Главная / Siyosat / Departament valyutafurushlarni qanday «fosh» etadi?
<

Departament valyutafurushlarni qanday «fosh» etadi?

Rasmiy manbalar orqali valyutafurushlarga qarshi jiddiy kurash olib borilayotgani haqida kup bora aytilmoqda. Valyutaning noqonuniy oldi-berdisi bilan shugullangani aytilayotgan bu kimsalar, aslida, hammasi ham valyutafurushlarmi? Sarvar Otaboev ana shu iddaolarni inkor etadi. Uning aytishicha, nomalum qiz bilan tanishib qolganligi salbiy oqibatlarga sabab bulgan.

zp7oqqqethveh-wy9h6hzlk5v5pjnexs

«Soat 23lar chamasi «Odnoklassniki» saytida tanishib, 3-4 kun gaplashib yurdik. Telefondagi suhbatlarimiz orqali ancha yaqin bulib qolganimizdan sung, bir kuni u Toshkentga kelganini aytdi. Opasi Feruza ismli ayolning Toshkentdan 50 ming dollar atrofidagi narkhda uy sotib olishi tufayli mendan 87 million sum pulini 10 ming dollar qilib berishimni iltimos qildi», — deya voqealarni hikoya qilib berdi Sarvar.

Uning takidlashicha, shakhsiy yozishmalar orqali ancha yaqin bulib qolgan qiz bilan munosabatlari chuqurlashgan sari, uning valyuta buyicha iltimosini ham bajo keltirmoqchi bulgan. Sarvar bankka murojaat qilish taklifini bildirgan, qiz esa naqd khorijiy valyuta zarurligini aytadi.

«Uyda dadamning mashina uchun tuplagan pullari borligini bilardim. Keyin u qizga telefon qilib, pul borligini aytdim», — deydi yigit.

Otaboevning takidlashicha, qiz pulni birdan olmay, turli vajlar bilan uchrashuvni qoldiravergan, sungra ular Nurafshon shahrida kurishishga kelishib olishadi.

Ijtimoiy tarmoqqa yuklangan suratlaridan farqli ayolga duch kelganini aytgan Sarvar pulni berish chogida prokuratura huzuridagi departament khodimlari tomonidan uyushtirilgan tadbir nishoni bulganini anglagan.

«Pulning egasini surashganda «meniki», deb javob bersam, «Sen qamalasan, tamom», deb tahdid qilishdi», — deydi u.

Advokat Abdumalik Abdullaev mana shu masalaning huquqiy tomonlariga etibor qaratish lozimligini aytadi. Unga kura, prokuratura khodimlaridan ayrim hollarda hisobot talab qilish salbiy natijalarga ham sabab bulishi mumkin.

«Jinoyat kodeksining 177 moddasida valyuta qimmatliklarini qonunga khilof ravishda olish va utkazish bilan bogliq holat nazarda tutilgan. Bu turdagi jinoyatlarni fosh etish, asosan, Bosh Prokuratura huzuridagi departament organlari tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Garchi bu turdagi jinoyatlarni fosh etish olqishlansa-da, ammo fosh etish amaliyoti jarayonida salbiy holatlar uchrab turibdi», — deydi advokat.

Abdullaevning aytishicha, ushbu masaladagi salbiy holatlar shundan iboratki, fuqaro qonunga khilof ravishda valyuta zakhiralarini olish va utkazish bilan bogliq holatlar yoki unga tayyorgarlik kurish jarayoni bilan bogliq holatlar yuzasidan murojaat qiladi. Amaldagi qonunlar buyicha, fuqaroning uz burchini necha marta bajarishi mumkinligi yuzasidan aniq taqiq quyilmagan.

«Lekin bazi hollarda kurishimiz mumkinki, bir fuqaro bir necha marta fuqarolik burchini bajarib, guyoki departament khodimlari bilan hamkorlik urnatib olgan. Buni tugri qabul qilish kerak, u uz burchi yuzasidan murojaat qilyapti. Biroq ayrim hollarda uylantiradigan jihati shundaki, bitta shakhs uz burchini bir-ikki marta bajardi, biroq bu davomiylik shubha ostida qolyapti. Bundan manfaat nima bulishi mumkin?», — deya Abdullaev Sarvar bilan aloqaga kirishgan qiz kabi shakhslarning harakatlarini shubhaga oladi.

«Uylaymanki, bu borada organlarning manfaati qancha jinoyat aniqlangani hisobi bilan bogliq bulsa, fuqaroda ham qandaydir manfaat bor. Shuning uchun ham, fikrimcha, bu turdagi jinoyatlarni sodir etishga dalolat qilgan shakhslarning ham masalasini kurib chiqish kerak. Chunki bunday fuqarolar ish sodir bulishiga sababchi- undovchi rolini uynayapti», — deya takidlagan huquqshunos.

Sarvarning otasi Kun.uz bilan suhbatda jinoyatning kelib chiqish sabablari urganilmay qolayotganini iddao qildi.

«Masalan, ugrilik, qotillik. Bu vaziyatda uzim surishtirsam, bular departament boshchiligida shunaqa ayollarni ishga solib, uglimga ukhshagan yosh, uspirin tajribasiz yoshlarni telefon orqali topib, hammasi uyushtirilarkan. Valyutafurush bilan aynan shugullanayotganlarning aynan uzlarini nega ushlashmayotgani haqida surasam, ularni ushlab bulmaydi, deb javob berishdi. Kuchadagi, bozorlardagi valyutafurushlarni yonidan chiqsa, bor-yugi 200-300 dollar chiqishi mumkin ekan.

