishlari mumkin.

Shuningdek, alo baholarga uqiyotgan talabalar ikki khil qiyin tanlov qarshisida qolishadi: yuqori bahoga intilmasdan tulov-kontrakt qiymatini stipendiyasiz shaklda osonroq tulash tanlovi yoki qiyinchilik bilan bulsada tulov-kontrakt qiymatini stipendiyali shaklda tulashni tanlab, semestr davomida yuqori bahoni qulga kiritish tanlovi.

Umuman aytganda, agar oliy talim tizimida stipendiya tulash saqlanib qoladigan bulsa, albatta, bu stipendiyalar talabalarga ularning uzlashtirish kursatkichlariga qarab belgilanishi zarur. Bunday tartib stipendiya mablaglari samarali ishlatilishiga ham olib keladi.

«Talim tugrisida»gi qonunda bilimli bulishni va istedodni ragbatlantirish prinsipitalim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida belgilangan. Shuning uchun, oliy talim muassasalaridagi hozirda mavjud tabaqalashtirilgan stipendiya tulash tizimi  talabalarning yuqori darajada fanlarni uzlashtirishlarida va chuqur bilim olishlarida ular uchun muhim ragbatlantiruvchi asosiy omil bulayotganini ham etirof etish zarur.  

Agar barcha tulov-kontrakt asosida talim olayotgan talabalar uchun bir khil miqdor belgilanib, usha miqdordan kelib chiqib tulov-kontrakt pulini kamroq tulash tartibi joriy etiladigan bulsa, oliy talim muassasalaridagi 70-80 foizini tashkil etuvchi tulov-kontrakt asosida talim olayotgan talabalarning yuqori bilim va baho olishini ragbatlantiruvchi eng muhim tasir kuchi quldan boy berilgan buladi.

Garchi bu kabi yangicha tartib talaba va uqituvchilar urtasidagi tamagirlik holatlari kupayishiga olib keladi deb hisoblaydigan bulsada, biroq, birinchidan, bunday noqonuniy holatlar avvaldan bor. Ikkinchidan, barcha uqituvchilar va talabalar ham bu kabi noqonuniy ishlarga qul urmaydi. Uchinchidan, bu kabi noqonuniy holatlarga qarshi mavjud ijobiy natija beradigan tartiblardan voz kechish evaziga emas, balki nazoratni kuchaytirish va javobgarlikni oshirish kabi vositalar bilan kurashiladi.

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 4359-sonli qarorining jamoatchilik muhokamasiga quyilgan loyihasida «tulov-kontrakt asosida talim olayotgan barcha bosqich talabalari stipendiyalardan voz kechish hisobiga yillik olinadigan stipendiya miqdoriga mos ravishda kamaytirilgan tulov-kontrakt pulini tulash huquqi ega buladi», deb yozilgan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, tulov-kontrakt asosida talim olayotgan barcha bosqich talabalariga tulov-kontrakt pulini, aynan, har bir talabaning yillik olinadigan stipendiya miqdoriga mos ravishda kamaytirilgan holda tulash huquqi berilishi maqsadga muvofiq bular edi.

О нас

Яна маълумот

zP7oqqqEtHvEh-Wy9H6HZLk5V5pJNexs

Departament valyutafurushlarni qanday «fosh» etadi?

Rasmiy manbalar orqali valyutafurushlarga qarshi jiddiy kurash olib borilayotgani haqida kup bora aytilmoqda. Valyutaning noqonuniy …