Главная / Jamiyat / Davlat ulushi bulgan korkhonalar soni kamida 3 barobar qisqartiriladi
<

Davlat ulushi bulgan korkhonalar soni kamida 3 barobar qisqartiriladi

Iqtisodiyotda tarkibiy uzgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformasiya qilishni jadallashtirish kerak. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga murojaatnomada malum qildi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda davlat ishtirokidagi korkhonalarning aksariyati moliyaviy barqaror bulmagani uchun davlatga ogir yuk bulib qolmoqda. Shuning uchun joriy yildan barcha davlat korkhonalarini isloh qilish dasturi amalga oshirilmoqda.

“Kelgusi yilda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Uzbekneftgaz”, “Uzbekgidroenergo”, “Uzavtosanoat” khalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag jalb qilish imkoniyatiga ega buladi.

Tan olish kerak, mutakhassislarning bilim va malakasi, yirik korkhonalarning tekhnik imkoniyatlari ularni mustaqil transformasiya qilish uchun etarli emas. Shuning uchun elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korkhonalar hamda tijorat banklarini isloh qilishga Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda MacKenzie, Boston Consulting Group, Rothschild kabi khalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi”, – dedi prezident.

Takidlanishicha, 2021 yilda strategik ahamiyatga ega bulgan 32 ta yirik korkhona va tarmoqni transformasiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

“Banklar faoliyatiga raqamli tekhnologiyalarni keng joriy etish etiborimiz markazida buladi. 2021 yilda “Sanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqabank”, “Turonbank” hamda “Qishloq qurilish bank”ni khususiylashtirishga tayyorlaymiz. Kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga tuliq sotiladi. Bu borada etakchi Evropa banklari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Tarkibiy islohotlarning yana bir yunalishi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishdir.

Biz davlat aktivlarini ochiq-oshkora va samarali sotish uchun khalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilarni jalb etgan holda qator korkhonalarni khususiylashtirishga oid keng qamrovli ishlarni boshladik. Kelgusi yilda “Fargonaazot” va “Dehqonobod kaliy” zavodlari, “Koka-kola ichimligi” korkhonasi, “Bildirsoy” va “Chorvoq” oromgohlari, “Ichan qala” va Hyatt Regency mehmonkhonalari, “Poytakht” biznes majmuasi, alkogol, yog-moy kabi tarmoqlardagi 83 ta yirik korkhonadagi davlat ulushi sotuvga quyiladi.

Umuman olganda, davlat ulushi bulgan korkhonalar soni kelgusi ikki yilda kamida 3 barobar qisqartiriladi”, – dedi Shavkat Mirziyoev.

О нас

Яна маълумот

Qiynoqqa solish, shafqatsiz va gayriinsoniy muomalada bulish

Qiynoqqa solish, shafqatsiz va gayriinsoniy muomalada bulish holatlari buyicha Ombudsmanga murojaatlar okhirgi 4 yilda 7 …