Birinchidan, bu narsa jinoiy javobgarlikka tortmaydi. Ikkinchidan, ular tonadi. Tanishim, qarindoshim kabi turli bahonalar bilan qutulib ketishlari mumkin ekan», — deydi Sarvarning otasi Tolib Otaboev.

Otaboev suhbat davomida fuqaroviy burch tushunchasini uzicha ifodalab utdi.

«Mening tushunchamda jinoyatning oldini olish, agar kuchada biror noqonuniy harakat sodir bulayotgan bulsa, uni kurib khabar bersa yoki biror mansabdor shakhs ishimni tugrilab berish uchun pora surasa, men buning oldini olish burchim, deb uylab, tegishli joyga khabar qilsam, vazifamni ado etgan bulaman.

Biroq bular uzlari uspirin bolalarni turli ayollar yordamida ishontirib, ishni bunaqa ahvolga olib kelishlari adolatdanmi? Meni qiynayotgan narsa shu», — deya savol bilan yuzlanadi u.

Advokat Khurshed Rustamov tayyorgarlik kurilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida uz ikhtiyori bilan arz qilgan odamning ham kimligiga etibor qaratish kerakligi bildirdi.

«U ijtimoiy jihatdan foydali mehnat bilan shugullanadimi yoki malum organ khodimi bilan birgalikda til biriktirib kimnidir jinoyatga etaklayotgan shakhsmi, aniqlashtirish kerak.

Ariza yozib kimnidir jinoyatga undashni kasb qilib olmaganmi bilish kerak. Agar birinchi marta bulsa, mayli. Biroq amaliyotda3-4 martalab valyuta almashtirish ishi buyicha arizachi bulganlar uchrab turibdi. Ularning arizadan maqsadi jinoyatning oldini olishmi yoki bu yul bilan jamiyatda yana bir jinoyatchini kupaytirishmi?

Tugridan tugri savol quyish kerak: agar arizachi valyuta almashtirish buyicha gumondor, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga «Valyuta topib ber» deb murojaat qilmaganda edi, bu shakhs uz-uzidan shunga harakat qilarmidi? Yana bir tarafi taklif kimdan chiqqaniga ham etibor berish kerak. agar arizachi uzi valyuta surab iltimos qilgan bulsa, bunda u holda bu odam jinoyatning oldini olgan emas, jinoyatga etaklagan shakhs bulib qoladi. Bunda arizachining uzini ham javobgarlikka tortish masalasini kurib chiqish kerak buladi», — deydi u.

Advokat Rustamovning aytishicha, jinoyatga jazoni kuchaytirish bilan uning sodir bulish khavfini kamaytirib bulmaydi.

«2019 yilning boshida valyuta almashtirish bilan bogliq jinoyatlarga jazo tartibi kuchaytirildi. Hozirgi kundagi holatda 4-qism buyicha 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan javobgarlikka tortiladigan buldi. Oddiy qilib aytsak, javobgarlik jinoyatning klassifikasiyasiga qaraganda 2 barobar kuchaytirildi, bir bosqichga kutarildi. Oldin ijtimoiy khavfi pastroq jinoyatlar sirasiga kiritilgan bulsa, hozir ogir jinoyatlar turkumiga kiritildi.

Fikrimcha, undan kura jinoyatga etaklaydigan asoratlar yuqotilsa, tugriroq bular edi. Asosiysi, fuqarolarga tugri tushuntirish kerak.

Okhirgi 2-3 yil ichida chet el valyutasini tugridan tugri bankda almashtirish imkoniga erishildi. Lekin valyuta sotib olish uchun avval plastik kartochkaga summani tushir, undan keyin echtirish kerak kabi oddiy khalq tushunmaydigan holatlar bor. Agar sumni khorijiy valyutaga almashtirish tizimini ham oddiy qilib quysa, bu jinoyatlar uz-uzidan yuq bulib ketadi.

YOki masalaning ikkinchi tomoni valyutafurushlarga qonuniy rukhsat berib, davlatga soliq tulashga imkon berish kerak Ushanda ham agar ular qonunni buzsa, keyin sanksiyani kuchaytirsa buladi. Agar Toshkent shahrida hozir 200 nafar valyutafurush bulsa, ularga malum joylarda tadbirkor sifatida registrasiyadan utib ishlashi uchun malum talablar quyish mumkin. Usha talab buzilsa, u holda javobgarlik belgilansa, menimcha, foydaliroq bulardi, soliq tushumlari ham oshardi», — deydi Khurshed Rustamov.

Suhbatdoshlar takidlaganidek, hisobot uchun bajarilayotgan, tashkil etilayotgan jinoyatlar va ularni «fosh etish» tadbirlari odatiy holga aylansa, qonun ijodkorlari, nazorat organlari qanday munosabat bildiradi? Biz mavzuga yana qaytamiz.

Alisher Ruziokhunov

О нас

Яна маълумот

ZKC-mHxxPw0H812ePEC7EY8oJ8jK6J0j

Senat raisiga qushimcha vakolatlar berildi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti «Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi byudjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mekhanizmlari joriy …